Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


 «Hisob-kitob schyoti»ga doir muomalalar sintetik hisobi to’g’riligi va



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/210
Sana27.01.2022
Hajmi2,15 Mb.
#412519
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   210
Bog'liq
@mustaqilishlar Audit 2014 (Sh.Fayziyev)

4. «Hisob-kitob schyoti»ga doir muomalalar sintetik hisobi to’g’riligi va 

to’liqligini tekshirish  

 

Auditor  dastavval,  hisob-kitob  schyoti  bilan  bog’liq  bo’lgan  bank 




 

 

320 



muomalalariga  doir  namunaviy  buxgalteriya  yozuvlarining  tasniflagichi  bilan 

tanishib  chiqishi  zarur.  Bu  eng  ko’p  uchraydigan  muomalalarni  aniqlash  va 

schyotlar bog’lanishining to’g’riligini tekshirishga imkon beradi. Agar korxonada 

bunday  tasniflagich  yo’q  bo’lsa,  Bosh  daftardagi  schyotlar  bog’lanishidan 

foydalanib,  tegishli  axborotga  ega  bo’lish  mumkin.  Bunda  korxona  faoliyatiga 

xos bo’lmagan muomalalarga doir schyotlar bog’lanishiga alohida e’tibor qaratish 

zarur.  

Agar bank xizmati ko’rsatish shartnomasida bank tomonidan korxonaning pul 

mablag’laridan  foydalanishi  ko’zda  tutilgan  bo’lsa,  auditor  olingan  foizlarning 

korxonada  har  oyda  daromad  sifatida  aks  ettirilishi  yoki  ularning  hisob-kitob 

schyotiga  haqiqatda  o’tkazilishiga  qarab  aks  ettirilishini  tekshirishi  lozim. 

Olinadigan  foizlarni  noto’g’ri  aks  ettirish  nafaqat  hisobot  davridagi  moliyaviy 

natijalarning  buzib  ko’rsatilishiga,  balki  korxonaga  nisbatan  soliq  organi 

tomonidan  moliyaviy  jazo  choralari  (jarimalar)  qo’llanilishiga  olib  kelishi 

mumkin.  

Shuningdek,  auditor  hisob-kitob  schyotiga  doir  muomalalar  auditida 

quyidagilarni ham tekshiradi: 

*

 



 hisob registrlarini yuritish tartibi; 

*

 



 bankda  ochilgan  har  bir  hisob-kitob  schyoti  bo’yicha  sintetik  hisob 

registrining yuritilishi, yig’ma registr tuzilishi; 

*

 

 hisob-kitob  schyotidagi  pul  mablag’lari  harakatiga  doir  muomalalarning 



sintetik  hisob  registrlarida  o’z  vaqtida  aks  ettirilishi;  har  bir  bank  ko’chirmasi 

ma’lumotlarining hisob registrlariga yozib borilishi; 

*

 

 bank ko’chirmasi va hisob registrlaridagi summalar tengligi.  



Sotilgan  mahsulotlar,  bajarilgan  ish  va  ko’rsatilgan  xizmatlar  haqini  to’lash 

hisobiga xaridorlar va buyurtmachilar tomonidan o’tkazilgan pul mablag’larining 

to’liq kirim qilinishini tekshirish chog’ida 5110-«Hisob-kitob schyoti»ning debeti 

bo’yicha yozuvlar 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» 

bo’yicha hisob registrlarining kredit oborotlari taqqoslanishi zarur.  

Banklar  va  boshqa  moliya-kredit  tashkilotlaridan  kredit  ko’rinishida  olingan 




 

 

321 



pul mablag’larining kirimi, pul mablag’larining boshqa hisob-kitob schyotlaridan 

qabul  qilinishi  6810-«Qisqa  muddatli  bank  kreditlari»,  6820-«Qisqa  muddatli 

qarzlar», 7810-«Uzoq muddatli bank kreditlari», 7820-«Uzoq muddatli qarzlar», 

5510-«Akkreditivlar»,  5520-«Chek  daftarchalari»,  5530-«Boshqa  maxsus 

schyotlar», hamda bank ko’chirmalari va ularga ilova qilingan hujjatlar bo’yicha 

buxgalteriya hisobi registrlarining yozuvlari qarama-qarshi solishtirish yo’li bilan 

tekshiriladi.  

Bank  kassasiga  topshiriladigan  naqd  pul  mablag’larining  to’liq  kirim 

qilinishini tekshirishga auditor alohida e’tibor qaratishi lozim. Buning uchun bank 

ko’chirmalari, ularga ilova qilingan hujjatlar bilan 5010-«Milliy valyutadagi pul 

mablag’lari»  schyotining  krediti  bo’yicha  yuritiladigan  hisob  registri 

ma’lumotlari qarama-qarshi tekshiriladi.  

Pul  mablag’laridan  qanchalik  haqqoniy  va  asosli  foydalanishni  aniqlash 

uchun,  ularning  mol  etkazib  beruvchilardan  qarzlarni  qoplashga  hisob-kitob 

schyotidan  o’tkazilishini,  6010-«Mol  etkazib  beruvchilar  va  pudratchilarga 

to’lanadigan  schyotlar»  schyoti  bo’yicha  hisob-kitob  muomalalarini  auditorlik 

tekshiruvidan o’tkazish bo’limida tahlil qilish kerak.  

5110  Hisob-kitob  schyoti»ning  krediti  va  2010-«Asosiy  ishlab  chiqarish», 

2310-«Yordamchi  ishlab  chiqarish»,  2510-«Umum  ishlab  chiqarish  xarajatlari», 

2720-«Boshqa  ishlab  chiqarishlar»  va  boshqa  xarajat  schyotlarining  debeti 

bo’yicha  muomalalar  sinchiklab  tekshirilishi  kerak.  Chunki,  mazkur  holatlarda 

bajarilmagan ishlar va ko’rsatilmagan xizmatlar uchun pul o’tkazish yashiringan 

bo’lishi mumkin.  

Bankdagi  hisob-kitob  schyotidan  pul  mablag’larining  hisobdan  o’chirilishini 

tasdiqlovchi  dastlabki  hujjatlarni,  xarajatlarni  hisobga  oladigan  schyotlar  bilan 

bog’liqlikda  batafsil  tekshirish  va  tahlil  qilish,  ilmiy-tadqiqot  ishlariga  qilingan 

sarflarni,  ijtimoiy-madaniy  xizmatlar  uchun  to’lash  va  boshqa  xarajatlarni 

hisobdan  o’chirishga  doir  xatolar  aniqlashga  yordam  beradi.  Bunday  xatolar 

moliyaviy  natijalarning  buzib  ko’rsatilishiga  va  soliq  bilan  bog’liq  noxush 

oqibatlarga olib kelishi mumkin.  




 

 

322 



Bankdagi  hisob-kitob  schyotidan  hisobdan  o’chirilgan  naqd  pul  summalari 

(bank  ko’chirmasi  va  unga  ilova  qilingan  hujjatlar,  5110-schyotning  kredit 

oboroti  yuritiladigan  registr  bo’yicha)  va  naqd  pul  mablag’larining  kassaga 

kirimini  (kassir  hisoboti  va  5010-schyot  debet  oboroti  yuritiladigan  registr 

bo’yicha)  tekshirish  hisob-kitob  schyotiga  doir  muomalalarni  auditorlik 

tekshiruvdan  o’tkazishda  qarama-qarshi  tekshiruv  bo’lib  hisoblanadi.  Bunda 

auditor tomonidan quyidagilar aniqlanishi lozim: 

*

 



 hisob-kitob schyotidan naqd pul mablag’ini hisobdan o’chirish muomalasi 

aks  ettirilgan  bank  ko’chirmasiga  kassa  kirim  orderi  kvitantsiyasi  ilova 

qilinganligi va uning to’g’ri rasmiylashtirilganligi; 

*

 



 5110-«Hisob-kitob  schyoti»ning  kredit  oboroti  (2-jurnal-order)  va  5010-

«Milliy  valyutadagi  pul  mablag’lari»  schyotining  debet  oboroti  (1-jurnal-

orderning  vedomost  tomoni)  bo’yicha  sintetik  hisob  registrlari  yozuvlarining 

tengligi tekshiriladi.  

Hisob-kitob  schyotiga  doir  muomalalarni  tekshirish  chog’ida  aniqlangan 

kamchiliklarni  auditor  ishchi  hujjatlarida  qayd  qilib  boradi  va  auditorlik 

tekshiruvining  mazkur  bo’limi  bo’yicha  tuziladigan  oraliq  dalolatnoma  bilan 

rasmiylashtiradi hamda unga asosan auditorlik hisobotida aks ettiradi.  

 


Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish