O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTETI
“MOLIYA-KREDIT” KAFEDRASI
“MOLIYA” FANIDAN
“KORXONALARFAOLIYATIGA INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA FOND BIRJASINING RO’LI” MAVZUSIDA
KURS ISHI
Bajardi: 3-KURS SММ-55 guruh M. Tursimetova
Qabul qildi: SH. Islomov
Toshkent - 2022
REJA:
Kirish
Investitsiyaning mohiyati, iqtisodiy mazmuni va turlari.
Korxona asosiy fondlariga investitsiyalarni jalb qilish.
Korxonalarning investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
KIRISH
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiya va lizing faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir mamlakatning rivojlanish darajasi, ya’ni iqtisodiyotning rivojlanishi va iqtisodiy o‘sishi ko‘p jihatdan mamlakatdagi investitsion jarayonlarga bog‘liq. Bizga ma’lumki, mamlakatdagi investitsion jarayonlar investitsion siyosat orqali amalga oshiriladi va tartibga solinadi. Investitsion siyosat mamlakatning investitsion salohiyatini oshirishga hamda investitsiya va lizing faoliyatini kengayishiga yordam beradi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq investitsiya va lizing asoslarini yaratishga, investitsiya faoliyatini rivojlantirishga katta e’tibor berildi. Chunki bizning mamalakatda ham iqtisodiy rivojlanishga samarali investitsiya faoliyatisiz erishib bo‘lmaydi.
Darhaqiqat, bugun O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada isloh qilish va modernizatsiyalash, ayniqsa, xususiy sektorni rivojlantirish investitsiya va lizing faoliyatini jadallashtirishdagi xalqaro tajribalarga suyanmog‘i lozim. Binobarin, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil va nufuzli tarzda kirib borayotganligi mamlakatning iqtisodiy-siyosiy sohalaridagi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishni talab qilishi tabiiydir. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Barchamiz bir oddiy haqiqatni yaxshi anglab olishimiz darkor – investitsiyalarsiz modernizatsiya ham, yangilanish ham bo‘lmaydi”1 . Shu sababli, “Investitsiya va lizing asoslari” fanini o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Zero, ushbu o‘quv qo‘llanmada investitsiya va lizing asoslari, ular bilan bog‘liq operatsiyalar kasb-hunar ta’limi talablari doirasida berilgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanma o‘quvchilarga amaldagi tarmoq ta’lim standartlari doirasida chuqur bilim berish hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida yaratilgan.
O‘quv qo‘llanmada bayon etilgan mavzularning mazmun-mohiyatini to‘la va to‘g‘ri tushunish, tez va oson o‘zlashtirib olish maqsadida ko‘plab amaliystatistik ma’lumotlar keltirilgan va mavzular doirasida tizimlashtirilgan.
“Investitsiya va lizing asoslari” fani o‘quv rejasining ikkinchi bo‘lim fanlari bilan uzviy bog‘liq.
O‘quv qo‘llanma Toshkent moliya Instituti “Moliya” va “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi professor-o‘qituvchilarining ijodiy hamkorligida tayyorlangan.
O‘quv qo‘llanma kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, soha mutaxassislari va amaliyotchilar, ilmiy izlanuvchilar hamda iqtisodiy ta’lim oluvchi talabalarga foydali bo‘lishi mumkin.
1 Karimov I.A. “Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir”. - T.: “O`zbekiston”, 2010.
Do'stlaringiz bilan baham: |