Toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti


Investitsiyaning mohiyati, iqtisodiy mazmuni va turlari



Download 470,01 Kb.
bet2/11
Sana31.03.2022
Hajmi470,01 Kb.
#522284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5337321237007833671

Investitsiyaning mohiyati, iqtisodiy mazmuni va turlari.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar tobora chuqurlashib, milliy iqtisodiyotning turli soha hamda tarmoqlarida tub o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Bunga makroiqtisodiy barqarorlik, barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari va aholi turmush darajasining oshishida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Bunday ijobiy o‘zgarishlarda investitsiyalarning ahamiyati kattadir. O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritish, avvalo, ichki manbalarni safarbar etish hisobidan iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, transport va aloqa sohasini yanada rivojlantirish hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo‘nalishga aylandi.
Shu jihatdan, investitsiyalarning mazmun-mohiyati, vazifalari, amalga oshirish shakllari va prinsiplari xususida bir to‘xtamga kelish muhim hisoblanadi. Chunki mazkur masalaga aniqlik kiritmasdan, bir to‘xtamga kelmasdan va umumiy o‘rinni shakllantirmasdan “investitsiya” atamasi xususida gapirish ma’lum noaniqliklarni keltirib chiqaradiki, ular oxir-oqibatda noto‘g‘ri qarorlar qabul qilinishga olib kelinish mumkin.
Iqtisodiyotning rivojlanishi va barqarorligida investitsiyalarning beqiyos o‘rn tutishini o‘z vaqtida to‘g‘ri anglab yetganligi natijasida investitsiyalarga, xususan, chet el investitsiyalariga bo‘lgan e’tiborning kuchayishi yuz berdiki, bu bugungi kunga kelib mamlakatimizdagi investitsiya faoliyatining rivojlantirilishiga olib keldi. Bugungi kunda rivojlangan investitsion faoliyatning yo‘lga qo‘yilishi hukumatimizning yuritayotgan oqilona investitsiya siyosatining mahsuli ekanligini ta’kidlash lozim.
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirishda investitsiyalarga alohida ahamiyat berish zarur.
Har qanday jamiyatning barqaror iqtisodiy rivojlanishini investitsiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ayniqsa, bugungi kunda bu narsa yaqqol namoyon bo‘lmoqdaki, har qanday mamlakatning bundan keyingi yuksalishi investitsiyalarni jalb etish holatiga bo‘liq.
Investitsiyalarning iqtisodiyotdagi o‘rni beqiyosligi uning mohiyatini aniq o‘rganib chiqishni talab etadi.
Iqtisodiy lug‘atda “Investitsiyalar - kapitalni uzoq muddatli qo‘yilmalar tariqasida sanoatga, qishloq xo‘jaligiga, transportga va boshqa tarmoqlarga sarf 7 etiladigan xarajatlar yig‘indisini aks ettiradi”2 , - deb ta’riflangan.
O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 29-oktyabrdagi “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonunining yangi tahririda investitsiyalarning mazmuni “Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga bo’lgan huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka bo’lgan huquqlar, shuningdek, reinvestitsiyalar” 3 sifatida ta’riflanadi.
Bizga ma’lumki, investitsiyalarga xos bo‘lgan eng muhim belgi, eng avvalo, foyda olishga qaratilganganligidir. Investitsiyalar tabiatan va mohiyatan foyda keltirish uchun salohiyatli hisoblanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiyalar quyidagicha xarakterlanadi:

  • birlamchi kapitalni ko‘paytirish maqsadida kapitalni tadbirkorlik obyektlariga joylashtirish;

  • investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar.

Makroiqtisodiyotda investitsiyalar ishlab chiqarishda yangi vositalarga, turar-joylarga va moddiy zaxiralarining o‘sishiga qilinadigan xarajatlardan tashkil topadigan yalpi xarajatlarning bir qismi hisoblanadi.


