UMBSning klinik kechishining og’irligi bo’yicha 4 klinik forma ajratiladi (M.I. Kuzin 1954). - Yengil – qo’l yoki oyoqni segmentlaridan birini bosilishi 4 soatdan oshmagan.
- O’rta – qo’l yoki oyoqni butunligicha bosilishi 6 soat. Buyrak funktsiyasi unchalik o’zgarmagan.
- Og’ir - qo’l yoki oyoqni butunlay bosilishi 7-8 soat. Buyrak yetishmovchiligi va gemodinamik o’zgarishlar simptomi yaqqol namoyon bo’lgan.
- O’ta og’ir. Ikkala qo’l va oyoqni 6 soat va undan ortiq vaqt mobaynida ezilishi. Bemorlar 2-3 sutkada o’tkir buyrak yetishmovchiligidan halok bo’ladilar.
- Jabrlanganni bosilishdan bo’shatishdan oldin sog’ to’qima chegarasidan proksimalroq sohdan jgut qo’yish, bo’shatib bo’lgandan so’ng esa shu sog’ to’qimalarni bint bilan siqib bog’lash kerak. Bu shishni kamaytiradi va ezilgan to’qimalardagi parchalanuv mahsulotlarini surilib ketishiga yordam beradi.
- Keyin jgutni yechish va giperkaliemiya, to’qimalarni gipoksiyaga sezuvchanligini kamaytirish maqsadida sovuq, (muz, qor, ced) qo’llash kerak.
- Qo’l-oyoqlar immobilizatsiyasi;
- Og’riq qoldiruvchilar;
- Antibiotiklar qilish kerak
- Birinchi tibbiy yordam hajmi kengaytiriladi.
- Agar qo’l yoki oyoqlar siqib bog’lanmagan bo’lsa bog’lanadi va sovutish choralari qo’llanadi
- Yurak-qon tomir va og’riqsizlantiruvchi vositalar qilinadi.
- Ishqorli eritmalar ichishga beriladi.
- Birinchi vrachlik yordamiga tezlikda ko’chiriladi.
- Birinchi vrachlik yordami (BrTP).
- Saralash vaqtida 2 guruh UMBSdan jabrlanganlar ajratiladi:
- I guruh – UMBSning yengil va o’rta darajalari bilan jabrlanganlar. Tibbiy yordam saralash maydonida ko’rsatiladi. Bunda 0,5 ml qoqsholga qarshi anatoksin, 100000 Ed. Penitsillin, 1% - 2 ml. promedol eritmasi yuboriladi, transport immobilizatsiyasi kuchaytiriladi, ishqorli suyuqliklar ichishga beriladi, ixtisoslashtirilgan vrachlik yordami etapiga yuboriladi.
- II guruh – UMBSning og’ir formasidagi jabrlanganlar. Tibbiy yordam bog’lov xonasida ko’rsatiladi. Ezilgan qo’l yoki oyoqqa novokainning 0,25% - 400-500 ml. iliq eritmasi bilan futlyar novokain blokada qilinadi. Vishnevskiy bo’yicha ikki tomonlama paranefral blokada qilinadi, vena ichiga 1000 ml. 10% glyukoza eritmasi 24 ED insulin va 2oo ml. 4% li natriy bikarbonata eritmasi yuboriladi. Narkotik va antigistamin preparatlari (1 ml. – 2% promedol eritmasi, 2 ml. 2% dimedrol eritmasi), yurak-qon tomir vositalari (2 ml. – 10% kofein eritmasi) buyuriladi. Standart transport shinalari yordamida immobilizatsiya qilinadi. Ichishga ishqorli suyuqliklar, issiq choy beriladi. Ixtisoslashtirilgan vrachlik yorami yoki maxsuslashtirilgan xirurgik yordam bosqichlariga ko’chiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |