Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


 Auditorlik tanlash usullari, tanlash uslubini



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/210
Sana27.01.2022
Hajmi2,15 Mb.
#412519
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   210
Bog'liq
@mustaqilishlar Audit 2014 (Sh.Fayziyev)

 

2. Auditorlik tanlash usullari, tanlash uslubini  

shakllantirish, tanlash risklari va natijalarini baholash 

 

Auditni rejalashtirish bosqichida aniqlangan muhimlik va auditorlik riskining 



katta-kichikligiga  bog’liq  holda  auditorlik  tanlash  jarayoni  qay  tarzda  amalga 

oshirilishini  aniqlash  zarur.  Ushbu  jarayonni  amalga  oshirish  №14-«Audi-torlik 

tanlash»  nomli  AFMSga  muvofiq  tartibga  solinadi.  Xususan,  ushbu  standartda 

auditorlik  tanlash  maqsadi,  mohiyati  va  usullari;  tanlash  tamoyillari,  tanlash 

risklari  va  natijalarini  baholash  masalalari  bayon  etilgan.  Auditorlik  tanlash 

tekshiriladigan to’plam ob’ektlarining 100 %dan kam qismiga nisbatan auditorlik 

amallarini  qo’llash  maqsadida  o’tkaziladi.  Tekshiriladigan  to’plam  deganda 

schyotlarning  qoldiqlarini  yoki  muomalalarni  tashkil  etuvchi,  schyotlar  bo’yicha 

oborotlarni  tashkil  etuvchi  butun  tekshiriladigan  to’plam  haqida  fikr 

shakllantirishga  imkon  beradigan  auditorlik  dalil-isbotlarni  to’plash  uchun  zarur 

bo’ladigan elementlar tushuniladi.  

Auditorlik  tanlash  uslubini  shakllantirish  uchun  auditorlik  tashkiloti 

moliyaviy  hisobotning  muayyan  bo’limini,  tekshiriladigan  to’plamni  tekshirish 

tartibini  aniqlashi  lozim.  Tekshiriladigan  element  ushbu  to’plamdan  tanlab 




 

 

146 



olinadi.  

Tanlov  o’tkazishda  auditorlik  tashkiloti  o’rganiladigan  butun  to’plamni 

alohida  guruhlar  (quyi  to’plamlar)ga  bo’lishi  mumkin.  Ushbu  guruhlar 

elementlari  bir-biriga  o’xshaydi.  To’plamni  bo’laklash  mezonlari,  uning  qaysi 

guruhga  tegishli  ekanligini  aniq  ko’rsata  oladigan  bo’lishi  lozim.  Ushbu  amal 

stratifikatsiya deb nomlanib, ma’lumotlarning tarqoqligini pasaytiradi. Bu esa o’z 

nav-batida auditor ishini engillashtirishi mumkin.  

Auditorlik  tanlashga  qo’yiladigan  muhim  talablardan  biri-  reprezentativlik, 

ya’ni tekshiriladigan to’plamning barcha elementlaridan teng miqdorda tanlanish 

ehtimolining  ta’minlanishidir.  Auditorlik  tashkiloti  ushbu  talabni  ta’minlash 

uchun quyidagi statistik usullarning birortasidan foydalanishi mumkin: 

1)

 



Tasodifiy tanlash. Tasodifiy sonlar jadvali bo’yi-cha o’tkazilishi mumkin.  

2)

 



Sistematik  tanlash.  Bunda  elementlar  tasodifan  tanlangan  ma’lum  bir 

sondan boshlab, har bir doimiy –intervaldan tanlab olinadi. Interval yoki to’plam 

elementlarining  soniga  qarab,  yoki  ularning  qiymatiga  qarab  tuziladi.  Masalan, 

mazkur toifadagi hujjatlarning har o’ninchisini o’rganish yoki elementlar to’plami 

qiymatidan saldo yoki oborotni shakllantiradigan yuz ming (yoki million) so’mlik 

qiymat ifodalangan hujjat tanlanadi.  

3)

 

Uyg’unlashgan  tanlash.  Tasodifiy  va  sistematik  tanlash  usullaridan  tarkib 



topgan uyg’unlik ko’rinishida bo’ladi.  

Auditorlik  tanlash  masalasiga  nazariy  jihatdan  yondashilganda,  hatto  ushbu 

maqsad  uchun  tanlash  uslubini  ishlab  chiqadigan  matematiklar  mehnati  talab 

qilinsada,  yuqorida  keltirilgan  tanlash  usullaridan  istalgan  birini  qo’llash  uncha 

murakkab  ko’rinmaydi.  Murakkablik  tanlash  jarayonini  bevosita  amaliyotda 

bajarish chog’ida vujudga keladi.  

Auditorlik  tanlashda  statistik  usullarni  qo’llash  har  biridagi  elementlar 

o’xshash  xossalarga  ega  bo’lgan  to’plamlar  (quyi  to’plamlar)ga  nisbatan 

qo’llanganda samarali bo’lishi mumkin. Masalan, bu mahsulot (ish, xizmat) larni 

sotish  cho-g’ida  xaridorlarga  taqdim  etiladigan  schyot-fakturalarni  tekshirishda 

qo’llanilishi mumkin. Chunki, schyot-fakturalar yagona shaklga ega, bitta faylda 



 

 

147 



saqlanadi va ketma-ket tartib raqami beriladi. Ammo, mol etkazib beruvchilardan 

olingan  schet-fakturalarni  tekshirishda,  ularning  mol  etkazib  beruvchilar 

tomonidan raqamlanishi va tartib raqamlari kelib tushish tartibiga mos kelmasligi 

bilan bog’liq muammolar yuzaga keladi. Bu holda auditor, agar statistik tanlash 

usullarini  qo’llamoqchi  bo’lsa,  tekshiriladigan  to’plamdagi  barcha  schet-

fakturalarni  o’zi  raqamlab  chiqishi  mumkin  (faqat  tekshiruv  maqsadida).  Ko’p 

hollarda  esa  mijoz-korxonadagi  hujjatlar  aylanish  grafigining  tuzilish  printsipi 

statistik  tanlashni  to’g’ri  amalga  oshirishga  salbiy  ta’sir  ko’rsatadi.  Chunki, 

hujjatlarni  arxivga  topshirishda  stratifikatsiyalashni  amalga  oshirishga  imkon 

beradigan bir xillik buziladi.  

Auditorlik  tanlashda  statistik  usullarni  qo’llash  ko’proq  mijoz-korxonada 

buxgalteriya  hisobi  kompyuterlashgan  sharoitda  samara  beradi.  Bu  holda 

tekshirishning kompyuterlashgan vositalaridan foydalanish imkoni bo’ladi.  

Tekshiriladigan  to’plamdagi  elementlar  soni  statistik  usullarni  qo’llash 

samara  bermaydigan  darajada  kam,  yoki  statistik  usullarni  qo’llash  yoppasiga 

tekshirishdan  ko’ra  samarasiz  bo’lishi  mumkin.  Bunday  hollarda  auditorlik 

tashkiloti  buxgalteriya  hisobi  schetlarida  qoldiq  va  oborotlarning  to’g’ri  aks 

ettirilganligini  yoki  nazorat  tizimini  yoppasiga  tekshiradi.  Amaliyotda  ko’p 

hollarda tekshiriladigan bosh to’plamni 100% to’liq tekshirish imkoni yo’q yoki 

maqsadga  muvofiq  bo’lmaydi.  Bunda  tekshiriladigan  elementlarni  tanlash 

auditorlarning  kasb  mahoratiga  tayangan  holda  amalga  oshiriladigan  nostatistik 

usullar qo’llaniladi. Tanlash ko’lami muhimlik darajasiga bog’liq bo’lishi kerak, 

ya’ni  muhimlik  darajasi  qanchalik  past  bo’lsa,  zarur  bo’ladigan  tanlash  ko’lami 

shuncha yuqori bo’ladi.  

Har  qanday  tanlash  (statistik  yoki  nostatistik)  uchun  auditorlik  tashkiloti 

quyidagilarni bajarishi lozim: 

 

tanlashga tushgan har bir xatoni tahlil qilish; 



 

tanlash  jarayonida  olingan  natijalarni  barcha  tekshiriladigan  to’plamga 



tarqatish (ekstrapolyatsiya); 

 



tanlash risklarini baholash.  


 

 

148 



Tanlovga  tushgan  xatolarni  tahlil  qilishda  auditorlik  tashkiloti  birinchi 

navbatda ularning tavsifini aniqlashi lozim.  

Auditorlik  tanlash  jarayonida  olingan  natijalarni  auditorlik  tashkiloti  barcha 

tekshiriladigan  to’plamga  tarqatishi  lozim.  Natijalarni  butun  to’plamga  tarqatish 

uslublari  turlicha  bo’lishi  mumkin,  ammo  hamma  vaqt  tanlovning  tuzilish 

uslublariga  mos  kelishi  kerak.  Agar  tekshiriladigan  to’plam  quyi  to’plamlarga 

bo’laklangan  bo’lsa,  u  holda  natijalarni  tarqatish  ularning  har  biri  bo’yicha 

amalga oshiriladi.  

Auditorlik  tashkiloti  tanlov  hajmi  (ko’lami)ni  aniqlash  chog’ida  tanlash 

risklarini, yo’l qo’yiladigan va kutiladigan xatolarni aniqlashi lozim.  

Tanlash  riskining  mazmuni  shundan  iboratki,  tanlab  olingan  ma’lumotlar 

asosida  tuzilgan,  ma’lum  masalaga  doir  auditorning  fikri  xuddi  shu  masalaning 

o’zi  bo’yicha  butun  to’plamni  o’rganish  asosida  tuzilgan  fikrdan  farq  qiladi. 

Tanlash  riski  nazorat  vositalarini  test  sinovidan  o’tkazishdagi  kabi,  schyotlar 

bo’yicha qoldiq va oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning to’g’riligini 

batafsil tekshirishda ham mavjud. Auditorlik amaliyotida nazorat vositalarini test 

sinovidan  o’tkazish  va  schyotlar  bo’yicha  qoldiq  hamda  oborotlarning 

to’g’riligini tekshirish uchun tanlash risklari birinchi darajali va ikkinchi darajali 

toifalarga bo’linadi.  

Nazorat  vositalarini  test  sinovidan  o’tkazishda  tanlash  risklarining  quyidagi 

turlari mavjud: 

a) birinchi toifa risklar-tanlash natijalari nazorat tizimining ishonchsizligidan 

dalolat  berib,  ayni  paytda  haqiqatan  bu  tizim  ishonchli  bo’lganida  to’g’ri 

gipotezani chiqarib tashlash riski; 

b)  ikkinchi  toifa  risklar-tanlash  natijalari  nazorat  tizimining  ishonchliligidan 

dalolat berib, ayni payida ushbu tizim ishonchsiz bo’lganida noto’g’ri gipotezani 

qabul qilish ehtimoli.  

Schyotlar bo’yicha qoldiq va oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishnig 

to’g’riligini batafsil tekshirishda quyidagi tanlash xatarlari mavjud: 

a)  birinchi  toifa  xatarlar  -tanlash  natijalari  tekshiriladigan  to’plamda  jiddiy 




 

 

149 



xatolar mavjudligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu to’plamda bunday xatolar 

yo’q bo’lganida to’g’ri gipotezani chiqarib tashlash xatari; 

b)  ikkinchi  toifa  xatarlar  -tanlash  natijalari  tekshiriladigan  to’plamda  jiddiy 

xatolar  yo’qligidan  dalolat  berib,  ayni  paytda  ushbu  to’plamda  jiddiy  xatolar 

mavjud bo’lganida noto’g’ri gipotezani qabul qilish xatari.  

Auditorlik  tashkiloti  auditorlik  tanlashning  barcha  bosqichlarini  va  uning 

natijalari tahlilini auditorning ishchi hujjatlarida aks ettirishi shart. 


Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish