Asosiy tayanch iboralar:
o’zaro bog’liqlik (aloqa), balansli aloqa,
komponentli aloqa, omilli aloqa, funktsional bog’lanish, korrelyatsion bog’lanish,
to’g’ri aloqa, teskari aloqa, to’g’ri chiziqli aloqa, egri chiziqli aloqa, ko’p belgilar
aloqadorligi, juft belgilar aloqadorligi, bevosita aloqadorlik, bilvosita aloqadorlik,
kuchsiz aloqa, mo’’tadil aloqa, kuchli aloqa, parallel qatorlar, korrelyatsiya,
korrelyatsiya indeksi, koeffitsienti, ko’p sonli korrelyatsiya, regressiya, omil belgi,
natijaviy belgi, regressiya koeffitsientifexner koeffitsienti, ranglarspirmen
koeffitsienti, kendel koeffitsienti, pirson koeffitsienti, chuprov koeffitsienti,
assotsiatsiya koeffitsienti, kontingentsiya koeffitsienti, konkordatsiya koeffitsienti,
korrelyatsiya koeffitsienti, determinatsiya koeffitsienti, korrelyatsion nisbat,
cheddok shkalalari.
108
10-MAVZU. DINAMIKANI STATISTIK O’RGANISH USULLARI
1. Dinamika qatorlari: mohiyati, tasnifi,
tuzish qoidalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy hodisa va jarayonlarni vaqt
bo’yicha o’zgarishini o’rganish juda muhim. Chunki, hodisalarni o’z vaqtida
o’rganmaslik, kerak bo’lganda firmaning faoliyati haqida muhim va taqdiriy
qarorlarni vaqtida qabul qilmaslik uni og’ir raqobat sharoitida nochorlikka olib
kelishi mumkin.
Firma va kompaniyalar faoliyati dinamikasini o’rganishdan asosiy maqsad
vaqt bo’yicha rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash va o’lchashdir. Bunga dinamika
qatorlarini tuzish va tahlil qilish vositasi orqali erishiladi.
Dinamika qatorlari deb, ijtimoiy hodisa va jarayonlarning vaqt bo’yicha
o’zgarishini tavsiflovchi sonlar qatoriga aytiladi.
Dinamika qatorlarida ikki unsur (element) mavjud:
1) vaqt ko’rsatkichi (t);
2) shu vaqtga tegishli daraja (U).
Dinamika qatorlarida vaqt ko’rsatkichi sifatida ma’lum bir payt (sana) yoki
davr (oy, yil) olinishi mumkin.
Dinamika qatorlarining darajalari ijtimoiy hodisalarning sonini, hajmini,
miqdorini vaqt bo’yicha o’zgarishini o’zida aks ettiradi va ular mutlaq, nisbiy va
o’rtacha miqdorlarda ifodalanadi.
Dinamika qatorlari hodisalarni tavsiflash vaqtiga qarab, payt(moment)li
va davriy dinamika qatorlariga bo’linadi.
Paytli dinamika qatorlari o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni ma’lum bir
aniq payt (moment)ga holatini ifodalaydi, aks ettiradi. Masalan, aholi soni,
kassadagi pul qoldig’ini faqatgina ma’lum paytga hisoblanadi, aniqrog’i rasmga
olinadi.
1-jadval
“Istiqlol” supermarketida tovar zaxiralari qoldig’i
Tovar qoldig’i,
mln.so’m
Oylar
1.01
1.02
1.03
1.04
130,0
134,3
132,0
138,4
1-jadvalda keltirilgan qator dinamika qatorining payt (moment)li turiga kiradi.
Chunki uning hadlari “Istiqlol” supermarketi bo’yicha tovar qoldiqlarini faqatgina
bir payt (oy boshi) ga ko’rsatmoqda. Tovar (yoki pul) qoldiqlarini hisobga olishni
boshqa yo’li xam yo’q, chunki tovarlar bir tomondan sotib olinaveradi, ikkinchi
tomondan sotilaveradi.
Davriy dinamika qatorlarida esa hadlar davr oralig’i (interval)da beriladi.
Masalan, bir oy (yoki yil) da ishlab chiqarilgan mahsulot, sotilgan tovarlar hajmi,
ekilgan er maydoni va h.k.
109
2-jadval
2009-2013 yillarda “Istiqlol” supermarketida sotilgan tovarlar hajmi
(tovar oboroti) dinamikasi
Chakana
tovar
oboroti,
mlrd.so’m
Do'stlaringiz bilan baham: |