Beshinchi shart: « 0 ‘zini hech bir kishidan yaxshiroq deb
bilmaslik». Bunda shogirdning mavjud narsa borki, undan o‘zini past
tutishi, ya’ni kamtar bo‘lishiga ishora etilgan.
Oltinchi shart: «0 ‘zini hech bir narsani egasi deb bilmaslik,
qo ‘lidagi har bir narsa Allohnikidir».
185
Demak, shogird o‘zini hech bir insondan ustun qo‘ymasligi va hech
bir narsaning egasiman, demasligi, qo‘lida nimaiki bo‘lsa, uning qadriga
yetishi va uni Allohdan deb bilish kerak.
Yettinchi shart: «Iloji boricha ahli dil (ilm ahli) bilan o 'tirish,
dmyoning moli va obro 'idan hazar qilish, toki, unga aldanib qolmaslik
kerakki, dunyo - g ‘addor sehrgardir».
Bunda qayd etilishicha, iloji va imkoni bo‘lsa ahli dil - ilm ahli
bilan muloqot qilish, dunyoga o‘ch bo‘lmaslik, molu davlatga xirs
qo‘yganlardan uzoq yurish, dunyo - g‘addor - aldovchi sehgar
ekanligini anglash lozim.
Inson zamondan va vaqtdan ogoh bo‘lib, yashashi lozim. Bu
naqshbandiya tariqatidagi «vuqufiy zamoniy» aqidasi (talabi)ga mosdir.
Sakkizinchi shartda esa, shogirdga hech qachon va har qanday
holatda ham yolg‘on gapirmaslik talabi qo‘yiladi. Bu yerda qalb
ogohligi - naqshbandiya tariqatining «vuqufiy - qalbiy» talabi bilan
hamohangdir.
To‘qqizinchi shart: «Haq taoloni doimo hozir deb bilish kerak, bir
nafas ham uhdan g ‘oyib va g ‘ofil blmaslik zarur». Bunda
keltirilishicha, shogird Allohni hamisha hozir deb bilishi, uni yod etishi,
g‘ofil bo‘lmasligi zarur. Bu naqshbandiya tariqatidagi «yoddaiy
aqida»siga to‘g‘ri keladi.
0 ‘ninchi shart: «Barcha narsaning asosi bu — piri komildir. U
nima desa, darhol aytganini qilishi, uning huzurida boadab blishi
lozim. Bilishi lozimki, u (pir) uning holatini ko 'rib turuvchi va bilib
turuvchidir».
Mazkur shartda bayon qilinishicha, shogird uchun pir, ustoz
ulug‘dir. Shogird ustoz o‘gitlarini bajarishi, unga amal qilishi, uning
huzurida odob saqlashi lozim. Ustoz esa doimo shogirdning ahvolidan
xabardor bo‘lishi kerak. Shuningdek,
ustoz shogirdning kelajagini
oldindan ko‘ra olsagina, unga ta’lim-tarbiya bera oladi, deyiladi.
Buyuk mutafakkir, tasawuf ilmining yirik vakili Xoja Ahror Valiy
(1404-1490) Toshkent viloyatining Bog‘iston qishlog‘ida ma’rifatli
oilada tavallud topgan. Uning otasi Xoja Mahmud va buvalari o‘z
davrining mashhur shayxlaridan bo‘lgan. Ona tarafidan esa u 0 ‘rta
Osiyoda tanilgan shayxlardan Shayx Xovandi Tohurga borib taqaladi.
Xoja Ahror boshlang‘ich ma’lumotni Toshkent madrasalarida olgan.
So‘ngra u tog‘asi Xoja Ibrohim yordamida Samarqandga kelib, bu yerda
allomalarga shogird tushadi, ulardan turli ilmlarni saboq oladi. Ilmga
chanqoq yosh yigit 24 yoshida Hirotga kelib, bu yerda o‘qishni davom
186
ettiradi. Taniqli mashoyixlardan Sayid Qosim Anvar, Shayx Bahouddin
Umar, Shayx Zayniddin Xavafiylardan islomiy ilmlami o6rganadi.
Shundan sng Xoja Ahror Chaoniyonga kelib Xoja Bahouddin
Naqshbandning isteModli shogirdi Ya’qub Charxiyga shogird tushadi.
Undan Naqshbandiya tariqati asoslarini puxta rganib, bu ta’limotga
juda ixlos qo6yadi. Tez orada u Naqshbandiya tariqatining buyuk
murshidi sifatida taniladi. 1431-1432-yillarda Toshkentga kelib
Naqshbandiya tariqatini nazariy va amaliy jihatdan boyitish, uni
musulmonlar orasida targcib qilish, yoyish bilan shuullanadi; masjid
va madrasalar qurib, shogirdlar tayyorlaydi. Ayni vaqtda Xoja Ahror
Valiy dehqonchilik va tijorat ishlari bilan ham mashul bo‘ladi. Uning
Toshkent viloyati va Amudaryo oralig‘ida keng ekinzorlari, bog6-
rog‘lari bo‘lgan. Buxora, Samarqand, Xuroson va Hindistdn shaharlarida
savdo ishlarini olib borgan. Ekinzorlarining ko‘p boiishining boisi
behisob soliq majburiyatlariga chiday olmagan dehqonlar o6z yer-
mulklarini Xoja Ahrorga nazir qilib, o‘zlari esa shu yerlarda ishlab
tirikchilik qilishga majbur boiganlar. Xoja Ahror hazratlariga qarashli
yer-mulklar hukumat farmoni bilan turli soliqlardan deyarli ozod etilgan
edi.
Xoja Ahror katta mulk va daromad egasi boiishiga qaramay,
shohona saroylarda emas, balki oddiy kulbasida o‘z q o i mehnati
hisobiga kamtarona hayot kechirgan. 0 ‘zining behisob yer-mulkidan va
tijoratdan tushgan daromadini obodonchilik ishlariga, mehnatkash
xalqning ogirini yengil qilishga, ilm-ma’rifatga, olimu ulamolarga
g‘amxo‘rIik qilishga, masjid, madrasa, xonaqohlar qurilishiga,
madrasada talabalaming betashvish o‘qishlariga, yetim-yesirlarga, beva-
bechoralar va nogironlarga yordam ko‘rsatishga sarf etgan.
Manbalaming guvohlik berishicha, Temuriy shaxzoda Umarshayz Mirzo
Toshkent aholisiga 250 ming dinor soliq toiashni talab qilganida shu
mablaning hammasini Xoja Ahror ocz hisobidan tofilab yuborgan.
Xoja Ahror hazratlari siyosat maydonida ham muayyan ta’sir
kuchiga ega bo4lgan. Xuroson hokimi Abulqosim Bobur 1454-yili
Samarqandni qamal qilganida, bu hujum Xoja Ahrorning aralashuvi
tufayli sulh bilan hal qilingan ekan. Shuningdek, 1458-yilda
Shohmxiyada Sulton Abu Sayid Mirzo osgillari o‘rtasida yuzaga kelgan
jiddiy to‘qnashuvlar ham hazratning yordami tufayli bartaraf etilib,
mamlakatda osoyishtalik saqlab qolingan. Ana shu beg‘araz xizmatini
hisobga olgan Abu Sayid Mirzo Xoja Ahromi o‘ziga yaqin tutib, uni
Toshkentdan Samarqandga kchirib keltirgan edi.
187
Xoja Ahror hazratlarining yuqoridagi xayrli ishlari oddiy fiiqarolar,
hukmdorlar, olimu ulamolar, taraqqiyparvar shoiru yozuvchilar orasida
uning obro‘-e’tiborini yanada oshirib yubordi. Shu boisdan Abdurahmon
Jomiy, Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur kabi
buyuk zotlar Xoja Ahror hazratlarini o‘zlarining ma’naviy piri sifatida
hurmat qilganlar.
Shuni ta’kidlash lozimki, buyuk alloma Xoja Ahror Valiy Sharq
olamida islomiy ilmlar, xususan tasawuf tariqati rivojiga ulkan hissa
qo‘shgan mutafakkirlardandir. Alloma bizlarga boy ilmiy-ma’naviy
meros qoldirgan. Uning bizgacha «Faharot ul-orifin» («Oriflar
so‘zlari»), «Volidiya», «Xavroiya» kabi bir qator asarlari yetib kelganki,
alloma ularda tasavvufning Naqshbandiya tariqatini yangi g‘oyalar bilan
rivojlantirgan. Ushbu asarlar o‘zining g‘oyaviy yetukligi jihatidan
Alisher Navoiy hazratlari tomonidan yuksak baholangan edi. Bulardan
tashqari, allomaning o‘z zamondoshlariga, Husayn Boyqaro, Alisher
Navoiy, Abdurahmon Jomiy va mahalliy hukmdorlarga yo‘llagan bir
qancha nomalari, maktublari ham bizgacha yetib kelgan. Alisher Navoiy
tomonidan tuzilgan «Majmuai mursalot» yoki «Navoiy to‘plami»da
allomaning 128 maktubi munosib joy olgan.
Xoja Ahror hazratlari vxalqning oirini yengil qilish darkor, ammo
Do'stlaringiz bilan baham: |