2. Kassa, kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi
Kassani tekshirishni boshlaganda auditor quyidagilarni aniqlashi lozim:
*
tekshirilayotgan korxonada bitta yoki bir nechta kassir (yoki shunga
vakolatli shaxslar) ishlashini;
*
kassirning faqat tekshirilayotgan korxonada ishlashi yoki o’rindoshlik
311
asosida boshqa korxonalarga ham xizmat ko’rsatishi;
*
kassirning kassa muomalalarini yuritish qoidalari bilan tanishganligi;
Kassani tekshirganda auditor quyidagi tartibga rioya qilishi lozim:
kassani tekshirish, tekshirilayotgan korxona bosh buxgalteri va kassiri
ishtirokida amalga oshiriladi, tekshirish paytida boshqa shaxslar qatnashishi
mumkin emas;
*
kassani tekshirish paytida barcha kassa muomalalari to’xtatiladi. Kassani
tekshirish imkoni bo’lmay qolganda yoki bir nechta kassa bo’lganda ularning
barchasi auditor tomonidan muhrlanib, kalitlar kassirda, muhr esa auditorda
saqlanadi;
*
kassadagi naqd pullar, qimmatli qog’ozlarni sanash auditor, kassir va bosh
buxgalter tomonidan amalga oshiriladi. Pullar kassada taxtlangan (o’ramda) yoki
tarqoq holda bo’lishdan qat’iy nazar, barchasi sanoqdan o’tkazilishi shart;
*
sanash
tugaganidan so’ng auditor tekshiruvda aniqlangan pul
mablag’larining summasi haqida alohida (oraliq) dalolatnoma tuzadi (1ilova).
*
turli shaxslarning tilxatlari, to’liq rasmiylashtirilmagan kassa chiqim
orderlari, vedomostlar, schyotlar va boshqa shunga o’xshash hujjatlar kassadagi
naqd pul qoldig’iga qo’shilmaydi va auditor tomonidan isbotlovchi kassa hujjati
sifatida qabul qilinmaydi. Shuningdek, kassadan naqd pul berish bo’yicha
kimga, kimning topshirigi bilan, qachon, qaysi maqsadlar uchun qancha
summada pul berilganligi ko’rsatiladi va shubxali hujjatlar aniqlanganida ham
shunday qilinadi;
*
boshqa korxona, tashkilot va shaxslarning pullari hamda qiymatliklarini
korxona kassasida saqlash man qilinganligi sababli, kassada saqlanayotgan
barcha pul va boshqa qiymatliklar auditor tomonidan tekshirilayotgan korxonaga
tegishli deb hisoblanishi lozim;
*
auditor kassada oshiqcha chiqqan pul yoki kamomadni tekshirish
dalolatnomasida ko’rsatadi va ayni paytda oshiqcha chiqish yoki kamomad
sabablari haqida kassirdan yozma tushuntirish xati olish lozim.
Auditor to’g’ri rasmiylashtirilgan kassa hujjatlarini kassirga hisobot tuzish va
312
unda tekshiruv paytida bo’lgan qoldiqni ko’rsatish uchun beradi. Tekshiruv
paytida kassada ish haqi to’liq tarqatilib ulgurmagan vedomostlar bor bo’lsa,
auditor bosh buxgalter va kassirga vedomostlarni belgilangan tartibda hisobotga
qo’shishni taklif etadi. Agarda kassani tekshirish, ish haqi tarqatish davriga to’g’ri
kelib, ko’p xodimlarga ish haqi tarqatilmagan vedomostlar bo’lsa, bunday
vedomostlar kassir hisobotiga qo’shilmasdan, dalolatnomada kassa hisobotiga
kiritilmagan, qisman to’langan chiqim hujjatlari (to’lov vedomostlari) sifatida
yozib qo’yilishi mumkin. Bu holda har bir to’lov vedomostida qaysi tartib raqami
bo’yicha ish haqi berilganligi va uning jami summasi ko’rsatiladi. Ushbu yozuv
kassir, bosh buxgalter va auditor imzolari bilan tasdiqlanadi.
Shuningdek, kassani tekshirishda kassada saqlanayotgan qimmatli qog’ozlar
(aktsiyalar, obligatsiyalar, sertifikatlar va boshqalar), YoMM talonlari, qat’iy
hisobot blankalari, sanatoriya va dam olish uylari yo’llanmalari, aviachiptalar va
boshqa qimmatli qog’ozlar ham tekshirilib, ularning mavjudligi dalolatnomada
ko’rsatiladi.
Auditor kassadagi pul mablag’larini tekshirish bilan birga ayni paytda seyflar
(o’tda yonmaydigan shkaflar), kassaning jihozlanishi, ish kunining oxirida kassa
eshiklari va seyflar (shkaflar) muhrlanishi, signalizatsiya o’rnatilganligi va uning
ishlashi, kassani qo’riqlashning tashkil etilishi, kassir «olindi», «to’landi» degan
shtamplar bilan ta’minlanganligi ham tekshiriladi.
Butun tekshirilayotgan davrga tegishli barcha kassa hujjatlari yoppasiga
tekshirilishi shart.
Auditor bankdagi hisob-kitob schyotidan olingan pullarni to’liq va o’z vaqtida
kirim qilinganligini tekshirishda muomalalarni o’zaro taqqoslash usulini
qo’llaydi. Bunda № 1-jurnal orderining vedomost tomonida 5010–«Milliy
valyutadagi pul mablag’lari» schyotining debeti bo’yicha aks ettirilgan
summalarni №2-jurnal orderda aks ettirilgan. 5110–«Hisob-kitob schyoti»ning
kredit oborotlari bilan solishtiriladi ular bir-biriga to’g’ri kelishi shart.
To’g’ri kelmaslik hollari uchraganda summalar kassa kirim orderlari, bank
ko’chirmalari, kassir hisobotlari, cheklar koreshoklari bilan solishtiriladi, zarur
313
hollarda esa bevosita bank muassasasida tekshiriladi.
Agar bank ko’chirmalarida o’chirilgan, to’g’rilangan, shuningdek, qoldiqlar
to’g’ri kelmasa, bankdagi hisob-kitob schyotidan ishonchli ko’chirmani olish
zarur.
Kassa muomalalarini tekshirishda kassa hisobotiga ilova qilingan
hujjatlarning quyidagi shakllaridan foydalaniladi: KO-3 yoki KO-3
a
shakl. «Kirim
va
chiqim
kassa
hujjatlarini
ro’yxatga
olish
jurnali»,
ordersiz
rasmiylashtiriladigan pul kirimi hujjatlari, KO-4 shakl «Kassa daftari», KO-5
shakl «Kassir tomonidan qabul qilingan va berilgan pullarni hisobga olish
daftari», 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag’lari», 5020-«Xorijiy valyutadagi
pul mablag’lari», 5520-«Chek daftarchalari», 5610-«Pul ekvivalentlari», 5710-
«Yo’ldagi pul mablag’lari» va 5810-«Qimmatli qog’ozlar» schyotlari
yuritiladigan hisob registrlari (Jurnal-orderlar, vedomostlar, daftarlar, Bosh daftar,
tegishli sanaga tuzilgan balanslar va boshqalar).
Bunda kassa hujjatlarini rasmiylashtirishga ham e’tibor berish zarur, xususan
har bir hujjatda oluvchilar imzosi borligi; kirim hujjatlariga «olindi» degan,
chiqim hujjatlariga esa «to’landi» degan shtamplar bosilganligi hamda ularning
sanasi ko’rsatilganligi, shuningdek, ularda o’chirilgan va tuzatilgan izlar yo’qligi
aniqlanishi lozim.
Amaliyotda kassaga doir suiste’mol qilishlar asosan ish haqi va hisobdor
summalar bo’yicha ko’p uchraydi. Bunda vedomostlarga «o’lik jonlar»ni kiritish,
berilishi lozim bo’lgan jami summani oshirib ko’rsatish, kassa hisobotiga qayta
qo’shish maqsadida chiqim hujjatlarini oldingi kassa hisobotlaridan chiqarib olib,
sanasini o’zgartirish va tuzilayotgan kassa hisobotiga kiritib, undagi summani
ikkinchi marta hisobdan chiqarish hollari ham uchraydi. Auditor bulardan
tashqari kassa muomalalarini tekshirish jarayonida quyidagilarga ham alohida
e’tibor berishi lozim:
*
tekshirilayotgan kassaning korxonada har chorakda to’satdan tekshirilishi;
*
kassirning kassa hisobotlarini o’z vaqtida topshirishi;
*
kassa hisobotlarida va kassa daftarida hisobotlarni hamda unga ilova
314
qilingan hujjatlarni tekshirishga qabul qilinganligi to’g’risida bosh buxgalter yoki
muovinining imzosi borligi;
*
ish haqi berish, xizmat safari va xo’jalik sarflariga va boshqa maqsadlar
uchun bankdan olingan pullarning maqsadga muvofiq ishlatilishi;
*
kassa qoldiqlarining tekshirilayotgan korxona uchun bank tomonidan
belgilangan limitga to’g’ri kelishi;
*
berilmagan ish haqi summalari va realizatsiyadan tushgan nakd pul
daromadlarining bankka o’z vaqtida topshirilishi;
*
naqd pullarni begona shaxslarga ishonchnomasiz berish hollari va shunga
o’xshashlar;
*
to’lg’azilmagan cheklarga rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzo
qo’yilishi va cheklarni kassirga bankdan pul olish chog’ida mustaqil to’ldirish
uchun berish hollari;
*
chek daftarchasi bosh buxgalter seyfida saqlanishi o’rniga amaldagi
tartibni buzib, kassirga berib qo’yilganligi;
*
korxonada «Kassa kirim va chiqim hujjatlarini qayd qilish daftari» (KO-3
shakl) va «Kassa daftari» (KO-4 shakl)ning mavjudligi, daftarlarning barcha
varaqlari raqamlanib, oxirgi betida varaqlar soni ko’rsatilganligi, ip o’tkazib
boglanganligi hamda rahbar va bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanib
muhrlanganligi;
*
kassa orderlari va boshqa pul hujjatlarida tegishli mansabdor shaxslar va
pul oluvchilar imzolarining mavjudligi va ularning haqiqiyligi;
*
kassa hujjatlariga maxsus shtamp bosilishi;
*
pul mablag’lari, xarajatlar va boshqa balans schyotlariga olib borilib
hisobot taqdim etilmaydigan muomalalarning qonuniyligi;
*
kassa muomalalariga oid schyotlar boglanishlari (korrespondentsiyalari)
ning to’g’riligi;
*
to’lanmagan summalarning o’z vaqtida deponentga o’tkazilishi va h. k.
Auditor bunday faktlar mavjud bo’lganda bu muomalalarning sababini, ular
kimnning farmoyishi bilan amalga oshirilganligi va buning orqasida suiste’mol
315
qilish berkitilmaganligini ham aniqlashi lozim.
Kassa hujjatlarini tekshirish ayni paytda kassa va moliya intizomini tekshirish
bo’lib ham hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |