Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/210
Sana27.01.2022
Hajmi2,15 Mb.
#412519
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   210
Bog'liq
@mustaqilishlar Audit 2014 (Sh.Fayziyev)

Takrorlash uchun savollar: 

1.

 



Ekspert tushunchasi nima? 

2.

 



 Ekspert ishidan auditorlik dalil sifatida qanday foydalanish mumkin? 

3.

 



 Ekspert xulosasi nimani anglatadi?  

4.

 



Boshqa auditorlarning ishi natijalaridan qay tartibda foydalanish mumkin? 

5.

 



Asosiy auditor qanday ma’noni anglatadi?  

6.

 



Boshqa auditor qanday ma’noni anglatadi? 

 



 

 

142 



1

1

0

0

-

-

B

B

O

O

B

B

.

.

 

 AUDITORLIK TANLASH 

 

1.

 

Auditorlik tanlash tushunchasi 

 

 

Korxonadagi  buxgalteriya  hisobi  va  ichki  nazorat  ahvoli-ning  auditor 

tomonidan  to’g’ri  baholanishi  uning  barcha  keyingi  ishlari  muvaffaqiyatining 

garovidir. Chunki, auditorda mijoz hisobotini o’rganish va xodimlar bilan suhbat 

o’tkazish  natijasida,  hisobot  to’g’ri  va  ishonchli  birlamchi  ma’lumotlar  asosida 

tuzilganligiga  mutlaqo  ishonch  hosil  bo’lsa,  u  dastlabki  hujjatlar  va  hisob 

registrlarini tanlab tekshiruvdan o’tkazishi mumkin.  

Aks  holda,  auditor  birlamchi  ma’lumotlarning  to’g’ri  rasmiylashtirilganligi, 

buxgalteriya xodimlarining bilim da-rajasi va ichki nazoratning tashkil etilishiga 

qoniqish  hosil  qilmasa,  u  juda  puxta,  odatda,  yoppasiga  tekshiruv  o’tkazishi 

lozim.  

Korxonaning  butun  moliya-xo’jalik  faoliyatini  yoppasiga  tekshirish  juda 

sermehnat  ishdir.  Ammo,  auditor  kasb  etikasining  me’yorlariga  muvofiq  mijoz-

korxona  moliyaviy  hisobotining  ishonchli  (ishonchsiz)  ligiga  to’la  ishonch  hosil 

qi-lishi yoki u to’g’risida fikr bildirishdan bosh tortishi lozim.  

Agar  tekshiriladigan  ob’ektlarining  soni  statistik  tanlash  usullarini  talab 

qilmaydigan  darajada  kam  bo’lsa,  yoki  auditorlik  tanlash  usulini  qo’llash 

yoppasiga tekshiruv o’tkazishga qaraganda samarasiz bo’lsa, auditorlik tashkiloti 

buxgalteriya  hisobidagi  qoldiqlarni  va  muomalalarning  schyotlarda  aks 

ettirilishini  yoki  nazorat  tizimi  vositalarini  yoppasiga  tekshiruvdan  o’tkazishi 

mumkin.  

Auditor  ko’p  hollarda  mijoz  hisobotining  ishonchliligiga  o’rtacha  darajada 

ishonch  hosil  qiladi.  Bu  ayrim  hisob  bo’limlari  bo’yicha  hisob  yaxshi  tashkil 

etilganligi,  malakali  mutaxassislar  tomonidan  amalga  oshirilayotganligi, 

avtomatlashtirilayotganligi  bosh  buxgalter  va  yondosh  hisob  bo’linma-lari 

tomonidan  ichki  nazoratning  yaxshi  yo’lga  qo’yilganligi  bilan,  boshqalari 

bo’yicha esa bunga teskari ahvol vujudga kelganligi bilan izohlanishi mumkin.  



 

 

143 



Aynan hisobot ko’rsatkichlariga nisbatan ishonch hosil qilish darajasi o’rtacha 

bo’lganda auditorlik tanlash usullarini qo’llash zarur.  

Auditorlik tanlash – bu alohida hujjatlar, yozuvlar va hokazolar ko’rinishidagi 

tekshiriladigan  to’plamni  shakllantirish  uchun  ma’lum  qoidalar  asosida  tanlab 

olingan elementlardir.  

Auditning xalqaro amaliyotida auditorlik tanlash №530-«Auditorlik tanlash» 

(Audit  Sampling)  nomli  xalqaro  standartga  muvofiq  amalga  oshiriladi.  Bizning 

mamlakatda  esa,  auditorlik  tanlash  ishlari  №14-«Auditorlik  tanlash»  nomli 

Auditorlik  faoliyatining  milliy  standarti  (AFMS)  asosida  bajariladi.  Shuning 

uchun  ushbu  standartga  batafsilroq  to’xtalib  o’tamiz.  Standartning  maqsadi 

auditorlik tashkiloti uchun tekshiriladigan to’plamdan ma’lumotlarni tanlab olish 

va shu tarzda olingan axborotlarning natijalarini baholash qoidalarini o’rnatishdan 

iborat.  

O’tkazilgan  audit  natijalari  bo’yicha  rasmiy  auditorlik  xulosasi  berishni 

ko’zda  tutadigan  auditorlik  tekshiruvlarini  o’tkazishda,  «tavsiya  tavsifiga  ega» 

deb  ko’rsatilgan  qoidalardan  tashqari  barcha  auditorlik  tashkilotlari  uchun 

majburiy hisoblanadi.  

Tanlab tekshirish ikki turli bo’lishi mumkin: 

1.

 

Muvofiq (mos) kelishni tanlab tekshirish 



2.

 

Mohiyatan tanlab tekshirish.  



Muvofiqlikni  tanlab  tekshirishning  vazifalari. 

Tekshiriladigan  hisobot  davri 

ichida  ichki  nazorat  me’yorlarining  tez-tez  buzilib  turishini  aniqlashdan  iborat. 

Bunga  korxona  rahbariyatining  chetdan  sotib  olingan  tovar-moddiy  zahiralar  va 

chet  tashkilotlar  xizmatlari  uchun  taqdim  etilgan  schet-fakturalarni  to’lashga 

ruxsat  etishi,  korxonaga  sotib  olinayotgan  tovar-moddiy  zahiralar-ni  nomlari, 

miqdori  va  sifati  bo’yicha  ularning  tegishli  hujjatlari  bilan  solishtirishi  misol 

bo’ladi.  



Mohiyatan tanlab tekshirishning vazifasi

 ichki nazoratning buzilishini qiymat 

ifodasida  o’lchashdan  iborat.  Mohiyatan  tanlab  tekshirish  miqdoriy  tanlab 

tekshirish  deb  ham  ataladi.  Bunga  buxgalteriya  hisobi  schyotlarining  qoldiqlari-




 

 

144 



ni,  dastlabki  hujjatlardagi  yozuvlarni  tasdiqlash,  uchinchi  shaxslardan  tasdiqlar 

olish, xo’jalik faoliyati ko’rsatkichlarini tahlil qilish misol bo’ladi.  

Buxgalteriya hisobotining muayyan bo’limini tekshiruvdan o’tkazish tartibini 

ishlab  chiqishda  auditorlik  tashkiloti  tekshiruv  maqsadlarini  va  ushbu  maqsadga 

erishishni  ta’minlaydigan  auditorlik  amallarini  aniqlaydi.  So’ngra  auditor 

ehtimoldan  holi  bo’lmagan  xatolarni  aniqlashi,  to’plash  talab  qilinadigan  zarur 

dalil-isbotlarni  baholashi  va  shunga  asosan  ko’rib  chiqiladigan  ma’lumotlar 

to’plamini  aniqlashi  zarur.  Bu  to’plam  ma’lum  tarzda  identifikatsiyalanadigan 

birliklar  yig’indisidan  tashkil  topishi  mumkin.  Auditorlik  tashkiloti  to’plam 

elementlarini tanlashni, audit o’tkazishdan qo’yilgan maqsadga erishishga imkon 

beruvchi, eng samarali va tejamli tarzda o’tkazadi.  

Har qanday tanlab tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

 

tanlash ko’lami; 



 

kuzatish birligi; 



 

tanlash birligi; 



 

tanlash uslublari; 



 

saylab olish hajmi; 



 

salmoqli (reprezentativ) tanlash; 



 

tanlangan ma’lumotlarni tekshiriladigan to’plamga tadbiq qilish.  



Tekshiruv  maqsadlariga  erishish  uchun  tegishli  tekshiriladigan  to’plamni 

aniqlash  zarur.  Chunki,  tanlash  asosida  qilinadigan  xulosa  aynan  shu  to’plamga 

taalluqli bo’ladi.  

Tekshiriladigan  to’plam

  –  bu  ma’lum  elementlar  yig’indisidir.  Auditda 

buxgalteriya  yozuvlari  (provodkalari),  moddalar,  yozuvlar  to’plam  elementlari 

sifatida tanlab olinib, ushbu tanlash ular haqida ma’lumot berishi lozim.  

Tekshiriladigan  to’plamni  shakllantirish  uchun  mijoz-korxonaning  barcha 

hujjatlari 



turli  belgilar  –  hujjatlar  turi,  moddiy  javobgar  shaxslar,  vaqtinchalik 

izchilligi  va  boshqalar

  bo’yicha  ma’lumotlar  o’xshash  bo’laklarga  bo’lib 

chiqiladi.  Masalan,  auditor  ma’lum  summadan  yuqori  debitor  qarzlar  haqidagi 

axborotlarni  to’playdigan  bo’lsa,  u  holda  debitorlar  bilan  hisob-kitoblarga 




 

 

145 



taalluqli  bo’lgan,  ammo  belgilangan  (shart  qilib  qo’yil-gan)  summadan  kam 

bo’lmagan  barcha  buxgalteriya  hujjatlari,  yozuvlar  va  hokazolar  to’plami 



tekshiriladigan to’plam

 bo’lib hisoblanadi.  

Bunday  turdagi  tanlovda  tanlash birligi kuzatish birligi bilan  mos keladi. Bu 

mijoz  korxonasida  tayyorlangan  yoki  mijozning  uchinchi  shaxslardan  olgan 

hujjatlaridir.  Tanlash  birligi  va  kuzatish  birligi  bir-biridan  farq  qiladi.  Kuzatish 

birligi  auditorlik  tekshiruvida  shartli qabul  qilingan. Buxgalteriya  hisobining har 

qanday bo’limi yoki sohasi, xo’jalik muomalalarining turi kuzatish birligi bo’lishi 

mumkin.  Bitta  kuzatish  birligi  ichida  har  xil  tanlash  birliklari  bo’lishi  mumkin. 

Tanlash  birligi  sifatida  eng  batafsil  element  aniqlanganda  tanlov  samaradorligi  

oshadi. Ammo, bunda ushbu element albatta tekshiriladigan bo’lishi shart.  




Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish