Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 6 .5 .  R iv o jla n a y o tg a n   m a m la k a tla r   iq t is o d iy o t i



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

1 6 .5 .  R iv o jla n a y o tg a n   m a m la k a tla r   iq t is o d iy o t i 
t o ‘g ‘r isid a g i  n a z a r iy a la r
Garbda  «noiloj  rivojlanish»,  «tashqi  turtki»  nazariyalari  keng 
tarqalgan  (R.Nurkse,  E.Xagen),  unda  ozodlikka  erishgan  davlatlar 
dastlab  musibatlarga  uchrashi  tabiiy,  shu  sababli  ulaming  ahvoli  og‘ir 
bo‘ladi.  ochlik-yalang‘ochlikka  mahkum  etiladi.  Daromadning  kamligi 
jam g‘armalar  paydo  bo‘lishiga  to‘siqdir  va  kapital  qo‘yilmalar  ham 
past  darajada  saqlanadi.  Bu  esa  sanoat  rivojiga  va  milliy  daromad 
o‘sishiga  yo‘l  bermaydi,  kambag‘allik  hamda  nochorlikni  keltirib 
chiqaradi  (Ilojsiz rivojlanish).  Bu og‘ir ahvoldan chiqishning birdan bir 
yo‘li  -  tashqi 
«turtki  yo‘li» 
hisoblanadi. 
Minimum  kapital 
qo'yilmalaming  asosan  tashqi  investitsiyalar  hisobiga  asta-sekin 
o‘sishiga, rivojiga erishiladi.  Kapital qo‘yilmalar miqdori ma’lum kritik 
darajadan  yuqori  bo'lishi  kerak,  shu  bilan  turg‘unlik  holatidan  chiqib 
olinadi.  Bu  tadbirkorlik  faoliyatini  kuchaytiradi  va  xorijiy  investorlar 
uchun qulay  «iqlim»ni  yuzaga keltiradi.  Garbdagi  ko‘p  iqtisodchilar bu
307


mamlakatlarda  chuqur  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlar  o ‘tkazishni  ham 
taklif etmoqdalar.  Mustamlaka  qaram  mamlakatlari  bilan  metropoliya 
o ‘rtasidagi  munosabatlar  hech  vaqt  tenglik  asosida  bo‘lmagan, 
noekvivalent  almashuv  y o ii  bilan  qo‘shimcha  boylik  orttirish  imkoni 
bo‘lgan.  Ilgari  mustamlaka  bo‘lgan  qaram  davlatlar  mustaqillikka 
erishgandan  keyin  ham  awalgi  metropoliyaga  ko‘p  vaqt  davomida 
ko‘p jihatdan  bog‘liq  bo‘lib  qolaverdi.  Bu  davrga  oid  neokolonializm 
ta’limotlari  yuzaga keldi.  «Solishtirma chiqimlar»  nazariyasining yangi 
variantlari  J.Vayner,  G.Xaberler,  Ch.Kindleberger  va  boshqalar 
tomonidan 
har 
tomonlama 
ishlab 
chiqilgan. 
Bu 
nazariya 
tarafdorlarining  fikricha  rivojlanayotgan  davlatlarda  tabiiy  resurslar 
anchagina  bo‘lganligini  hisobga  olib,  oziq-ovqat  va  xomashyo 
mahsulotlariga  ixtisoslashish  ma’qul,  sanoatni  rivojlantirishga  hojat 
yo‘q,  chunki  an’anaviy  eksport  tovarlari  hisobiga  xalqaro  bozordan 
kerakli  mahsulotlami  almashib  olish  mumkin.  Bu  fikrga  qo‘shilib 
bo‘lmaydi,  chunki  bu  usul  mamlakat  rivojiga  olib  kelmaydi.  Masalan, 
Malayziya  xuddi  shunday  yo‘l  tutdi,  faqat  o ‘z  xomashyosini  tayyor 
mahsulotga  aylantirgachgina  muhim  iqtisodiy  yutuqlarga  erishdi. 
«Ishlab  chiqarish  omillari»  nazariyasida  ham  noekvivalent  almashuv 
tizimi,  chetga  esa  faqat  xomashyo  chiqarish  taklif  etiladi.  Chet  el 
kapitali uchun keng imkoniyatlar yaratish fikri ham  ustun hisoblanadi.
Ba’zi  olimlar  rivojlanayotgan  mamlakatlaming  «industrlashtirish» 
nazariyalarini  ilgari  surmoqdalar.  Masalan,  N.Kaldor,  J.Meyer  va 
boshqalaming 
fikricha 
shaxsiy 
iste’molni 
ixtiyoriy 
qisqartirib, 
iqtisodiyotni  moliyalash  uchun jam g‘armalar  yetarli  emas,  davlat  soliq 
tizimi  orqali  iste’molni  majburiy  yo‘l  bilan  qisqartirish  kerak.  Ayrim 
hollarda «me’yordagi  inflyatsiya»dan foydalanish taklif etiladi.
Jamg‘armalami  tashqi  moliyalash  manbalari  bo‘yicha  turli  fikrlar 
bildiriladi.  Ko‘pchilik  mualliflar  ayniqsa,  o ‘tish  davrida  chet  el 
mamlakatlari  (birinchi  navbatda  rivojlangan  mamlakatlar)  tomonidan
308


iqtisodiy va texnikaviy yordam zaruriy  chora sifatida ko‘rsatiladi,  undan 
keyin esa bu ishlar «xususiy chet el investitsiyalari»  bilan almashadi.
Rivoj lanayotgan 
mamlakatlami 
industrlashtirish 
strategiyasi 
bo‘yicha  ham  turli  g‘oyalar  mavjud.  Ba’zilar  (V.Lyuis,  P.Bauer)  faqat 
qishloq  xo‘jaligi  sohasi  bilan  yengil  sanoatni  ustun  darajada 
rivojlantirishni  taklif etadilar,  boshqalar  boshida  oddiyroq,  keyinchalik 
texnika  va texnologiyasi  murakkab  bo‘lgan  tarmoqlarga  o‘tishni  lozim, 
deb 
hisoblaydilar. 
Qishloq 
xo‘jaligini 
rivoj lantirish 
industria- 
lizatsiyaning  hal  qiluvchi  sharti  sifatida  belgilanadi. 
Amerika 
iqtisodchilari  X.Leybenshteyn  va  V.Rattenlar  qishloq  xo‘jaligini  texnik 
rekonstruksiyalashni  eng  muhim  masala,  deb  qaraydi.  Bu davrda sanoat 
qishloq  xo‘jaligi  uchun  kerakli  tovarlami  ishlab  chiqarishi  kerakligini 
ta’kidlaydi.  Bu  fikrlarda  jon  bor,  masalan,  «ko‘k  inqilob»ni  amalga 
oshirgan  bir  qancha  davlatlar  eng  muhim  masala  -  oziq-ovqat 
muammosini  asosan  hal  qila  oldilar.  Lekin  shunga  qaramasdan 
sayyoramizda oziq-ovqat masalasini hal etish eng muhim muammodir. 
Iqtisodiy  rivoj lantirishni  rejalashtirish  xususiy  sektomi  qo‘llash,  bozor 
xo‘jaligi  defektlarini  tugatish  uchun  kerak,  deyiladi.  Amerikalik 
iqtisodchi 
G.Kolm 
fikricha 
kam 
rivojlangan 
davlatlarda 
planlashtirishning  maqsadi  bozor jarayonini  faollashtirishga  qaratilishi 
kerak.  Rivoj lanayotgan  mamlakatlar  iqtisodiyotini  g‘arb  andozalari 
asosida  olib  borish  ham  taklif  etiladi,  bu  tarixiy  jarayon  asosida  ro‘y 
berishi  kerak  (kapital  jam g‘arish,  manufaktura  rivoji,  dehqonlami 
yerdan  mahrum  etish...). 
U.Rostou  o‘zining  «Iqtisodiy  o‘sish 
bosqichlari»  nazariyasida  shu  qoidani  isbotlashga  urinadi.  Boshqa 
olimlar  ham  shu  qoidaga  amal  qilib,  rivoj lanayotgan  mamlakatlar 
iqtisodiy  taraqqiyotini  sun’iy  ravishda  tezlashtirishga  o‘rinmasliklari 
kerak,  bu  davlatlar  kapitalistik  davlatlar  bosib  o‘tgan  yo‘ldan  borishlari 
maqbul,  boshqa  yo‘l  qidirishga  hojat  yo‘q,  degan  g‘oyani  qo‘llaydilar. 
«AQSh  tashqi  siyosatining  siyosiy  iqtisodi»  kollektiv  tadqiqotida
309


rivojlanayotgan davlatlar Farbning qisqa va uzoq muddatli manfaatlariga 
mos  keluvchi siyosatni olib borishlari kerak, degan xulosa chiqariladi.
Bu  tadqiqotdagi  g ‘oya  bo‘yicha jahon  xo‘jaligidagi  munosabatlar 
rivoji  boshqa  sivilizatsiyalashgan  munosabatlar  sari  borishi  kerak  va  bu 
jarayon  keyingi  paytlarda  yangi  xalqaro  iqtisodiy  tartib  sifatida 
qaralmoqda.  Bunda  hamma  munosabatlar  о ‘zaro  tenglikka  asoslangan, 
barcha  mamlakatlar 
manfaatlarini 
hisobga 
oluvchi 
va 
adolat 
tamoyillariga  amal  qiluvchi  iqtisodiy-ijtimoiy  aloqalar  yangi  xalqaro 
iqtisodiy tartibning asosiy mazmunidir.
Bunday 
g ‘oyaning  paydo 
bo‘lishi 
awalgi 
davrlarda 
bu 
munosabatlarda  tenglik  bo‘lmaganligini  tan  olish  bilan  barobar  fikrdir.
I.Fisher,  R.Dombush,  R.Shmalenzilaming  ta’kidlashicha  kambag‘al 
mamlakatlar  masalasi  kambag‘al  Janub  bilan  boy  Shimol  o ‘rtasidagi 
muammolar sifatida tobora kuchayib  bormoqda.  Janub mamlakatlari  o‘z 
qiyinchiliklarini  jahon  iqtisodiyotidagi  mavjud  awalgi  tartibdan,  deb 
bilmoqdalar,  bu tartib go'yoki  ularga qarshi qaratilgan.  1974-yilda BMT 
Bosh  Assambleyasi  yangi  xalqaro  iqtisodiy  tartib joriy  etishni  qo‘llab- 
quvvatlovchi rezolyutsiyani qabul qildi (NIEO).
Qabul qilingan yangi tartib uch qoidaga asoslanadi:
1.  Xalqaro  aloqalar  ma’lum  tartibga  solib  turiladi  va  bu  turli 
davlatlar tomonidan siyosiy yo‘l bilan amalga oshiriladi.
2.  Ishlab  chiqarilgan  tovarlarning  davlatlararo  taqsimotida 
rivojlanayotgan  mamlakatlar  manfaati  ham  hisobga  olinishi  shart  va 
shuni ta’minlaydigan yo‘llar yaratilishi  kerak.
3.  Barcha  iqtisodiy  munosabatlar  tizimi  demokratiya  asosida  olib 
borilishi  zarur,  har  bir  davlat  o ‘z  ichki  tuzumidan  qat’iy  nazar  shu 
munosabatlarda qatnashishga haqlidir.
Janub  birinchi  navbatda,  Shimol  tomondan yordam  miqdorini  oshirishni 
so‘raydi.  Boy  mamlakatlar esa berilgan yordamdan  samarali  foydalanish 
zarurligini ro‘kach qilmoqda.
310



Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish