Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Bintni o‘rash qoidasi 
(18-rasm). 
1. Bintni bog‘lash vaqtida bemor qulay holatda bo‘lishi (bu bemorning 
umumiy ahvolidan kelib chiqib belgilanadi, o‘tirgan, yotgan yoki turgan holda). 
2. Hamshira bog‘layotganda, bemorga qarama-qarshi turish kerak, ahvolini 
kuzatib borish maqsadida. 
3. Bintlash periferiyadan markazga (pastdan Yuqoriga) va chapdan o‘ngga 
(ayrim bog‘lamlarda o‘zgarishi mumkin) qarab o‘raladi. 
4. Bint o‘rashda har ikki qo‘l ishtirok etadi va birinchi harakatlangandagi 
bog‘lamni 1/2 yoki 2/3 qismini yopib ketishi kerak. 
5. Bog‘lashda bintni bir maromda o‘rash (aylantirish) va tanada ochiq joy 
qolmasligini, bintlar Yuqoridagi qoida bo‘yicha bir-birini yopib ketishini 
ta’minlash kerak. 
6. Bog‘lam qo‘yiladigan soha holati oldindan bog‘lam qo‘ygandan keyingi 
holat bilan bir xil bo‘lishi kerak. 
7. Tananing konussimon (boldir,son, elka) shakldagi joylariga bog‘lam 
qo‘yayotganda har 2-3 aylanma harakatdan keyin bintni burab olish kerak, 
o‘shanda bog‘lam echilib ketmaydi va mustahkam bo‘ladi. 
8. Bog‘lam echilayotganda bint echib olinadi yoki kesib olinadi. 


84 
18-rasm. Bintli bog‘lam qo‘yish texnikasi. 
Bintli bog‘lamlarni turi bog‘laydigan sohaning shakliga, muskullarning 
taraqqiy etganligiga, bo‘g‘imlarning bor yoki yo‘g‘iga qarab aniqlanadi. 
Organizmning anatomik tuzilishiga qarab, bintli bog‘lamlarning quyidagi turlari 
tafovut qilinadi: sirkulyar yoki doirasimon, spiralsimon, boshoqsimon, 
sakkizsimon va yoyiluvchi yoki yig‘iluvchi toshbaqasimon bog‘lamlar. 
Asosiy bog‘lam turlarini bilgandan keyin, bir necha bog‘lam turlarini 
kombinatsiya qilib badanning har qaysi sohasiga bog‘lam qo‘yish mumkin. 
1. 
Mustahkamlovchi, sirkulyar yoki doirasimon
bog‘lam. Bint o‘rami har 
doim bir joyda aylanib, bir - birining ustiga tushadi. Ko‘p bog‘lamlar shu 
bog‘lamdan boshlanib, shu bog‘lam bilan tugaydi. Birinchi bint o‘rami surilib 
ketmasligi uchun bint uchi bir oz qiyshiq joylashtiriladi. Bintning uchi 2 – 3 sm 
tashqariga chiqib, ikkinchi bint o‘rami ustiga qayiltirib qo‘yiladi. Bunday 
bog‘lamlar oyoq, qo‘l, peshona bo‘yin va qorin sohalariga qo‘yiladi. 
2. 
Spiralsimon bog‘lam
(19-rasm). Bu bog‘lamlar qo‘l, oyoq sohasiga, 
uzunroq sohani yopish kerak bo‘lganda spiralsimon bog‘lam qo‘yiladi. Sirkulyar 
bog‘lam bilan boshlanib, so‘ngra bint o‘ramining yarmi Yuqoriga ko‘tariladi, 
yarmi avval bintning ustiga tushadi. Bog‘lamlar tor joydan boshlanib, keng sohaga 
qarab boradi, elka oldi va boldir sohasini bog‘lashda bintni bukib spiral bog‘lam 


85 
qo‘yiladi. Bunda shu soha shaklini yaxshi egallaydi. Bintni bukish jarohatni 
qarama-qarshi tomonida bo‘lishi kerak. 
19-rasm. Spiralsimon bog‘lam qo‘yish texnikasi. 
3. 
Sakkizsimon bog‘lam
(20-rasm). Bu ko‘pincha bosh-ensa va bo‘yin 
sohasini, kaftni, tovonni bog‘lash uchun qo‘llaniladi. Mustahkamlovchi bog‘lam 
bilan boshlanib, so‘ng bint sakkizga o‘xshab o‘raladi, asta-sekin pastga yoki 
Yuqoriga ko‘tarilishi mumkin. Bog‘lam sakkizga o‘xshaganligi uchun sakkizsimon 
bog‘lam nomini olgan (21-rasm). 
20-rasm. Bosh, qo‘l va oyoqga sakkizsimon bog‘lam qo‘yish texnikasi. 


86 
21-rasm. Ko‘krak qafasiga sakkizsimon bog‘lam qo‘yish texnikasi. 
A-old tomondan. B-orqa tomondan. 
4. 
Toshbaqasimon bog‘lam
(22-rasm). Bo‘g‘imlarini bukib bog‘lash uchun 
qulay. Bu bog‘lam qo‘yilishi jihatidan tarqaluvchi va yig‘iluvchi turlarga bo‘linadi. 
Tarqaluvchi turida bog‘lam bo‘g‘imini o‘rta qismdan boshlanib, bir gal pastga va 
bir gal Yuqoriga harakat qiladi. Shunday qilib, bo‘g‘imni hamma Yuzi bekiladi. 
Yig‘iluvchi turida bint o‘rami bo‘g‘imning Yuqori va pastki tomonidan boshlanib, 
bo‘g‘imning o‘rta qismiga yo‘naladi va sakkizsimon bog‘lamdagidan bo‘g‘im 
sohasi bekiladi. Bog‘lam bo‘g‘imning Yuqori tomonida tugaydi. Bu bog‘lam 
tirsak, 
tizza, 
tovon 
bo‘g‘imlarida 
qo‘llaniladi. 
22-rasm. Tarqaluvchi va yig‘iluvchi toshbaqasimon bog‘lam. 


87 
5. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish