Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

QON KETISh TASNIFI
Qon ketish tasnifining bir nechta variantlari bor: uning sababiga, vaqtiga, 
shikastlangan tomir turiga ko‘ra. Qabul qilingan tasnifni hamshiralar yaxshi 
bilmog‘i kerak. Quyidagi suratda bu tasnif yaxshi ifodalangan (46-rasm). 
 
46-rasm. 
 
 
 


113 
Birlamchi qon ketish 
jarohat tufayli biroz vaqt o‘tgandan so‘ng turli qon 
tomirlarning shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. 
Ikkilamchi qon ketish –
birlamchi qon ketishda qon tomir bevosita 
zararlanib, u o‘zi yoki davolash usullari oqibatida to‘xtatilgandan keyin 
rivojlanadi. U asosan, bir marta bo‘ladi, lekin retsidivi kuzatilishi ham mumkin – 
qaytalanuvchi
yoki 
retsidivli
qon ketishi. Sabablari: yaqin 2-3 kun ichida 
jarohatlangan qon tomirdan trombning ko‘chishi, qon tomir devoridagi 
blyashkalarni ko‘chishi, qo‘yilgan ligaturani siljib ketishi. Erta ikkilamchi qon 
ketish hollari kamdan-kam kuzatiladi (shikastlangan qo‘l yoki oyoqni yaxshi 
immobilizatsiya qilmay transportirovka qilganda kuzatiladi). Kechki ikkilamchi 
qon ketish jarohatda infeksiya ta’sirida yiringli jarayon avj olishiga to‘g‘ri 
kelib, odatda, 2 kundan so‘ng paydo bo‘ladi. Harbiy dala xirurgiyasida bu holat 
juda ko‘p kuzatilishi mumkin, chunki davolash-evakuatsion tadbirlar katta 
tezlikni, ratsional qarorni, aniq tibbiy choralarni yomon sanitar-gigienik, 
epidemiologik sharoitlarda bajarishni talab qilsada, yaradorlar soni ko‘pligi, 
harbiy, tibbiy sharoit og‘irligi, tibbiy shtatlar etmasligi, tibbiy resurslar 
cheklanganligi har bir yaradorga kerakli hajmda yordam berib bo‘lmaslikni ham 
unutmasligimiz kerak.
Ikkilamchi qon ketishning sabablari: 
1. Dori vositalarini qabul qilganda, arterial bosim oshganda qon tomirda shakllanib 
ulgurmagan trombni ko‘chirib yuboradi. 
2. Qon tomirga qo‘yilgan drenajni qattiq bosishi yot metall (o‘q, parcha), singan 
suyak parchasining surilib qolishi qon tomirda yotoq yarani paydo qiladi va 
natijada ikkilamchi qon ketish bo‘ladi. 
3. Qon ketishda texnik usullarni noto‘g‘ri qo‘llash – qon tomirga qo‘yilgan 
ligaturani surilib, echilib ketishi. Jarohatdagi yiringli-yallig‘lanish jarayoni, sepsis 
holatlari trombni yumshashi va erishiga olib keladi va natijada bu ham ikkilamchi 
qon ketishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, qon tomirlarda umumiy va qisman 
reparatsiyalarni buzilishiga olib keluvchi holatlar ham bor: oqsil etishmovchiligi, 


114 
travmatik shok, qon yo‘qotish va boshqalar. Kechki qon ketish odatda 10-15 
kundan keyin, ba’zan jarohatlanishdan bir necha soatdan keyin bo‘ladi. 
Qon ketish sabablarining uchta guruhi mavjud. Birinchi guruhga qon tomir 
devorlarining mexanik shikastlanishlari kiradi. Ular ikki turga bo‘linadi: 1. Ochiq 
shikastlanishlar. 2. Yopiq shikastlanishlar. 
Ochiq shikastlanishlarda jarohat kanali teridan o‘tib, tashqi qon ketishini 
keltirib chiqaradi. Yopiq hollarda (yopiq singan holatlarda tomirlarni suyak 
bo‘laklari bilan jarohati, ichki a’zo va mushaklarning travmatik yorilishi) ichki qon 
ketishi kuzatiladi. Ayrim hollarda klinikasiz yashirin qon ketish ham uchrab turadi. 
Bu holatlar shifokorlardan, hamshiralardan kuchli bilim, ko‘nikmalarni, yuqori 
malakani talab qiladi. 
Qon tomirlarini ochiq shikastlarini aniqlash hatto tibbiyot xodimi bo‘lmagan 
shaxslarda ham qiyinchilik tug‘dirmaydi. Harbiy dala sharoitida hamshiralar 
tashxislashda buni bemalol aniqlashlari mumkin. Chunki jarohatdan qon ketish 
yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Ba’zida yirik qon tomirlarning katta bo‘lmagan 
jarohatlarida yoki o‘rta va kichik kalibrli tomirlarning jarohatlarida qon ketishi o‘z-
o‘zidan to‘xtashi mumkin. Tomirlarni reflektor spazmi (jarohatga reaksiyasi), qon 
ivish sistemasini aktivatsiyasi, intimani kesilgin tomir ichiga buralishi jarohat 
teshigining yopib gemorragiyani spontan to‘xtashiga olib keladi. 
Qon tomirlarini yopiq shikastlari juda katta xavf tug‘diradi. Bunda 
diagnostik xatolar natijasida jabrlanganlarga vaqtida yordam ko‘rsatmaslik 
kuzatilishi mumkin. Bu hollarda badan bo‘shliqlarida, mushaklar orasi va ichida
katta hajmdagi gematomalar paydo bo‘lib, yaqqol gipovolemiya va gemorragik 
shok holatiga olib keladi.
Harbiy dala xirurgiyasida hamshiralar qon ketish sindromini bu holati bilan 
ko‘p uchrashadilar. Qaerdan qon ketayotganiga ko‘ra qon ketishlar quyidagicha 
bo‘ladi (47,48-rasm): 1) 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish