Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/210
Sana27.01.2022
Hajmi2,15 Mb.
#412519
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   210
Bog'liq
@mustaqilishlar Audit 2014 (Sh.Fayziyev)

Birinchidan,

  ichki  audit  faoliyati  bilan  bugungi  kunda  foydalanish 

imkoniyati  belgilangan.  Shuningdek,  etarlicha  baholanmagan  manbalardan  biri 

hisoblanib,  uning to’g’ri ishlatilishi korxona samaradorligini oshirishi mumkin. 



Ikkinchidan,

  AQSh  va  G’arbiy  Evropadagi  bir  qator  yirik  korporativ 

boshqaruvdagi  korxonalar  tashqi  audit  faoliyati  bo’yicha  jiddiy  kamchiliklarga 

ega  ekanligi,  uning  natijasida  hatto  eng  yirik  firmalarning  ham  bankrotlik 

holatlari kuzatilgan.  

Uchinchidan,

  kompaniyada  yaxshi  korporativ  boshqaruvning,  uning 

ajralmas bo’g’ini sifatida ichki auditning mavjudligi, investor va kreditor uchun 

ijobiy belgi bo’lib, kompaniyaning investitsiyasini o’ziga jalb etish imkoniyatini 

oshiradi.  

Avvalambor, 

bunga 

xususiy 


mulk 

egalari 


va 

menejmentning 

kompaniyadagi  aktivlarining  salmoqli  ravishda  tejalishiga  olib  keladigan  biznes 

jarayonning  tizimini  boshqarish  va    tashkil  etishni  tartibga  solish  hoxishi  ham 

kerak bo’ladi.  

Bundan tashqari, ichki auditning mavjudligi xususiy mulk boshqaruvchilari 

uchun  zarurdir.  Sababi,  ular  firmadagi  ish  yurituvidan  bevosita  uzoqlashadilar, 

boshqaruv funtsiyalarini professional menejerlar qo’liga berishadi. Va oxir oqibat 

kapitalning xalqaro bozorlarga qisqa yoki o’rtacha muddatlarda chiqish rejalarini 

yaratish  zarurligini  uqtiradi.  Xususan,  eng  katta  fond  birjalarining  qonun-

qoidalari kompaniyada ichki auditning mavjudligi talab etiladi va ularni qimmatli 

qog’ozlar bozoriga chiqish uchun zarur bo’lib, ularga shart sharoit yaratib beradi.  

Xususan, mamlakatimizda qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirishga katta 

e’tibor  berilmoqda.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  27.09.2006  y.  N 

PQ-475  son  «Qimmatli  qog’ozlar  bozorini  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari 

to’g’risida»gi qaroriga muvofiq 2007 yilning 1 yanvaridan boshlab aktivlarining 

balans  qiymati  1  mlrd.  so’mdan  ko’proq  bo’lgan  korxonalarda  kuzatuvchi 

kengashlar  tomonidan  tayinlanadigan  va  ularga  hisobot  beradigan  ichki  audit 

xizmatlari  tashkil  etildi.  Bu  esa  o’z  navbatida  yirik  korxonalar  va  aktsiyadorlik 

jamiyatlarining moliyaviy xo’jalik faoliyatini, buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini 




 

 

167 



o’z  vaqtida  va  me’yoriy  hujjatlar  asosida  yuritilishida,  ichki  nazoratni 

kuchayishiga, korxonaning bankrotlik holatidan qutqarishga xizmat qiladi.   

Korxonalarda  ichki  audit  xizmatini  tashkil  etish  yuzasidan  O’zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2006  yil  16  oktyabrdagi  215  sonli 

Qaroriga  2-ilova  “Korxonalarda  ichki  audit  xizmati  to’g’risidagi  Nizom”  ishlab 

chiqilgan bo’lib, unda umumiy qoidalar, ichki audit xizmatining asosiy vazifalari 

va  funktsiyalari,  ichki  audit  xizmatining  huquq  va  majburiyatlari,  ichki  audit 

xizmatiga  qo’yiladigan  talablar,  ichki  audit  xizmatining  mustaqilligi  va  uni 

o’tkazish natijalari bo’yicha yig’ma hisobot tuzishga qo’yiladigan talablar, ichki 

audit xizmatining javobgarligi belgilab qo’yilgan. Unga ko’ra;  



Ichki  audit

  deb  korxona  boshqaruvining  ijro  etuvchi  organi  va  tarkibiy 

bo’linmalari  tomonidan  O’zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlariga;  ta’sis 

hujjatlariga  va  ichki  hujjatlariga  rioya  qilinishini  tekshirish  va  monitoring  olib 

borish  yo’li  bilan  ular  ishini  nazorat  qilish  va  baholash,  ma’lumotlarning 

buxgalteriya  hisobi  va  moliyaviy  hisobotda  aks  ettirilishni  to’liqliligi  va 

ishonchliligini  ta’minlash,  xo’jalik  operatsiyalarini  amalga  oshirishning 

belgilangan  qoidalari  va  taomillari,  aktivlarining  saqlanishi  hamda  korporativ 

boshqarish  tamoyillari  joriy  etilishi  bo’yicha  korxona  tarkibiy  bo’linmasining 

(ichki audit xizmati) faoliyati.

 1

 

Ichki audit xizmati



 - korxona Kuzatuvchi kengashining qarori bilan tashkil 

etiladigan korxonaning ichki auditni amalga oshiradigan tarkibiy bo’linmasi. 

Ichki  audit  faoliyati  mamlakatimizga  2007  yildan  boshlab  joriy  etilgan 

bo’lsada,  uning  mazmun  mohiyati  iqtisodchi  olimlarimiz  tomonidan  ilgariroq 

o’rganilgan.  Ya’ni  ichki  audit  tushunchasi  va  mohiyati  yuzasidan  bir  qancha 

iqtisodchi olimlar o’z fikr mulohazalarini ilmiy izlanishlarida bildirib o’tgan.  

AQShdagi  ichki  auditorlar  institutining  ta’rifiga  ko’ra 

ichki  audit

  - 


iqtisodiy  sub’ektda  shakllantirilgan,  uning  mulkdorlari  manfaatlarini  himoya 

qiladigan va uning ichki hujjatlari tizimini tartibga soladigan, buxgalteriya hisobi 

                  

 

1



 Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son  qarori bo’yicha  “Korxonalardagi ichki audit  xizmati 

to’g’risida NIZOM”

 



 

 

168 



yuritish  o’rnatilgan  tartibining  bajarilishi  ustidan  nazorat  tizimini  yaratish  va 

ichki nazorat tizimining faoliyat yuritishining mustahkamlaydigan tizimdir.  



Ichki  audit

  deb  korxonaning  kuzatuv  kengashiga  bo’ysunadigan,  ularni 

doimo  axborot  bilan  ta’minlab  turadigan,  moliyaviy  hisobotlar  ustidan  doimiy 

nazorat  olib  boradigan,  korxonaning  boshqarishda  qabul  qilinadigan  iqtisodiy 

qarorlar chiqarishda o’z hissasini qo’shadigan faoliyatga aytiladi.   

Ichki  audit  xizmati  deganda  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  ijroiya  organi, 

vakolatxonalari  va  filiallari  tomonidan  qonun  hujjatlariga,  ta’sis  hujjatlari  va 

boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda 

ma’lumotlarning  to’liq  hamda  to’g’ri  aks  ettirilishi  ta’minlanishini,  xo’jalik 

operatsiyalarini  amalga  oshirishning  belgilangan  qoidalari  va  tartib-taomillariga 

rioya  etilishini,  aktivlarning  saqlanishini,  shuningdek  jamiyatni  boshqarish 

yuzasidan  qonun  hujjatlarida  belgilangan  talablarga  rioya  etilishini  tekshirish  va 

bu  borada  monitoring  olib  borish  orqali  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  ijroiya 

organi, vakolatxonalari va filiallari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.  

Ichki  audit  xizmati  o’z  faoliyatini  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi  tomonidan  ishlab  chiqilgan  va  tasdiqlangan  NIZOMga  muvofiq 

amalga oshiradi.  

Mustaqillik-  ushbu  holatda  ichki  audit  tashkiliy  mazmunga  ega  bo’lib, 

bunda  kompaniyaning  ijro  organiga  ichki  audit  xizmatining  bo’ysinish  darajasi 

bilan aniqlanadi.  

Ob’ektivlik  deganda  –  ichki  auditor  korxonaning  faoliyatini  baholash  va 

qarorlar qabul qilishda xolisligi tushuniladi. 

Tashkilot  faoliyatini  rivojlantirish,  ta’kidlab  o’tish  kerakki,  tashkilot 

ishidagi  kamchiliklar  va  tavakkalchilikni  ko’ra  bilish  va  baholash,  tizim  va 

jarayonlarni samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berish. 

 

 



 

 



 

 

169 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Ichki  audit  xizmatining  maqsadi  tashqi  auditorlik  faoliyatidan  farqli 



o’laroq,  ular  korxonaning  moliyaviy  xo’jalik  faoliyatini  doimiy  nazorat  qilish 

maqsadida oldiga bir qancha maqsadlarni qo’yadi: 

-

 

Aktivlar holatining nazorati;




Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish