Toshkent moliya instituti sh



Download 0,49 Mb.
bet120/125
Sana29.05.2022
Hajmi0,49 Mb.
#617069
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125
Bog'liq
4-y-Bank-ishi-darslik-Sh.Abdullaeva-T-2003

Kredit summasi.


Kredit shartnomasida kreditning summasi mijozning garovga qo’ygan mulkining 120 foizi miqdorida yoki kafolatlangan summa miqdorida belgilanib ko’rsatiladi. Tijorat banki mijoz arizasida ko’rsatilgan summani har tomonlama asoslab berishi kerak. Odatda mijozlar o’z imkoniyatlarini maksimal darajada baholab keladilar. Tijorat banklari kerakli hollarda kreditlanayotgan ob’ektni to’la o’rganib chiqish uchun mutaxassislarni jalb qilishi mumkin.
    1. Kreditning foiz stavkasi.


Hozirgi kunda ko’pgina tijorat banklari qayta moliyalash stavkasini va jalb qilgan resurslarining bahosini hisobga olgan holda o’zlarining kredit siyosatiga muvofiq mustaqil o’rnatadi.
    1. Kreditni qaytarish muddati.


Shartnomaga asosan kreditdan foydalanish muddati kelganda kredit olgan korxona muddatida kreditni qaytarmasa, muddati o’tgan qarz hisob raqamiga chiqariladi. Har oyning birinchi kuniga har oy uchun olinadigan foiz summasini o’z vaqtida to’lab bormasa, muddati o’tgan foiz hisoblanib boriladi. Kredit uchun olinadigan foiz bir necha marta muddati o’tgan foiz hisob raqamiga chiqsa, bank kreditni muddatidan oldin yopishga farmoyish beradi. Barcha ssuda operatsiyalari shu hisob raqam orqali olib boriladi. Kredit summasi bankning o’z mablag’lari hisobidan vakillik hisob raqami orqali to’lab beriladi.
Respublikamizda qisqa muddatli kreditlash va umuman tijorat banklari tomonidan kredit berish “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonunga asosan olib boriladi. Banklar tomonidan kredit berish kreditlashning asosiy tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Ular quyilagilardan iborat:

  1. Kreditning maqsadliligi.

  2. Kreditning ta’minlanganligi.

  3. Kreditning muddatliligi.

  4. Kreditning qaytarilishi.

  5. Kreditning to’lovliligi.

Kreditning ushbu tamoyillari va mijozning balansi asosida moliyaviy ahvoli va kreditga layoqatliligi aniqlanib mijoz bilan bank o’rtasida kredit shartnomasi tuziladi. Kredit shartnomasi huquqiy jihatdan bir qator xususiyatlarga ega. O’zining huquqiy tabiatiga ko’ra kredit shartnomasi tomonlarning maqsadlarini va shu maqsadlarning amalga oshishini birlashtiradi. Maqsad sifatida kredit shartnomasi bankning ma’lum shartlar asosida ssuda berish roziligi va qarz oluvchining uni ma’lum davrdan so’ng qaytarib berishga tayyorligini aks ettiradi. Maqsadlarning bajarilishi sifatida kredit shartnomasi ssuda berish va to’lash bo’yicha aniq harakatni ko’zda tutadi. Mijozning ssudani qaytarish bo’yicha majburiyatlari shartnomani imzolashdan oldin amalga oshirilgan bo’lsa ham, faqatgina ssuda olingandan so’ng paydo bo’ladi. Kredit shartnomasi, shuningdek, kredit bitimining iqtisodiy shartlarini tartibga soladi. U bir tomondan mijoz talabining to’laroq hisobini, ikkinchi tomondan
esa, bankni kredit riskidan saqlashning muvofiq mexanizmini ta’minlab beradi.
Har bir kredit shartnomasida uning predmetini aniqlovchi punkt bo’ladi. Lekin uning tarkibi mijozlar talabiga qarab turlicha bo’lishi mumkin.
Kredit shartnomasi qarz shartnomasining bir turi hisoblansada, u qarz shartnomasidan farq qiladi. Bu farqni quyidagi jadvalda ko’rish mumkin.


Kredit shartnomasi (Fuqarolik
kodeksining 744-748-moddalari)

Qarz shartnomasi (Fuqarolik
kodeksining 732-743-moddalari)

Asosan banklar, boshqa kredit tashkilotlari kredit berishi mumkin

Barcha jismoniy va yuridik shaxslar boshqa shaxslarga qarz berishi
mumkin

Bankdan kredit sifatida faqat pul
mablag’lari beriladi.

Qarz sifatida esa pul mablag’lari va
boshqa ashyolar berilishi mumkin

Doimo yozma shaklda tuzilishi kerak

Ba’zi hollarda qarz shartnomasi
og’zaki shaklda ham tuzilishi mumkin

Kredit shartnomasi konsensual shartnomadir

Qarz shartnomasi real shartnomadir, ya’ni u pul yoki ashyolar qarz
oluvchiga topshirilishi bilan tuzilgan hisoblanadi.

Kreditor tomonidan qarz oluvchiga, hatto shartnoma tuzilgandan keyin ham kredit summasi butunlay yoki qisman berilmasligi mumkin

Qarz beruvchi qarz oluvchiga qarz summasini berishdan bosh tortishga haqli emas, chunki qarz summasi berilmagan taqdirda, qarz shartnomasi
tuzilmagan bo’lib qoladi.

Bank bilan mijoz o’rtasida kredit shartnomasini tuzishda barcha shartnomalar uchun zarur bo’lgan quyidagi asosiy talablar inobatga olinsa maqsadga muvofiq bo’lishi mumkin:

  1. barcha huquq va manfaatlarni to’liq himoya qilish imkonini beruvchi, barcha holat va vaziyatlar uchun to’g’ri keluvchi universal shartnomalar shakli mavjud emas. Barcha holat va vaziyatlarni o’z ichiga qamrab oladigan shartnoma shaklini ishlab chiqish imkoni yo’q;

  2. shartnoma (bizning holatda kredit shartnomasi) – individual xarakterga ega bo’lgan rasmiy yuridik hujjatdir.

  3. Aniq kredit shartnomasini tuzishda, kredit olish uchun murojat qilgan mijozlarga alohida (individual tarzda) yondashib, ularning huquqiy maqomi, tashkiliy-huquqiy shakli va kreditlanayotgan loyihaning xususiyatiga e’tibor berilishi maqsadga muvofiqdir;

Shartnoma tuzish jarayoniga yuridik va iqtisodiy jihatdan puxta, aniq, talab darajasida ijodiy yondashishi kerak.

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish