36
o
‘zbek tilidan rus tiliga tarjima qiluvchilar ancha
kamroq. Albatta, matnshunoslik va manbashunoslik
adabiyotshunos, tilshunos, psixolog, tarixchi va
faylasuflarni birlashtirib turadi.
Uzoq paytlardan buyon asosiy semiotik belgi
sifatida
lug’aviy
birlik
–
so’z
qarab
kelinayotganligini bilamiz.
Keyinchalik lisoniy belgilar qatoriga so’z birikmasi va gap kiritildi. Lekin
matnning shu qatordan o’rin olishi bir oz qiyin kechmoqda. Xo
‘sh, nimalarga
asoslangan holda
matnni lisoniy belgi va, tabiiyki, birlik sifatida qarash mumkin?
Ma’lumki, «belgi» semiotikaning asosiy tushunchasi va semiotik tadqiqotlar
oldiga belgilarni ajratish hamda tavsiflash vazifasi qo’yiladi. Belgini ajratish uchun
uning shakliy tuzilishini farqlash yetarli emas, bunda u yoki bu belgi tashiydigan
axborot - ma’noni anglash ham muhimdir. Axborotning belgilar vositasida
uzatilishi, tadqiq qilinishi voqelikni tasavvur qilishning faqat insonga xos shaklidir.
Belgilar vositasidagi tasvir umumlashtirish va o’rin almashtirish harakatlarining
bajarilishini talab qiladi. Bu harakatlar, o
‘z navbatida, lisoniy tafakkur faoliyati
jarayonida bajariladi.
An’anaga binoan matn birliklari yoki belgilarining ketma-ket qatorda
birikishidan hosil bo
‘ladigan murakkab tuzilma sifatida qaraladi. Bunday tuzilma
tarkibidagi har bir til belgisi ma’lum bir ma’noga ega. Demak, matn ham alohida
ko
‘rinishdagi belgi deb qaralishi lozim. Lekin ba’zilar matnni bu xususiyatga ega
ekanligini inkor etadilar.
Axborotning
belgilar vositasida
uzatilishi, tadqiq
qilinishi voqelikni
tasavvur qilishning
faqat insonga xos
shaklidir.
37
Matnni lisoniy belgi maqomiga ega bo
‘lish
imkoniyatini bunday qat’iy inkor etilishining sababi
uni til tizimi birliklari guruhiga kiritmaslik an’anasi
bilan bog’liq. Belgining idealligi uning ma’nosida.
Ma’no, o’z navbatida, belgining harakati, rivoji asosida
shakllanadi. Matnga doimiy harakat, dinamika xosdir.
Uning
mavjudligi
materiyaning
asosiy
harakat
shakllari bilan bog
‘liq va ma’no-mazmuni ham
shunday harakat davomida
namoyon bo‘ladi.
Haqiqatdan ham, Moskva va Tartu shaharlarida
to’plangan bir qator adabiyotchi olimlar alohida
belgilardan tarkib topadigan matnni ikkilamchi
belgilar tizimidan o’rin oladigan hodisa sifatida talqin
qilmoqdalar, ammo bunday qarashda matn madaniy
belgi maqomini oladi. Matnga madaniy vazifa
xosligini inkor etmagan holda, uning ayni paytning
o
‘zida lisoniy hodisa ham ekanligini unutmaslik lozim.
Matnni belgi sifatida o
‘rganish g‘oyasi Tartu
universitetida
faoliyat
ko
‘rsatgan
strukturalistlar
maktabi tomonidan keng miqyosda targ
‘ib qilinib
kelinmoqda.
O
‘tgan asrning 60-yillarida «global semiotika» oqimi vakillarining ishlarida
matnning invariant xususiyatlarini aniqlash va matn lingvistik tadqiqini til
estetikasi bilan bog’lash harakati ildamlashdi. Bu yo’nalishda bajarilgan ishlarning
ba’zilari qo’llanilgan tahlil usullari bilan farq qilsalar-da, ularning barchasining
mantiqiy asosini matnning «quyi» bosqichidagi birliklaridan «yuqori» pog’onalari
sari yurish va oxirgi natijani yaxlitlikdan, umumiy kontekstdan izlash an’anasi
tashkil qiladi. Shu oqim tarafdori R.Bart matn tilshunosligini «Translingvistika»
deb atab, «matn» tushunchasini keng ma’noda talqin qiladi va har qanday nutqiy
tuzilmani unga tenglashtiradi. Fransuz olimi badiiy matn mazmuni kontekstual
Do'stlaringiz bilan baham: