Toshkent moliyainstituti n. Atayeva, F. Rasulova, M. Salayeva, S. Hasanov



Download 20,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/679
Sana31.12.2021
Hajmi20,47 Mb.
#271115
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   679
Bog'liq
umumiy pedagogika

bunga  halol, fidoiy  mehnat,  foydali  kasbni  egallash,  ijtimoiy  adolatni 

qaror  toptirish  orqali  erishiladi»  deb  ta’lim  beradi.  U  o‘zining  butun 

faoliyati  davomida  «.qo ‘ling  hamisha  ish  bilan,  diling  esa  Alloh  bilan 



band  blmoi  lozim»  qoidasiga  qat’iy  amal  qilib  yashagan. 

Shuningdek,  Xoja  Ahror  Naqshbandiya  tariqatining  eng  asosiy 

g‘oyalari, jumladan «Xush dar dam», ya’ni tariqat  yo‘liga kirgan shaxs 

hamisha  xushfe’l,  xushhol  va  xushchaqchaq  bo‘lmog‘i  darkor:  «Safar 



dar vatan»,  ya’ni  Vatanni  sevish,  ardoqlash,  ezgulik  xislatlarini  o‘zida 

aks  ettirish.  «Xilvat  dar  anjuman»,  ya’ni  hamisha  odamlar  orasida 

bo‘lish,  odamlar orasida  bo‘lish,  odamlar dardiga darmon  bo‘lish,  xalq 

va xoliq bilan hamdam bo‘lish; «Nazar bar qadam», ya’ni o‘zini yomon 

odamlar  ta’siridan  saqlash,  hushyor,  ogoh  boiish  kabi  hayotiy 

qoidalami  rivojlantirdi,  fuqarolami  ana  shu  ulug‘vor  g‘oyalar  ruhida 

tarbiyalashga  ulkan  hissa  qo‘shdi.  U  insonlami  mehnatsevarlikka, 

vatanni  sevishga  adolatparvarlik  va  haqgo‘ylikka  da’vat  etdi.  Ularga 

mehr-oqibatli,  sabr-qanoatli,  insof-diyonatli,  ilm-ma’rifatli  boiishdek 

ezgu  yoilarini  ko‘rsatib  berdi.  Ayni  vaqtda  ayrim  odamlarda 

uchraydigan 

adolatsizlik, 

takabburlik, 

xudbinlik, 

dilozorlik, 

hasadgo‘ylik,  molparastlik,  mol-dunyo  va  mansab  yoiida  har  qanday



188


razillikdan  qaytmaydigan  yaramas  illatlami  keskin  qoraladi.  Insonlar 

komillik  darajasiga  erishmoqlari  uchun  o‘zlarini  g‘ayriinsoniy 

illatlardan,  birinchi galda molparastlik,  shaytoniy  nafs  balosidan parhez 

qilmog‘i, ruhan poklanmog‘i, o‘zining halol mehnati, qo‘l kuchi va ko‘z 

nuri  hisobiga kun kechirmog‘i  lozim.  Zero,  molparastlik,  mol  dunyoga 

ortiqcha  xirs  qo‘yish  insondagi  jamiki  salbiy  xislatlaming  bosh 

sababchisidir.  Badnafslik  yo‘liga  kirgan  odam  o‘zining  ilohiy  aslini, 

odarruylik qiyofasini unutadi, deb ta’lim beradi Xoja Ahror hazratlari.

Tasawuf ilmining yetuk vakillaridan bo‘lmish  Burhoniddin  o‘g‘li 

Nosiriddin  Rabg‘uziy  (XIII  asr  oxiri  XIV  asr  boshida)  «Qissai 

Rabg‘uziy»  asarida  ham  markaziy  o‘rinda  komil  insonni  tarbiyalash 

masalasi  turadi.  Komillikning  birinchi  belgisi  aql  va  bilimlilik  barcha 

yaxshi ishlar, ezguliklar manbai bo‘lsa, aqlsizlik va bilimsizlik esa johil, 

tuban  va  yomon  ishlarga  asos  bo‘ladi,  deyiladi:  «Mas ’uliyatidin 



(shariatga xilof ish tutishdan) yig ‘iling, kuch qilmang, zino qilmang, qon 

tkmang, xiyonat qilmang».

Rabg‘uziyning  «Qissai  Rabg‘uziy»  asarida  barkamol  insonni 

tarbiyalashning ikkinchi belgisi pokizalik, xushxulqlilik, adolatparvarlik, 

odob-ikromli  bo‘lish.  Nojo‘ya  xatti-harakatlardan  saqlanish,  halol 

mehnat qilish, havoiy nafsoniyatga va ortiqcha ehtirosga berilmaslikdir, 

deyiladi.

Umuman,  Rabg‘uziy  «Qissai  Rabg‘uziy»  asaridagi  hikoyatlarda 

«Ey,  odam,  seni g ‘amu kulfatdan doimo  trilik,  hallollik va sadoqat 

qutqaradi»:  dunyodagi  barcha  ezguliklarning  merosxo‘ri  blgan 

barkamol insonni tarbiyalash oyasini ilgari suradi.1

Alisher Navoiy (1441-1501) «Xamsa» («Hayrat ul-abror», «Farhod 

va  Shirin»,  «Layli  va  Majnun»,  «Sab’ai  sayyor»,  «Saddi  Iskandariy») 

dostonida inson ma’naviy  kamoloti darajasini mukammal badiiy  tasviri 

va talqinini yaratdi. Ishqni Alisher Navoiy inson uchun o‘zlikni  anglash 

yo‘li,  «Haqiqat  asrori»  ganjinasining  kaliti  deb  biladi  va  «ishq» 

tushunchasiga, birinchi navbatda, ijitmoiy-axloqiy munosabatlar nuqtayi 

nazaridan  qaraydi,  shu  asosda  «majoziy  ishq»m  voqe’  hayotdagi 

insonlararo muomalada birinchi o‘ringa qo‘yadi.

Tasawufiy  uMajoz  ishqi»  Alisher  Navoiy  nazdida  insonning 

insonga  bo‘lgan  Haq  yo‘lidagi  {«xolisanilloh»,  ya’ni  xolis  Alloh 

yo ‘lidagi)  har  qanday  g‘arazdan  xoli,  pok  mehridir.  Ishqni  ijtimoiy- 

axloqiy  munosabatlar  asosida  orzu  qilgan  shoir  insoft  kamolotini  va 

odamiylikni o‘zgalar g‘amini o‘zinikidek bilishda deb tushunadi:


Download 20,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   679




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish