Yumshoq bog‘lamlar
Qo‘llanish maqsadiga qarab, Yumshoq bog‘lamlar quyidagilarga bo‘linadi:
I.
Himoyalovchi:
a) Kleyli; b) Leykoplastirli; v) Plenka hosil qiluvchi.
II.
Mustahkamlovchi:
a) Kleyli; b) Leykoplastirli; v) Ro‘molli; g)
Sopqonsimon,; d) T-simon; e) Bintli; j) Naysimon to‘rli bint.
III.
Maxsus:
1) Standart (bog‘lov paketi, steril salfetka, steril paxta-dokali
yostiqchalar, paxta-dokali tasmalar); 2) Nostandart (ruh-elimli, bandaj,
leykoplastirli, zich yopiluvchi).
79
IV.
Bosib turuvchi.
V.
Gemostatik
(qon ketishini to‘xtatuvchi – gemostatik doka, fibrinli-
plenka, kukun, gubka)
VI.
To‘g‘irlovchi bog‘lamlar
tananing qaysidir qismini to‘g‘irlash
maqsadida ishlatiladi (masalan, maymoqlikda).
Endi kundalik hayotda ko‘proq ishlatiladigan bog‘lamlar to‘g‘risida qisqacha
to‘xtalib o‘tamiz.
Ro‘molli bog‘lam.
Ro‘mol yoki u bo‘lmasa, teng tomonli uchburchak
shaklidagi to‘g‘ri burchakli bir parcha gazlama yoki boshqa materiallar bo‘lishi
mumkin. Ro‘molda asosi, tepa uchi va ikkita pastki uchi tafovut etiladi. Ro‘molli
bog‘lam ko‘pincha qo‘lga, zaruriyatli bo‘lsa, boshga, ko‘krak qafasiga, oyoqga,
tizza va tovon bo‘g‘imlariga qo‘yiladi.
Qo‘lga ro‘molli bog‘lam qo‘yish (13-rasm) uchun bilakni bukib tirsak
bo‘g‘imida 90
0
hosil qilamiz. Ro‘mol asosining o‘rtasi bilak-kaft bo‘g‘im sohasiga,
tepa uchi esa tirsak sohasiga qo‘yilib, bilak ro‘molning orasida joylashadi va
ro‘molni ikki pastki uchi elkani chap va o‘ng tomonidan o‘tkazilib bo‘yinni orqa
qismida bog‘lanadi, tepa uchini bir oz bukib, tirsak sohasi ustiga to‘g‘nog‘ich bilan
mustahkamlanadi. Shinalar qo‘yilgan vaqtda ro‘molni ochmasdan ro‘mol asosi va
tepa uchini bir-biriga parallel holda bukib, elkaning chap va o‘ng tomonidan
o‘tkazilib, bo‘yinga bog‘lanadi. Elka-bilak sohasi shikastlanganda yoki kuyganda
bint bo‘lmagan vaqtda ro‘mol qo‘llaniladi.
80
13-rasm.
Qo‘lga ro‘molli bog‘lam
qo‘yish.
14-rasm. Boshga ro‘molli bog‘lam
qo‘yish.
Ro‘molni tepa uchi elka sohasi ustida joylashib, bir uchi elkadan pastga osilib
turadi, ikkinchi uchi bilak sohasi ustiga qo‘yiladi, osilib turgan uchini o‘ngdan
chapga o‘raymiz, bilak ustidagi uchini qarama-qarshi tarafga o‘raymiz va ikkita
uchini to‘g‘nog‘ich bilan mahkamlab qo‘yamiz yoki ro‘mol uchlarini qistirib
qo‘yamiz.
Ro‘molni boshga bog‘lash (14-rasm). Buning uchun ro‘molni asosi ensa
sohasiga, tepa uchi peshona ustiga tushiriladi, ikkala uchi peshona tepasida bir
marta bog‘lanadi, so‘ngra bu uchlar qarama-qarshi tarafga o‘tkazilib, ensa sohasida
ikki marta bog‘lanadi. Peshonadagi Yuqori uchini tortib, tekislab, to‘g‘nog‘ich
bilan tugmalab qo‘yish mumkin, yoki to‘g‘nog‘ich bo‘lmagan vaqtda, bog‘lam
ichiga tikib qo‘yiladi. Bu ko‘pincha jarohat sodir bo‘lgan joyda, bint bo‘lmagan
vaqtda qo‘llaniladi.
Leykoplastirli bog‘lam
(15-rasm). Leykoplastir 1-4 sm kenglikdagi kley
shimdirilgan lenta. Yopishuvchi leykoplastirli bog‘lamni hamma sohalarda
qo‘llash mumkin. Jarohat ustiga salfetka yopib, leykoplastirni kleyli tarafi 1-1,5 sm
teriga yopishtiriladi, so‘ngra salfetka ustidan o‘tib, yana 1-1,5 sm yopishtiriladi.
Leykoplastirlar bir-biriga parallel, Yulduz yoki iks holatida yopishtirilishi mumkin.
81
Leykoplastirli bog‘lam sochli sohalarda qo‘llanilmaydi, bu bog‘lamni kamchiligi
suYuqlik ko‘p ajralgan vaqtda ko‘chishi mumkin.
15-rasm. Leykoplastirli bog‘lam.
Do'stlaringiz bilan baham: |