Xo'jalik muammolari ta'sirida buxgalteriya balansida bo'ladigan bunday o'zgarish uchinchi xil o'zgarish deb ataladi. Xulosa qilib aytganda, uchinchi xil o'zgarish deb, xo'jalik mablag'larining tarkibi va joylanishini aks ettira- digan, balansning aktiv tomonidagi tegishli moddalarda va shu mablag'larning manbalarini aks ettiradigan balansning passiv tomonidagi tegishli moddalarda bir vaqtda ko'payishini sodir qiladigan, shuningdek, balansning umu- miy summasini ham ko'paytiradigan o'zgarishga aytiladi.
Korxona kassasidan ishchi- xizmatchilarga 20000 so'm oylik ish haqi berildi. Ushbu muomala bo'yicha kassada pul kamaygan bo'lsa, shu vaqtning o'zida, bizning ishchi va xizmatchilardan ham qarzimiz kamaydi. Ko'rinib turibdiki, balansning aktivida ham, passivida ham bu xildagi xo'jalik muomalasi ta'sirida kamayish sodir bo'ldi, shuningdek tegishli summaga balansning umumiy summasida ham
kamayish sodir etildi. Xo'jalik muomalasi ta'siri buxgalteriya balansida sodir bo'lgan o'zgarish to'rtinchi xil o'zgarish deb ataladi.
Korxona faoliyatini amalga oshirish davomida turli jarayonlar ro`y berib, bu jarayonlar natijasida shu korxonasiga tegishli bo`lgan xo`jalik mablag`lari va ularning tashkil topish manbalari tarkibiy va miqdoriy jixatdan o`zgaradi. Balansga ta`rif berilganida uning ikki qismi - aktiv va passiv tomonlari mos ravishda xo`jalik mablag`lari va xo`jalik mablag`larini tashkil topish manbalarini aks ettiradi deyildi. Demak, tabiiyki, xo`jalik mablag`lari va ular tashkil topish manbalarining xo`jalik jarayoni natijasida o`zgarishi balansda o`zgarish ro`y berishiga olib keladi. Sababi o`zgarish natijasida xo`jalik mablag`ining o`zaro ikki turi yoki, mablag` manbalari turlarining ikki yoki undan ortigi o`zgarishi yoki ham mablag` va ham ular tashkil topish manbalari birdaniga o`zgarishi mumkin.
Xo`jalik jarayonlarining balansdagi o`zgarishlarga ta`sirini 4 turga ajratish mumkin. Quyida shu xil o`zgarishlarga misol keltiramiz.
Jarayon. Kassadan safar xarajatlari uchun hisobdor shaxsga 5000 so`m berildi. Bu jarayon natijasida balansdagi aylanma mablag`lar bo`limining pul mablag`lari moddasida kamayish ro`y berdi. Shu bo`limning debitorlar moddasida esa, korxona uchun debitor bo`lgan hisobdor shaxsning hisobdorlik summasi ko`paydi. Ko`rinib turibdiki, bu jarayon natijasida balansning aktiv qismidagi moddalarning birida kupayish, yana birida esa kamayish ro`y beradi. Balansdagi bu o`zgarish bir xildagi o`zgarish bo`lib, uni shartli ravishda qo`yidagicha belgilaymiz:
A + A -
Jarayon. Xodimlarga hisoblangan ish haqidan daromad soligi ushlab kolindai 20.000 sum. Bu jarayonning ma`nosi tsuki, xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashish summasi kamaydi. Ushlab qolingan daromad soligi byudjetga o`tkazilishi lozimligi sasabli, byudjet bilan hisoblashish- summasi ko`paydi.
Demak balans passivi bir moddasida kupayish, ikkinchi moddasida esa kamayish sodir etildi. Shartli ravishda esa, bu o`zgarish qo`yidagicha aks ettiriladi:
P+ P-
Do'stlaringiz bilan baham: |