Ishlab chiqarish nazariyasi va, umuman, makroiqtisodiyotda investitsiyalar yangi kapitalni (ishlab chiqarish vositalarini hamda inson kapitalini qo‘shib hisoblanganda) yaratish jarayonidir.
Moliya nazariyasida esa investitsiya deganda real yoki moliyaviy aktivlarni olish tushuniladi, ya’ni bugungi sarf-xarajatlarning maqsadi kelajakda daromad olishdir.
Demak, bizningcha, “Investitsiyalar – bo‘sh turgan kapitalni iqtisodiyijtimoiy samara olish maqsadida harakatga keltirishdir”.
Investitsiyalarning o‘sish sur’atlari ko‘p omillarga bog‘liq. Avvalambor, investitsiyalar hajmi olingan daromadni iste’mol va jamg‘armaga taqsimlanishiga bog‘liq. Aholining o‘rtacha daromadi past bo‘lgan holda ularning asosiy qismi (70-80%) iste’molga sarflanadi. Aholi daromadlarining o‘sib borishi jamg‘arishga yuboriladigan qismning ortib borishiga sabab bo‘ladi.
Umumiy daromadda jamg‘arish ulushining ortib borishi investitsiyalar hajmining o‘sishiga olib keladi, va aksincha. Ammo bu shart aholini davlatga ishonchi yuqori bo‘lganda, davlat fuqarolarning investitsion faolligini ta’minlaganda va kafolatlaganda bajariladi.
Investitsiyalar hajmiga kutilayotgan daromad normasi ham ta’sir ko‘rsatadi, chunki ko‘rilayotgan foyda investitsiyalashga undaydi. Kutilayotgan foyda normasi qanchalik yuqori bo‘lsa, investitsiyalash hajmi shunchalik yuqori bo‘ladi, va aksincha.
Investitsiyalar hajmiga kredit foizi stavkasi katta ta’sir ko‘rsatadi, chunki investitsiyalash jarayonida qarzga olingan mablag‘laridan ham foydalaniladi. Agar kutilayotgan sof foyda normasi o‘rtacha kredit foizi stavkasidan yuqori bo‘lsa, bu qo‘yilmalar investor uchun daromadlidir.
__________2 Финансово-кредитный словарь. Т.1. М.: Финансы и статистика, 1984. 3 O`zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to`g`risida”gi Qonunining yangi tahriri. 2014. 29-oktyabr
Shuning uchun o‘rtacha foiz stavkasining o‘sishi investitsiyalash jarayonining susayishiga olib keladi.
Investitsiyalar hajmiga kutilayotgan inflyatsiya sur’atlari ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bu ko‘rsatkich qanchalik yuqori bo‘lsa, investorning kelajakdagi foydasi shunchalik qadrsizlanadi va investitsiyalarni rag‘batlantiruvchi omillar qisqarib boradi. Investitsiyalаrning jаlb etilishi ko‘p jihаtdаn investitsiya bоzоrini hаr tоmоnlаmа o‘rgаnish, uni bаshоrаt qilish bilаn uzviy bоg‘liq. Investitsiya bоzоri investitsiyalаrni tаshkil etish vа mоliyalаshtirish uchun zаmin yarаtib bеrаdi.
Investitsiya bоzоri ishlаb chiqаrish fоndlаrining аktiv qismi vа investitsiya хizmаtlаrini o‘zidа mujаssаmlаshtirаdi. Uning аsоsiy unsurlаrigа tаlаb, tаklif, rаqоbаt vа bаhо kirаdi. Bu unsurlаr dоimо o‘zgаrib turаdi, ushbu o‘zgаrishlаr iqtisоdiyotdаgi vа bоzоr ichidаgi оmillаr tа’siridа yuz bеrаdi. Hаr bir invеstоr uchun investitsiyagа bo‘lgаn tаlаbni o‘rgаnish, investitsiya bоzоrini tаhlil etib, buning zаminidа o‘zining investitsiya dаsturini ishlаb chiqish muhim аhаmiyat kаsb etаdi.
Umuman olganda, investitsiyalarni amalga oshirish investitsiya jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi hamda investitsiya resurslari hosil qilinishi natijasiga tayanadi va yuz beradi. O‘z navbatida, u investitsiyalashdan ko‘zlangan maqsadga bevosita bog‘lanadi. Zero, ko‘zlangan maqsadga erishish ishtiyoqi investorni kapital to‘plab, so‘ng uni shu maqsad yo‘lida safarbar etishga undaydi. Zotan, maqsad muayyan natijaga qaratilar ekan, natija ham o‘z navbatida, muayyan maqsadlarni keltirib chiqaradi va tegishlicha, investitsiya jarayonini aks ettiruvchi ketma-ketlikni hosil qiladi.

Download 470,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish