Korxonalar bankda hisob-kitob schyoti, valyuta schyotidan tashqari maxsus
chet ellardagi akkreditivlarda, chek daftarchalarida, boshqa to’lov hujjatlarida
saqlanayotgan milliy va xorijiy valyutalardagi pul mablag’larini hisobga olish
uchun mo’ljallangan. Bankda maxsus schyotlarni ochish korxonalar o’rtasida
ayrim hisob-kitoblarni yuritish xususiyatlaridan ham kelib chiqadi. Auditorlik
329
tekshiruvi har bir maxsus schyot bo’yicha o’tkaziladi.
Bankdagi maxsus schyotlar bo’yicha muomalalarni hisobga olish uchun 5510-
«Akkredetivlar», 5520-«Chek daftarchalari», 5530-«Boshqa maxsus schyotlar»
tayinlangan bo’lib, ularda pul mablag’lari harakati ham so’mda, ham valyutada
aks ettiriladi.
Alohida saqlash talab qilinadigan pul mablag’lari harakatini nazorat qilish
uchun 5510, 5520 - schyotlar ma’lumotlari tekshiriladi. Pul mablag’larining
maqsadli tayinlashiga ko’ra 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» schyotiga quyidagi
analitik schyotlar ochilishi mumkin:
*
maqsadli (tadbirlarni) mablag’ bilan ta’minlashni (bolalar bog’chasi,
yaslilarni saqlash va boshqalar) hisobga olish uchun;
*
kapital qo’yilmalarni mablag’ bilan ta’minlashga mablag’larni to’plash
uchun;
*
bank kartalaridan foydalanib hisob-kitoblarni amalga oshirishda pul
mablag’larini saqlash uchun mo’ljallangan bankdagi maxsus kartochka schyoti.
Auditor 5510, 5520 va 5530 - schyotlar bo’yicha analitik hisobning tuzilishi
pul mablag’larining maqsadli tayinlanish turlari bo’yicha mavjudligi va harakati
to’g’risidagi ma’lumotlar olish imkonining ta’minlashini tekshirishi lozim.
Maxsus schyotlar bo’yicha muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish
yuqorida bayon qilingan umumiy uslubiyot bo’yicha amalga oshiriladi. 5510 -
«Akkreditivlar» schyotiga doir muomalalarni tekshirishda qo’shimcha ravishda
hisob-kitoblarning akkreditiv shaklini qo’llash qoidalariga rioya qilinishini
tekshirish zarur:
*
hisob-kitoblarning mazkur shakli shartnomada ko’zda tutilganligi;
*
akkreditivlarning amal qilish muddatlariga rioya qilinishi;
*
akkreditivdan naqd pul mablag’larining to’lanmaganligi;
*
akkreditivni yopishni rasmiylashtirishning to’g’riligi.
5530 - «Boshqa maxsus schyotlar» schyoti «maxsus kartochka schyoti»
analitik schyoti bo’yicha muomalalarni tekshirishda quyidagilarga e’tibor qaratish
lozim:
330
*
maxsus kartochka schyotini ochish uchun shartnoma mavjudligi, korxona
korparativ kartasiga ega shaxslar ro’yxati, berilgan bank kartasining tiplari;
*
trans chegara to’lovlarini amalga oshirish chog’ida amaldagi valyuta
qonunchiligiga rioya qilinishi (O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi
chet el valyutasidagi hisob-kitoblar);
*
naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun O’zbekiston
Respublikasi Markaziy Banki tomonidan berilgan ruxsatnoma mavjudligi;
*
korporativ kartalar egalarining hisobotlari mavjudligi;
*
ish haqi va boshqa ijtimoiy to’lovlarni to’lash uchun korporativ kartalar
ishlatilmaganligi;
*
kurs farqlarini to’liq aks ettirish va hisob-kitob qilish to’g’riligi.
Do'stlaringiz bilan baham: