Toshkent «noshir» 2017



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/100
Sana10.07.2022
Hajmi0,94 Mb.
#767807
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100
Bog'liq
kimmatli kogozlar

Depozit sertifikatlari
Depozit sertifikati (ingl. 
Certificate of deposite
) – bankka
qo‘yilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat
saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda
shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu
bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan
keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli
qog‘oz.
Depozit sertifikatlari 60-yillardan boshlab AQSH va
Buyuk Britaniyada omonat depozit guvohnomasining bir
turi kredit muassasasiga pul qo‘yilganligini tasdiqlovchi hujjat
sifatida faol taraqqiy etdi. Ushbu hujjat orqali omonat talab
qilib olinishi mumkin. Yuqorida qayd etilgan mamlakatlarda
muddatli muomalada bo‘ladigan depozit sertifikatlarini chi-
qarish keng tarqaldi, ular omonatchilar tomonidan dilerlarga
emas, balki bankka foizlarning yo‘qotilishi bilan sotilishi
yoki o‘tkazma yozuvlar yordamida bir shaxsdan ikkinchi
shaxsga qayta sotilishi mumkin. Bunday sertifikatlar AQSHda
yirik summalarga chiqariladi. 100 mingdan 1 mln. dollar-
gacha. Sarmoyador sifatida yirik korxonalar, horijiy omonat-
chilar, mahalliy hokimiyat idoralari ishtirok etishi mumkin.
Sertifikatlar ayniqsa ularni soliq to‘lashga qabul qilinishi
tufayli juda ommabop bo‘lib qoldi.
O‘zbekistonda mustaqillikka erishilganidan keyin 1994-
yildan boshlab sertifikatlar ikki turda chiqarila boshlandi:
— depozit sertifikatlari – yuridik shaxslar uchun, 1 yil-
gacha muddatga;
— depozit (jamg‘arma) sertifikatlari – jismoniy shaxslar
uchun, 3 yilgacha muddatga.
Sertifikatning muomalada bo‘lish muddati berilgan
sanadan boshlab uning egasi omonatni talab qilib olish hu-
quqini oladigan sanagacha hisoblanadi. Agar sertifikat bo‘-
yicha depozit va omonatni olish muddati kechiktirilsa, u
holda bunday sertifikat u bo‘yicha talab qilib olinadigan
hujjat hisoblanadi, ushbu sertifikat bo‘yicha bank uning ega-
sining birinchi talabiga ko‘ra zudlik bilan unda ko‘rsatilgan
summani to‘lash majburiyatini oladi.
Bank sertifikatni muddatidan oldin to‘lovga taqdim etilishi
ehtimolini nazarda tutishi mumkin. Bunday hollarda bank


26
27
tomonidan oldindan, sertifikatni berish yilida belgilangan
sertifikatning unda yozib qo‘yilgan qiymati va pasaytirilgan
stavka bo‘yicha foizlar to‘lanadi. Sertifikat egasiga sertifi-
katning muomalada bo‘lish muddati tugashi bilan uning
egasiga tegishli bo‘lgan dastlab chiqarish va muomalada
bo‘lish shartlarida belgilangan stavka bo‘yicha foizlar emitent
bank tomonidan, ushbu sertifikat xarid qilingan yildan qat’i
nazar, to‘lanishi lozim.
Sertifikatlar bir martalik qilib ham, seriyali, egasining
nomi yozilgan va ko‘rsatuvchi egalik qiladigan turlarda ham
chiqarilishi mumkin.
Sertifikatni chiqaruvchi bank Markaziy bank bilan kelish-
gan holda unga boshqa qo‘shimcha shartlar va rekvizitlarni
kiritishi mumkin. Sertifikat blankida chiqarish va muomalada
bo‘lishining barcha shartlari (sertifikat bo‘yicha talab qilish
huquqini boshqa shaxsga berish shartlari va tartibi) ko‘rsatilishi
zarur. Agarda sertifikat bilan uning blankida ko‘rsatilgan shart-
larda nazarda tutilmagan operatsiya amalga oshirilgan bo‘lsa,
unda bunday operatsiya haqiqiy emas, deb hisoblanadi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish