Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

VI. DESMURGIYA 
Desmurgiya –
bu har-xil jarohatlarda bog‘lamlar qo‘yish to‘g‘risidagi 
ta’limot. Eni 5 sm, 10 sm, 20 sm gacha bo‘lgan lenta shaklidagi doka-bint deb 
ataladi. Bintning eni tananing qaysi qismi bog‘lanishiga qarab tanlanadi. 
Bog‘lamlar haqida tushuncha
Davolash maqsadida jarohatlangan yoki zararlangan Yuzaga (qo‘yganda, 
ochiq jarohatlarda, suyaklar ochiq singanda va boshqa shikastlanishlarda) 
qo‘yiladigan bog‘lov materiallari bog‘lam deyiladi. Bog‘lam ikki qismdan iborat 
bo‘ladi: 1) Bog‘lamni o‘zi – bu jarohatga qo‘yiladigan bog‘lov materiali. Bu steril 
doka bo‘lib, u quruq yoki nam antiseptiklar shimdirilgan (malham, dori moddalari) 
bo‘ladi. 2) Ushlab turuvchi (fiksatsiyalovchi) qisim bog‘lamni tananing turli 
qismlarida ushlab turadi. 
Bog‘lov materiali antiseptik eritmalar yoki malhamlar bilan shimdirilib, 
jarohat Yuzasiga qo‘yiladi va ro‘mol, bint, kleol, leykoplastir yordamida jarohat 
ustida mustahkamlanadi. Ochiq jarohatlarda qo‘llanadigan bog‘lov materiallari 
sterillangan bo‘lishi shart. Bunga 
aseptik bog‘lam
deyiladi. 
Bog‘lam qo‘yish -
bu davolovchi muolaja hisoblanadi va quyidagicha amalga 
oshiriladi: 
1)
Oldin qo‘yilgan bog‘lamni ochish. 
2)
Jarohat atrofi terisiga antiseptiklar bilan ishlov berish. 
3)
Jarohatdagi turli xil davolovchi muolajalar (jarohatni Yuvish, drenaj 
naychalarni almashtirish, choklarni olish va h.k.). 
4)
Yangi bog‘lamni qo‘yish. 
Bog‘lov materiallari 
Operatsiya yoki bog‘lov almashtirishda ishlatiladigan bog‘lov materiallariga 
quyidagi talablar qo‘yiladi: ular gigroskopik (ya’ni suYuqlikni o‘ziga shimuvchi), 
ellastik, to‘qimalarni ta’sirlamaydigan va sterilizatsiya jarayonida o‘z 
xususiyatlarini yo‘qotmaydigan bo‘lishi kerak. 
Doka va paxta
hozirgacha bog‘lov 
materiallari sifatida ishlatilib kelinmoqda. Gigroskopik doka – bu paxta tolasidan 
tayyorlangan, mayda to‘rsimon to‘qilgan material bo‘lib, suYuqlikni shimib olish 


78 
xususiyatiga ega. Undan sharik, salfetka, trunda, tampon va bintlar tayyorlanadi. 
Kam gigroskopik xususiyatli dokalardan jarohatni ushlab turuvchi bintlar 
tayyorlanadi.
Bog‘lam turlari
Qaysi bog‘lam materiallari qo‘llanilishiga qarab, bog‘lamlar ikki turga 
bo‘linadi: 
1)
Yumshoq bog‘lamlar, bunda bog‘lash uchun bint, ro‘mol, kleol va 
leykoplastir ishlatiladi. 
2)
Qattiq bog‘lamlar, bunda shinalar, gips yoki yordamchi vositalar 
ishlatiladi. 
Bog‘lamni qaysi material yordamida bog‘lashimizga, mustahkamlashimizga 
qarab: ro‘molli, bintli, leykoplastirli, gipsli, shinali, IBPli bog‘lamlar mavjud. 
Bog‘lam qo‘yish maqsadiga qarab, bog‘lamlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 
1)
Ushlab turuvchi bog‘lam – bu bog‘lov materialini jarohat Yuzasida 
turish uchun ishlatiladi. 
2)
Bosuvchi bog‘lam – qon oqishini vaqtincha to‘xtatish uchun 
ishlatiladi. 
3)
Immobilizatsiya qiluvchi bog‘lam - bu singan yoki chiqqan suyaklarni 
harakatsiz holga keltiradi. Bunday bog‘lam jarohatni bitishi uchun qulay sharoit 
yaratadi va bemorni kasalxonaga olib borish vaqtida og‘riqni kamaytiradi. 
4)
Uzaytiruvchi bog‘lamlar – bular kasalxona sharoitida qo‘llanib, singan 
suyaklar kaltalashgan vaqtda tenglashtirish uchun qo‘llaniladi. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish