Kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish manbalari
Kоrхоnа ishlаb chiqаrish quvvаtining bоshlаng‘ich (yil bоshidа), yakuniy (yil охiridа), o‘rtаchа yillik hаmdа lоyihа quvvаti turlаri mаvjud. Lоyihа quvvаti qurilish lоyihаsidа ko‘zdа tutilgаn bo‘lаdi. Qаytа tiklаsh, kеngаytirish vа tехnik jihаtdаn qаytа qurоllаntirish dаvоmidа lоyihа quvvаti kаttаlаshtirilishi mumkin.Shu sаbаbli, аmаliyotdа lоyihа quvvаti ko‘pinchа kоrхоnаning аmаldаgi quvvаti bilаn sоlishtirilаdi. Kоrхоnаning аmаldаgi quvvаti kоrхоnа ishlаb chiqаrish dаsturini tаyyorlаsh uchun аsоs bo‘lib хizmаt qilаdi. Kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish manbalari Davlat byudjeti mablag’lari Bank kreditlari Chet el investitsiyalari va kreditlari Aholi mablag’lari Korxonaning o’z mablag’lari Byudjetdan tashqari fondlar mablag’lari Boshqa mablag’lar 91 Kоrхоnа ishlаb chiqаrish quvvаtini аniqlаshdа zаxirаdаgi uskunаlаrdаn tаshqаri, bаrchа o‘rnаtilgаn uskunаlаr hisоbgа оlinаdi. Bа’zi bir sехlаrdа (yig‘uv, quyuv vа bоshqа sехlаrdа) ishlаb chiqаrish quvvаti ishlаb chiqаrish mаydоnlаrigа аsоsаn hisоblаnаdi. Ishlаb chiqаrish quvvаtini аniqlаshdа mаhsulоt birligigа sаrflаnuvchi vаqt nоrmаsi yoki hаr bir uskunаning unumdоrlik nоrmаlаri muhim аhаmiyatgа egа bo‘lib, ulаr ilg‘оr hаmdа prоgrеssiv bo‘lishi tаlаb qilinаdi. Аmаliyotdа ishlаb chiqаrish quvvаti vа uskunаlаrning yuklаnishini hisоblаshdа bа’zidа хаtоlаr, ulаr o‘rtаsidаgi fаrqni sеzmаslik hоllаri hаm uchrаb turаdi. Kоrхоnа quvvаti аsоsiy ishlаb chiqаrish fоndlаri, yangi tехnikа vа аniqlаngаn zаxirаlаrdаn fоydаlаngаn hоldа mаhsulоt ishlаb chiqаrish mumkin bo‘lgаn mаksimаl dаrаjаni tаvsiflаydi, uskunаlаrning yuklаnishni hisоblаsh nаtijаlаri esа ushbu quvvаtlаrdаn rеjаdаgi dаvrdа fоydаlаnishning dаrаjаsini аniqlаydi. Dеmаk, ulаr o‘rtаsidаgi prinsipiаl fаrq shundаki, birinchi hоlаtdа, kоrхоnа ishlаb chiqаrishi mumkin bo‘lgаn mаhsulоtlаrning mаksimаl dаrаjаsi аniqlаnsа, ikkinchi hоldа, mаzkur dаvr mоbаynidа uskunаlаrdаn qаnchаlik fоydаlаnilishi аniqlаnаdi. Аsоsiy ishlаb chiqаrish fоndlаridаn fоydаlаnishni yaхshilаsh bilаn bоg‘liq bo‘lgаn mаzkur chоrа-tаdbirlаr, ko‘pinchа, ishlаb chiqаrish quvvаtlаri bаlаnsini tuzish yo‘li bilаn аmаlgа оshirilib, kоrхоnаning ishlаb chiqаrish quvvаtlаri vа ulаrni tа’minlаsh mаnbаlаrigа bo‘lgаn ehtiyoji аniqlаnаdi. Keyingi paytlarda mamlakatimizda keng miqyosda qurilib foydalanishga topshirilayotgan sog‘liqni saqlash muassasalari, akademik litseylar hamda kasbhunar kollejlarini, maktablar qurilishi va boshqalarni olishimiz mumkin. Bunday maqsadlar uchun davlat byudjeti, mahalliy byudjetlar hamda boshqa manbalardan keng foydalanilmoqda. 5.5. Korxonalarning kreditga layoqatliligini aniqlash ko‘rsatkichlari Investitsion loyihalarni kreditlash jarayoni juda ko‘p va turli xil xavfxatarlar (risklar) bilan bog‘liq bo‘lib, kreditlarni belgilangan muddatda qoplamaslik muammosini keltirib chiqaradi. Shu sababli banklar o‘z mijozlariga kredit berishda, mijozning kreditga layoqatliligini tahlil qiladilar. Bank mijozning kreditga layoqatligi deganda, mijozning o‘z qarz majburiyatlari bo‘yicha to‘liq va o‘z vaqtida hisoblashish qobiliyati tushuniladi. Mijozning kreditga layoqatlilik darajasi banklar uchun juda zarur, chunki har bir berilgan kredit risk bilan bog‘liq. Agar bank riskni hisobga olmasa, kredit o‘z vaqtida qaytmasligi yoki umuman to‘lanmasligi mumkin. Shu sababli banklar o‘z mijozlari moliyaviy holatini, to‘lovga qobilligini va, albatta, kreditga layoqatliligini tahlil qiladi. 92 Jahon amaliyotida, xususan, AQSHda banklar tomonidan mijoz kreditga layoqatliligini baholashda "fives", "beshlar" qoidasi ishlatiladi. Ular quyidagilar: 1) character (mijoz xarakteri); 2) capacity (moliyaviy sharoiti); 3) capital (kapital yoki mol-mulk); 4) colletarial (ta’minlanganlik); 5) conditions (umumiy iqtisodiy vaziyat). Mijoz xarakteri deganda, uning yuridik shaxs sifatida reputatsiyasi, ma’suliyatliligi, olingan qarzni to‘lashga xohishi va tayyorlik darajasi tushuniladi. Mijoz moliyaviy sharoiti yoki qobiliyati deganda, mijozning kreditni qaysi manbalardan qoplashligi tushuniladi. Kapital deganda, mijozning aksionerlik kapitali, uning strukturasi, aktiv va passivlar orasidagi munosabatlar va uning ustav fondi hamda o‘z kapitalining kredit operatsiyasiga jalb qilish darajasini ko‘rib chiqish tushuniladi. Ta’minlanganlik deganda, mijozning aktivlari qiymati va aniq ikkilamchi qarzni qoplash manbayi (kafillik, sug‘urta, garov) kredit shartnomasida ko‘rsatiladi. Umumiy iqtisodiy vaziyat deganda, mamlakatdagi joriy va kelajakdagi iqtisodiy holat, siyosiy ahvol, soliqlar, xomashyo va boshqa kredit qaytarilishiga ta’sir etuvchi bilvosita omillarni o‘rganish tushuniladi. Kreditga layoqatlilikni tahlil qilishdan asosiy maqsad qarz oluvchi, xo‘jalik yurituvchi subyektning imkoniyatlari, qarzni o‘z vaqtida qoplashni, risk darajasini, kredit miqdori va boshqa omillarni belgilangan sharoitda va holatda tahlil qilishdan iboratdir. Banklar uchun bu masalalarni amalga oshirish juda qiyin bo‘lsada, xuddi ana shu maqsad amalga oshirilsagina berilgan kreditdan foyda olinadi. Kreditga layoqatlilikni tahlil qilish vazifasi quyidagilar hisoblanadi: 1) kreditga layoqatlilikni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni aniqlash; 2) ko‘rsatkichlarni tahlil qilish (yil boshi va yil oxirini taqqoslash); 3) ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash; 4) kreditga layoqatlilikni mustahkamlash yo‘llarini aniqlash. Bozor munosabatlarining rivojlanib borishi bilan tijorat banklari tomonidan kreditga layoqatlilikni tahlil qiluvchi yangi metodlar ishlab chiqilmoqda, bu korxona haqidagi (kreditga layoqatligi haqidagi) tahlilni chuqurroq olib borishni ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda jahon amaliyotida (YUNIDO tasdiqlagan standart bo‘yicha) moliyaviy ko‘rsatkichlar sistemasi hamda tahlil va reyting metodi bo‘yicha tahlil usullari qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasida Markaziy bank 93 tomonidan chiqarilgan yo‘riqnoma bo‘yicha korxonalarga turli xil muddatga kreditlar berilib, ularning kreditga layoqatliligi moliyaviy ko‘rsatkichlarning tahliliga asoslanib aniqlanadi. Tahlil uchun asosiy manba – korxona buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan foydalaniladi. Korxonalarning kreditga layoqatliligini anqilovchi ko‘rsatkichlarni quyidagi 2 huruhga bo‘lishimiz mumkin: a) Kreditga layoqatlilikni ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar: 1) qoplash koeffitsiyenti; 2) o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti; 3) likvidlik koeffitsiyenti. b) qo‘shimcha koeffitsiyentlar: 1) aylanma mablag‘larining aylanuvchanlik koeffitsiyenti; 2) o‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi; 3) foyda va rentabellik koeffitsiyentlari. Jahon amaliyotida korxona likvid mablag‘lari ikkiga bo‘linadi: 1) absolyut likvid mablag‘lar; 2) joriy likvid mablag‘lar. Absolyut likvid mablag‘lar tarkibiga balans aktiv qismining ikkinchi bo‘limi jami kiritiladi. Ular 3 qismdan iborat: 1) oson ishlatiladigan zaxiralar; 2) pul mablag‘lari; 3) oson amalga oshiradigan talablar, "debitorlik qarzlari". Likvid mablag‘larning korxonada yetarlicha bo‘lishi, uning majburiyatlarini o‘z vaqtida qoplay olishidan dalolat beradi. Joriy likvid mablag‘lar juda ham tez pulga aylanadigan korxona vositalarini o‘z ichiga oladi, shu sababli, joriy likvid mablag‘lar tarkibiga balans aktiv qismi ikkinchi bo‘limining quyidagilari kiradi: 1) pul mablag‘lari; 2) debitorlik qarzlari. Joriy likvid mablag‘lar korxonaga birlamchi to‘lovlarni amalga oshirishda kerak bo‘ladi. Ular yuqori likvidlikka egaligidan, korxonada ushbu mablag‘lar ham me’yor darajasida bo‘lishi kerak. Zero, kredit inspektori mijozni kreditga layoqatliligini tahlil qilishda ushbu ko‘rsatkichlarga alohida ahamiyat beradi. Likvid mablag‘larni bunday 2 ga bo‘lishdan maqsad, qoplash va likvidlik koeffitsiyentlarini hisoblash oson bo‘ladi. Qoplash koeffitsiyenti quyidagicha hisoblanadi: . (5.5.1) 94 Qoplash koeffitsiyenti kreditlash chegarasini ko‘rsatadi va mijozning hamma aylanma vositalarining qarzni olishga yetarliligini ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkich 2 va undan yuqori bo‘lsa, mijoz kreditga layoqatlidir. Agar 0,5 dan kam bo‘lsa, kreditlash foydasiz bo‘lib, mijoz kreditga layoqatsiz hisoblanadi. 5.5.1-masala. Quyidagi ma’lumotlar asosida aksiyadorlik jamiyatining uzoq muddatli bank krediti olish uchun kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlaridan qoplash koeffitsiyentini hisoblang: asosiy vositalar qoldiq qiymati: 365,0 ming so‘m; tovar moddiy zaxiralari va xarajatlari: 10600,0 ming so‘m; debitorlik qarzlari: 430,0 ming so‘m; pul mablag‘lari: 2,0 ming so‘m; uzoq muddatli majburiyatlar: 345,0 ming so‘m; joriy majburiyatlar: 10700,0 ming so‘m. Yechish: Korxonaning kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlaridan qoplash koeffitsiyenti quyidagicha topiladi: Javob: 1,031 Likvidlik koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi: (5.5.2) Likvidlik koeffitsiyenti mijozning aylanma kapitali strukturasini baholash asosida yaqin kelajakda bankdan olgan kreditlarini tezkor (tezkorlik) va o‘z vaqtida to‘lay olish qobiliyati hisoblanadi. Likvidlik koeffitsiyenti 1,5 va undan yuqori bo‘lsa, korxona yuqori kreditga layoqatlilik darajasiga erishgan bo‘ladi. 5.5.2-masala. Quyidagi ma’lumotlar asosida aksiyadorlik jamiyatining uzoq muddatli bank krediti olish uchun kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlaridan likvidlik koeffitsiyentini hisoblang: asosiy vositalar qoldiq qiymati: 365,0 ming so‘m; tovar moddiy zaxiralari va xarajatlari: 10600,0 ming so‘m; debitorlik qarzlari: 430,0 ming so‘m; pul mablag‘lari: 2,0 ming so‘m; uzoq muddatli majburiyatlar: 345,0 ming so‘m; joriy majburiyatlar: 10700,0 ming so‘m. Yechish: Korxonaning kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlaridan likvidlilik koeffitsiyenti quyidagicha topiladi: 95 Javob: 0,04 Qoplash va likvidlik koeffitsiyentlarini topishda, qisqa muddatli majburiyatlarni to‘g‘ri hisoblash talab etiladi. Qisqa muddatli majburiyatlar, buxgalteriya balansining passiv qismidagi majburiyatlar bo‘limidan olinadi. Banklardagi kredit inspektorlari mijozning kreditga layoqatliligini tahlil qilishda, balansdagi asosiy (joriy aktivlari va majburiyat bo‘limidagi) moddalarning tarkibiy o‘zgarishlarini ko‘rib chiqadilar. Bu albatta, xavf-xatarni baholashni yengillashtiradi. Korxona kreditga layoqatliligi tahlili uchun kerak bo‘ladigan keyingi ko‘rsatkich – bu mustaqillik (muxtoriylik) koeffitsiyentidir. Ushbu koeffitsiyent 0,6 dan, ya’ni 60 %dan yuqori bo‘lsa, kredit xatari eng kam hisoblanadi. Bu koeffitsiyent 30 % dan, ya’ni 0,3 dan kam bo‘lmasligi lozim. Bu ko‘rsatkichni hisoblash uchun korxonaning balans bo‘yicha o‘z mablag‘lari manbalari, ya’ni balans passivining birinchi bo‘linmasi summasi jami passiv summasiga bo‘linadi. Nolikvid balanslarga ega bo‘lgan korxonalarga esa bank kreditlaridan foydalanish huquqi berilmaydi. Korxona balansi likvidligi quyidagicha hisoblanadi: korxona balansi (1-shakl) passiv qismi birinchi bo‘limi summasiga, ikkinchi bo‘lim uzoq muddatli majburiyatlari qo‘shilib (agar to‘lov muddati uch oydan oshiq bo‘lsa) balans aktiv qismi birinchi bo‘limi summasi ayriladi. Agar chiqqan natija ijobiy bo‘lsa, korxona balansi likvidli hisoblanadi. 5.5.3-masala. Quyidagi ma’lumotlar asosida aksiyadorlik jamiyatining uzoq muddatli bank krediti olish uchun kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlaridan muxtoriylik koeffitsiyentini hisoblang: asosiy vositalar qoldiq qiymati: 365,0 ming so‘m; tovar moddiy zaxiralari va xarajatlari: 10600,0 ming so‘m; debitorlik qarzlari: 430,0 ming so‘m; pul mablag‘lari: 2,0 ming so‘m; uzoq muddatli majburiyatlar: 345,0 ming so‘m; joriy majburiyatlar: 10700,0 ming so‘m; o‘z mablag‘lari manbalari: 435,0 ming so‘m. Yechish: Korxonaning kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlaridan muxtoriylik koeffitsiyenti quyidagi formula orqali topiladi: ( ) (5.5.3) 96 Javob: 3,8%. Bank kredit berishda korxonaning mahsulot sifatini, muddati uzaytirilgan debetorlik qarzlarini, kapital remont uchun qilingan xarajatlarni, turli zararlarni qoplashini ko‘rib chiqish kerak. Bunga sabab shuki, ushbu aytilganlar bo‘yicha qo‘shimcha sarflanishlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, korxonada bu qo‘shimcha sarflanishlar aylanma mablag‘laring hisobidan bo‘ladi, shu sababli ushbu qo‘shimcha sarflanishlar aylanma mablag‘lariga salbiy ta’sir etib, haqiqatda xo‘jalik jarayonida qancha aylanma mablag‘lari ishtirok etayotganligini ifodalaydi. Balans bo‘yicha aylanma mablag‘larini mavjud summasi bilan haqiqatdan ham korxona xo‘jalik aylanmasida ishtirok etadigan aylanma mablag‘larining summasi bir-biridan farq qiladi. Har ikki ko‘rsatkich o‘rtasidagi farq aylanma mablag‘larining immobilizatsiyasini tashkil etadi. Immobilizatsiya aylanma manbalarning chetga tortilishidir. Ya’ni o‘z maqsadidan tashqari sarflanishidir. Kredit inspektori ushbu koeffitsiyentni hisoblashda, albatta, aylanma mablag‘larining mavjud summasi immobilizatsiyasini hisobga olishi kerak. Korxona (mijoz) kredit olishga layoqatliligining tahlilida qo‘llaniladigan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘lib, aylanma mablag‘larining aylanuvchanlik koeffitsiyentini va aylanma mablag‘larining kunlardagi aylanuvchanligi ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi. Aylanma mablag‘lari aylanuvchanligi koeffitsiyenti aylanma mablag‘lari harakatining tezligini ifodalaydi va tahlil qilinayotgan davr uchun mahsulot sotishdan olingan tushum va aylanma mablag‘larining o‘rtacha qiymati o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi. Tahlil uchun ma’lumotlar yillik hisobotning 1-shakli balans va 2-shakli moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan olinadi. ; (5.5.4) ; (5.5.5) 5.5.4-masala. Quyidagi ma’lumotlar asosida aksiyadorlik jamiyatining uzoq muddatli bank krediti olishda kreditga layoqatlilikni aniqlash uchun qo‘shimcha ko‘rsatkichlaridan aylanma mablag‘lar aylanuvchanlik koeffitsiyentini hisoblang: asosiy vositalar qoldiq qiymati: 365,0 ming so‘m; tovar moddiy zaxiralari va xarajatlari: 10600,0 ming so‘m; 97 debitorlik qarzlari: 430,0 ming so‘m; pul mablag‘lari: 2,0 ming so‘m; uzoq muddatli majburiyatlar: 345,0 ming so‘m; joriy majburiyatlar: 10700,0 ming so‘m; o‘z mablag‘lari manbalari: 435,0 ming so‘m; mahsulotlarni sotishdan kelgan sof tushum: 9350,0 ming so‘m. Yechish: Aylanma mablag‘lar aylanuvchanlik koeffitsiyenti quyidagicha hisoblanadi: Javob: 0,85. Tijorat banklari xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan kredit munosabatlarini mustaqil ravishda o‘rnatadilar. Xo‘jalik yurutuvchi subyektlar tijorat banklaridan kredit olish uchun kredit buyurtmasini beradilar. Shu kredit buyurtmasiga asosan tijorat banklari qarz oluvchining moliyaviy ahvolini tahlil qiladilar. Bu jarayon quyidagi bosqichlardan iborat: kredit olish uchun berilgan kredit buyurtmasini ko‘rib chiqish va bo‘lajak qarz oluvchi bilan suhbatlashish; qarz oluvchining kredit qobiliyatini va qarz berish bilan bog‘liq xatarlarni baholash; kredit narxini belgilash; kredit shartnomasini tayyorlash va uni tuzish. Mijozlarning kreditga layoqatliligi bo‘yicha sinflarga bo‘lish va korxonalar reytingini aniqlash. Tijorat banklari ichki kredit siyosati asosida chiqarilgan yo‘riqnoma bo‘yicha korxonalarni kreditga layoqatliligi asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib: qoplash koeffitsiyenti, likvidlik koeffitsiyenti va o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsiyentlari hisoblanadi (5.5.1- jadval). 5.5.1-jadval Korxonalarning kreditga layoqatlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinflarga bo‘linishi T/r Nomi 1-sinf 2-sinf 3-sinf 1 Qoplash koef. (Q.k) Q.k 2 1
Xulosa
1. Investitsiyalar – bo‘sh turgan kapitalni daromad (foyda) olish maqsadida qonun doirasida tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonunida investitsiyalar quyidagi uch turga ajaratilgan:
1) kapital investitsiyalar;
2) innovatsion investitsiyalar;
3) intellektual investitsiyalar.
3. Investitsiya jarayoni – bo‘sh sarmoyaga ega bo‘lganlar bilan sarmoya talab qilayotganlarni uchrashish jarayoni. Investitsiyaning obyekti bo‘lib, mablag‘larni, ya’ni qonun doirasidagi barcha boyliklarni safarbar etayotgan obyektlar tushuniladi. Ular yangi korxonalar yoki amalda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar, qimmatli qog‘ozlar, bank depozitlari, intellektual mulk va boshqalar bo‘lishi mumkin. Investitsiya subyekti deyilganda, investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi. Ular: xorijiy davlatlar, xalqaro moliya institutlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruv organlari, turli mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar, mulk egasi bo‘lgan 19 fuqarolar, shu jumladan, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lishi mumkin.
4. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiya jarayonlarini tartibga solish, yo‘nalishi va taqsimlanishini to‘g‘ri aniqlashning iqtisodiy asoslarini yaratish, ishlab chiqilgan siyosatni amalga oshirishga imkon tug‘diruvchi shart-sharoitni ta’minlash investitsiya siyosatining muhim vazifalaridan biri bo‘lib, iqtisodiy o‘sishga aynan shu yo‘l bilan erishish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2016.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi
qonunining yangi tahriri. – T.: 29.10.2014.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi qonuni.
–T.: 30.04.1998.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Chet el investorlarining huquqlarini himoya
qilish chora-tadbirlari va uning kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni.
– T.: 30.04.1998.
5. O‘zbekiston Respublikasining “Soliq kodeksi”. – T.: “Norma”, 2008.
6. O‘zbekiston Respublikasining “Bojxona kodeksi”. – T.: “O‘zbekiston”, 2016.
7. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. – T.: “Adolat”, 1996.
8. O‘zbekiston Respublikasining “Lizing to‘g‘risida”gi qonuni, 1999-yil 14-
aprel; O‘zbekiston Respublikasi moliyaviy qonunlari. – T.: 1999 y. № 6.
9. O‘zbekiston Respublikasining “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi qonuni,
1996-yil 25-aprel; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi. –
T.: 1996. №5-6.
10. 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-2021-yillarga mo`jallangan “O`zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi 4947-sonli Farmoni.
11. “To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga
oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi
Pre 12. “Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish
sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2005-yil 21-iyuldagi 3631-sonli farmoni.
13. “Iqtisodiyotning real sektori sohasida korxonalarni va investitsion faollikni
kredit yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash chora-tadbirlar to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 288-
sonli qarori.
14. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi
Moliya Vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
“To‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun soliq imtiyozlarini
qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi 2005-yil 3-avgustdagi nizomi.
15. Karimov I.A. O`zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo`nalishlari. T.:
O`zbekiston, 1993.
16. Karimov I.A. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib
borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o`zgarishlarni izchil davom
ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo`l
ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. – T.: “O‘zbekiston”, 2016.
17. Karimov I.A. 2012-yil vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan
yil bo‘ladi. – T.: “O‘zbekiston”, 2012.
18. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlaimiz Vatanimiz taraqqiyotini
yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. – T.:
“O‘zbekiston”. 2011.
19. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz
farovonligini yanada yuksaltirishdir. – T: “O‘zbekiston”. 2010.
20. Karimov I.A. Inson manfatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va
o‘zgarishlarimizning bosh maqsadidir. – T.: “O‘zbekiston”, 2008.
21. Karimov I.A. “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T.:
“O‘zbekiston”, 2012.
22. Karimov I.A. Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy
barqarorlik. – T.: “O‘zbekiston”, 2005.
23. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. -T: "O`zbekiston", 2017.
24. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz bilan
birga quramiz. -T: "O`zbekiston", 2017.
25. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat`iy tartib-intizom va shahsiy
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak. –T.:
“O`zbekiston”, 2017.
26. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta`minlash –
yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. –T.: “O`zbekiston”, 2017.zidentining 2012-yil 10-apreldagi 4434-sonli farmoni.
27. G‘ozibekov D.G‘. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. - T.:
“Moliya”, 2003.
28. Vahobov A.V., Xajibakiyev Sh.X., Mo‘minov N.G. Xorijiy investitsiyalar.
O‘quv qo‘llanma. - T.: “Moliya”, 2010.
29. Imomov X.X. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. O‘quv
qo‘llanma. - T.: “Iqtisod-moliya”, 2010.
30. Angelidi M.S., Karimov N.G. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish
tizimida sindikat asosida kreditlashtirish (Savollar va javoblar). - T.: “Iqtisodmoliya”, 2005.
31. Шарп У.Ф., Александер Г.Дж., Бейли Д.В. Инвестиции. – М.:
“ИНФРА-М”, 1998.
32. Нешитой С.A. Инвестиции. – М.: “Дело”, 2008.
33. Jo‘rayev A.S., Xo‘jamqulov D.Y., Mamatov B.S. Investitsiya loyihalari
tahlili. Oliy o‘quv muassasalari uchun o‘quv qo‘llanma. - T.: “Sharq”, 2003.
34. Ergasheva Sh., Uzoqov A. Investitsiyalarni tshkil etish va moliyalashtirish.
O‘quv qo‘llanma. - T.: “Iqtisodiyot”, 2009.
35. G‘ozibekov D.G‘., Sobirov O.Sh., Mo‘minov A.G., Quljonov O.M. Lizing
munosabatlari nazariyasi va amaliyoti. - T.: “Fan va tehnologiya”, 2004.
36. Кабатова Е.В. Лизинг: правовое регулирование, практика, - М.: Инфра
- М, 1998.
37. Uzoqov A.T., Nosirov E.I., Saidov R.B., Sultonov M.A. Investitsiya
loyihalarini moliyalashtirish va ularning monitoringi. O‘quv qo‘llanma. - T.:
“Iqtisod-moliya”, 2006.
38. Ғазибеков Д.Г., Сабиров О.Ш. Лизинг и его развитие в Узбекистане. -
Т.: “Молия”, 2001.
39. Ahmedov I.A., Ne’matov I.U., Salimov A.A., Muhitdinov H.T.
Investitsiya va lizing asoslari. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Voris-nashriyot”, 2012.
40. G‘ozibekov D.G‘., Nosirov E.I. O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish. Risola. – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2007.
41. Mahmudov N.M., Madjidov Sh.A. Investitsiyalarni tashkil etish va
moliyalashtirish. O‘quv qo‘llanma. – T.: TDIU, 2010.
42. Аладьин В.В. Инвестиционная деятельность субъектов Российской
федерации. – М.: “Социум”, 2002.
43. Игонина Л.Л. Инвестиции. – М.: “Экономист”, 2005.
44. Горемикин В.А. Лизинг, Учебник. - М.: “Дашков и К”, 2008.
45. Nosirov E.I., Mamatov B.S., Shoislomova N.Q., Sharifxodjayeva K.U.
Investitsiya risklarini boshqarish. O‘quv qo‘llanma. - T.: “Fan va texnologiya”,
2011.
Internet saytlari:
http://www.stat.uz (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi);
http://www.mf.uz (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi);
http://www.mfer.uz (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar,
investitsiya va savdo vazirligi);
http://www.lex.uz (O‘zbekiston Respublikasi qonun va normativ-huquqiy
hujjatlar to‘plami).
http://www.ula.uz (O‘zbekiston Lizing beruvchilar assotsiatsiyasining rasmiy
sayti)
Do'stlaringiz bilan baham: |