134
Bunda birlamchi jinsiy xujayralar ya'ni gonodoblastlar embrional davrda
sariqlik qopida hosil bo‘ladi va migratsiya yo‘li bilan rivojlanayotgan
urug‘donga boradi. Bu yerda u o‘zak xujayra dab ataladi.
O‘sish davri-bu davrda xujayralarni bo‘linishi kuzatilmaydi, balki
ularda oziqa moddalarni to‘planishi, oqsillarni va RNK sintezi ro‘y berib
bu xujayraga birlamchi tartibli spermatazoid deb ataladi.
yetilish davri – bu davr xujayralarni meyoz yo‘li bilan bo‘linishi bilan
harakterlanadi. Bunda 2ta meyotik bo‘linish kuzatiladi. Birinchi meyotik
bo‘linish ya'ni reduksion bo‘linish oxirida 2ta ikkilamchi tartibli
eritrotsitlarni hosil bo‘lishi kuzatiladi. Bunda 1-profaza o‘ziga xos
ravishda kechib, juda uzoq davom etadi va 5ta bosqichda amalga
oshiriladi, ya'ni:
1. Leptotenna-(leptos-ip) bunda xromosomalar ip ko‘rinishida bo‘lib,
gomologik xromosomalar bir-birini topadi.
2. Zigotenna-(zigos-qo‘shilish) o‘xshash xromasomalar bir-biriga
yaqinlashib keladi. Bunga kon'yugatsiya deyiladi.
3. Paxitenna-(paxis-yo‘g‘on) bir-biriga yaqinlashib kelgan
gomologik
xromasomalar bir-biri bilan qo‘shilib, bunga krasingover deyiladi.
Krasingover –chorraxa degan ma'noga to‘g‘ri kelib bu vaqtda gomologik
xromasomalar o’xshash qismlari bilan almashishadi. Buni evaziga yangi
kombinatsiyadagi
xromasomalar
hosil
bo‘lib bu kombinativ
o‘zgaruvchanlikni keltirib chiqaradi.
4. Diplotenna-(diplos-yoriq) bosqichida xromasomalar uchlaridan
bo‘lina boshlaydi, bir-biriga o‘xshash bivalent xromasomalar bir-biridan
uzoqlasha boshlaydi.
5. Diakinez-bosqichida xromasomalar spirallashib yo‘g‘onlashadi, yadro
qobig‘i erib ketadi, bo‘linish iplari hosil bo‘ladi, yadrocha yo‘qoladi.
Metofaza – 1 - xromasomalar to‘liq spirallashib xromasomalar tetradani
hosil qiladi, bunga lampa cho‘tka ham deyiladi va ular ekvator chizig‘i
bo‘ylab tartib bilan joylashadi.
Anofaza – 1 - bu bosqichda gomologik xromasomalar butunligicha
ya'ni xromatidlarga ajralmagan holda qutblarga tortiladi.
Telofaza – 1 - bu bosqichda koriokinez va so‘ng sitokinez ro‘y
berib natijada 2ta- ikkilamchi spermatotsitlar hosil bo‘ladi.
Shundan so‘ng 2-interfaza boshlanib, u juda qisqa bo‘lib unda
sintez davri bo‘lmaydi va shuning uchun interkinez deb ataladi. Shundan
so‘ng 2-meyotik bo‘linish ya'ni ekvatsion bo‘linish boshlanib, bu
bo‘linish oxirida 4ta spermatid hosil bo‘ladi. Ularda xromasomalar soni
toq ya'ni gaploid to‘plamli bo‘ladi.
135
Shakllanish davri-bunda xujayrani bo‘linishi kuzatilmaydi, balki u
shakllanadi. Bunda xujayra yadrosi butun xujayrani egallab buni
natijasida organoidlar chekkaga surib chiqariladi. Natijada Goldji
kompleksi oldingi qismga surilib undan akroblast shakllanadi va
keyinchalik unda akrasoma hosil bo‘ladi. Mitoxondriyalar xujayrani
bo‘yin qismini egallaydi. Xujayra markazi esa 2qismga ajralib, ya'ni
proksimal va distal qismlar. Undan distal qismi spermatazoidni dum
qismini hosil qilsa, proksimal qismi xujayrani tanasini tashkil etadi, yana
bu qismda ATFaza fermenti ko‘p buladi. Spermatogenez jarayoni
odamda o‘rtacha 72 kun davom etadi.
PGC from yolk sac
to gonad (Testis)
(стволовые
клеткииз ж.мешкавгонады)
<4~5
week in embryo>
(4-5-неделя)
Stem cell (PGC) give
rise to spermatogonia
(стволовыеклеткипревращаютсяв
сперматогоний)
puberty>
(предпубертатныйпериод)
Spermatogonia begin
mitosis many
(митоз
сперматогония)
(в пубертатном
периоде)
Do'stlaringiz bilan baham: