2.Boshqa auditor ish natijalaridan foydalanish
Boshqa auditor - asosiy auditor tomonidan tekshiriladigan xo’jalik
yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotiga kiritiladigan bo’linmaning moliyaviy
axborotini tekshiradigan va mazkur axborotga doir hisobotni tuzganlik uchun
javobgar bo’ladigan auditor;
asosiy auditor - moliyaviy hisobot boshqa auditor tomonidan tekshirilgan
xo’jalik yurituvchi sub’ektning bir yoki undan ortiq bo’linmalari bo’yicha
moliyaviy axborotni o’z ichiga olgan hollarda, xo’jalik yurituvchi sub’ektning
moliyaviy hisoboti bo’yicha auditorlik xulosasini tuzganlik uchun javobgar
bo’ladigan auditor;
bo’linma - faoliyati to’g’risidagi moliyaviy axborot asosiy auditor
tomonidan tekshiriladigan moliyaviy hisobotga kiritiladigan bo’lim, filial, shu’ba
korxonasi yoki boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ekt.
Quyidagi omillar ta’siri oqibatida asosiy auditorni tayinlash zarurati
tug’iladi:
asosiy auditor tomonidan tekshirilayotgan moliyaviy hisobotga kiritilgan
bo’linma moliyaviy axborotining hajmi;
asosiy auditorning bo’linma faoliyatiga oid bilim darajasi;
xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmalari moliyaviy axborotini jiddiy buzib
ko’rsatishlar xatari.
Asosiy auditor boshqa auditor ishining natijalaridan foydalanishni
rejalashtirayotganda, boshqa auditorning tekshirilayotgan sohadagi kasbiy
bilimdonligini baholashi kerak. Buning uchun asosiy auditor:
taqdim etilgan ma’lumotlarga ko’ra boshqa auditor tanlovini o’tkazishi;
139
boshqa auditor auditorning malaka sertifikatiga ega ekanligiga ishonch hosil
qilishi;
bo’linma faoliyati haqidagi bilimini baholash maqsadida boshqa auditor
bilan suhbat o’tkazishi kerak.
Asosiy auditor o’zining boshqa auditor bilimdonligiga tegishli xulosalari
haqida ma’lumotnoma tuzadi, unga oid ma’lumotlar bilan birga u ish hujjatlariga
qo’shiladi.
Asosiy auditor boshqa auditorni quyidagilardan xabardor qiladi:
a) auditorlik tekshiruvi chog’ida uning mustaqilligi haqida va bu haqda
yozma majburiyat oladi;
b) boshqa auditor hisobotini tuzish hamda auditorlik tekshiruvi chog’ida
ularning harakatlarini muvofiqlashtirish bo’yicha tegishli taomillarni o’tkazish
tartibi haqida. Asosiy auditor boshqa auditorni alohida e’tibor talab etiladigan
masalalar, shuningdek auditorlik tekshiruvi vaqtining tugashi haqida xabardor
qilishi lozim.
Asosiy auditor quyidagi taomillarni bajarishi shart:
a) boshqa auditor bilan qo’llaniladigan auditorlik taomillarini muhokama
qilish;
b) boshqa auditorning reja va dasturini ko’rib chiqish va tasdiqlash;
v) boshqa auditorning ish hujjatlarini ko’rib chiqish;
g) xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) ma’muriyati bilan
boshqa auditor tekshiruvi natijalarining muhokamasida ishtirok etish;
d) xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) moliyaviy axborotini
qo’shimcha tekshiruvdan o’tkazish yo’li bilan boshqa auditor ishining sifatini
nazorat qilish.
Boshqa auditor asosiy auditorga ma’lum bo’lgan hamda boshqa auditor
tomonidan tekshirilayotgan moliyaviy axborotni to’g’rilash va oshkor etishni
talab etadigan boshqa bo’linmalarning bitim hamda operatsiyalariga taalluqli
so’rovlar qilishi mumkin.
140
Boshqa auditor xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari)
moliyaviy axboroti tekshiruvining borishi haqida asosiy auditorni muntazam
xabardor qilib turadi.
Asosiy auditorga boshqa auditorning so’rovnomasi yozma shaklda bayon
etilishi, sana qo’yilishi va asosiy auditorga tilxat orqali berilishi lozim.
So’rovnomada asosiy auditor boshqa auditorga javob qaytarishi kerak
bo’lgan muddat ko’rsatiladi.
Asosiy auditor boshqa auditordan so’rovnoma olgan taqdirda boshqa
auditorning so’rovnomasida ko’rsatilgan muddatni hisobga olgan holda yozma
shaklda javob yo’llashi lozim.
Asosiy auditorning boshqa auditorga javobi aniq bo’lishi lozim.
Asosiy auditorning maktubiga sana qo’yilishi va boshqa auditorga tilxat
orqali berilishi lozim.
Asosiy auditor tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot to’g’risidagi
auditorlik hisobotiga xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari)
moliyaviy axborotiga taalluqli boshqa auditorning hisobotiga kiritilgan axborotlar
ham qo’shiladi.
Asosiy auditor tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot to’g’risidagi
auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini boshqa auditor ham imzolaydi.
Boshqa auditor xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari)
moliyaviy hisobotiga taalluqli o’z hisobotining haqiqiyligi uchun javobgar
bo’ladi.
Agar asosiy auditor boshqa auditorning ishidan foydalanib bo’lmaydi degan
xulosaga kelgan bo’lsa, asosiy auditorning o’zi esa boshqa auditor tomonidan
tekshirilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) moliyaviy
hisobotiga taalluqli qo’shimcha taomillarni bajara olmasa, u auditorlik tekshiruvi
hajmining cheklanganligi tufayli belgilangan tartibda auditorlik xulosasini
tuzishdan voz kechadi.
141
Do'stlaringiz bilan baham: |