Uz wikipedia org Umumiy taʼlim



Download 19 Kb.
Sana05.02.2020
Hajmi19 Kb.
#38843
Bog'liq
texnologiya

uz.wikipedia.org

Umumiy taʼlim

Umumiy taʼlim - kasbi va turmush tarzi qandayligidan qatʼi nazar tabiat, jamiyat, tafakkur, sanʼat, maʼnaviyat boʻyicha har bir kishi egallashi zarur boʻlgan bilim asoslari, shuningdek, har bir odamda hayotda qiynalmay yashashi uchun shakllantirilishi kerak boʻlgan koʻnikma va malakalar yigʻindisi; maʼlum yoshdagi barcha bolalarning muayyan bilimlar minimumini beradigan maktablarda maʼlum vaqt mobaynida majburiy taʼlim olishi.

Umumiy taʼlimni egallash har bir kishiga ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, unda olamni bilish krbiliyatini rivojlantirish imkoniyatini beradi. Shuningdek, Umumiy taʼlim kasbiy hamda politexnik taʼlimning poydevori boʻladi. Umumiy taʼlim oʻquv muassasalarida oʻqish orqali ham, mustaqil taʼlim yoʻli bilan ham olinishi mumkin.

Jahon ped. fani va amaliyotida Umumiy taʼlimning boshlangʻich, kuchaytirilgan boshlangich va oʻrta singari turlari mavjud. Boshlangʻich Umumiy taʼlim oʻqish, yozish, arifmetikaning dastlabki amallari hamda tabiatshunoslik, geogr. va Vatan tarixi yuzasidan ibtidoiy tushunchalar, rayem, musiqa, jismoniy tarbiya va mehnat singari oʻquv fanlarini oʻz ichiga oladi. Kuchaytirilgan boshlangʻich Umumiy taʼlimda esa oʻquvchilarga ona tili grammatikasi, chet tili, adabiyotning qisqa kursi, mat.ning ayrim boʻlimlari, algebra, geom., fizika, tabiatshunoslik, chizmachilik boʻyicha ibtidoiy maʼlumotlar, geogr., tarix, rayem, mehnat kurslari qoʻshiladi. Yevropa mamlakatlarining aksariyatida boshlangʻich va kuchaytirilgan boshlangich Umumiy taʼlim taʼlimning mustaqil tizimi sifatida qaraladi va oʻrta Umumiy taʼlim bilan yetarli uzviylik kasb etmaydi. Oʻrta Umumiy taʼlim, odatda ona tili va adabiyotning tizimli kursi, chet tillari, Vatan va jahon tarixi, madaniyatshunoslik, algebra, geom., trigonometriya, fizika, kimyo, biol., chizmachilik, geogr., jismoniy tarbiya, informatika va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Ayrim Umumiy taʼlim maktablari bir yoki bir necha oʻquv fanlarining chuqurlashtirilgan holda oʻqitilishiga ixtisoslashgan boʻladi.

Oʻzbekistonda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinguniga qadar (1997) Umumiy taʼlim boshlangʻich (1—4sinf), tayanch (5—9sinf) va oʻrta (10—11sinf) bosqichdan iborat boʻlgan. Endilikda Oʻzbekistondagi Umumiy taʼlim boshlangich (1—4sinflar), oʻrta (5—9sinf) va oʻrta maxsus (akademik litsey va kasbhunar kollejlari) kabi bosqichlardan iborat boʻlib, mamlakatimiz yoshlarining barkamol shaxs boʻlib shakllanishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan.



Oʻzbekistonda qadim zamonlardayoq taʼlim tizimi keng tarmoq yoygan boʻlishiga qaramay, umummilliy miqyosda Umumiy taʼlim rasman 1930 yilning 15 sent.dan joriy etildi. Oʻsha davrdagi hukumatning qaroriga koʻra, 1934 yildan boshlab Oʻzbekistonda umumiy boshlangʻich taʼlim olish majburiy qilib qoʻyildi. Bu tartib nafaqat maktab yoshidagi bolalarga, balki boshlangʻich maʼlumotga ega boʻlmagan katta yoshdagi kishilarga ham tatbiq qilindi. Shuning uchun ham mamlakatda savodsizlik va chalasavodlikni tugatishga yoʻnaltirilgan vaqginchalik maktablar tizdmi paydo boʻldi. 1938 yilning iyulidan Oʻzbekistonda umumiy yetti yillik majburiy taʼlim joriy etildi. Lekin Ikkinchi jahon urushi mamlakatda umumiy yetti yillik taʼlimning toʻliq amalga oshishiga imkon bermadi. 1956 yildagina yetti yillik Umumiy taʼlimga toʻliq erishildi. 1958 yildan Oʻzbekistonda Umumiy taʼlim sakkiz yilga, 1975 yildan oʻn yilga yetkazildi. 1990 yildan Oʻzbekistonda Umumiy taʼlim muddati oʻn bir yilni tashkil etdi.

Fan va texnikaning tinimsiz rivojlanib, axborotlarning haddan tashqari koʻpayib borishi va uni yetkazish texnologiyalarining tezkor taraqqiyoti Umumiy taʼlim muddatini uzaytirishni taqozo etishi tabiiydir. Shuni nazarda tutilgani uchun ham Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 1997 yilda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Unga koʻra, OʻzRda Umumiy taʼlim tizimi uz ichiga akademik litsey va kasbhunar kollejlarini ham qamrab oldi. Shu tariqa, Oʻrta Osiyo davlatlari orasida birinchi boʻlib Oʻzbekistonda Umumiy taʼlim urta maxsus taʼlim darajasiga kutarilib, muddati oʻn ikki yilga yetkazildi.
Download 19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish