Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

16.2  jadval
Mehnat birligiga to‘g‘ri keladigan 
mahsulot hajmi
Vino (litr)
Mato (metr)
Angliya
12
6
Portugaliya
8
1
Ixtisoslashuv  va  savdo  tufayli jahon  yalpi  mahsulotini  ko‘paytirish 
mumkin  (agar Angliya ko‘p  mato  va kam  vino  ishlab  chiqarganidagi  va 
Portugaliya  kam  mato  va  ko‘p  vino  ishlab  chiqarganidagi  foyda  va 
zararlami  aniqlasak).  Angliyada  mehnat  resurslarining  vino  sanoatidan 
to‘qimachilik  sanoatiga ko‘chib  o‘tishi  mato  ishlab chiqarishni  6  metrga 
ko‘paytiradi  va  vino  ishlab  chiqarishni 
12  litrga  qisqartiradi.
300


Portugaliyada  2  mehnat  birligining  vino  sanoatiga  o ‘tkazilishi  vino 
chiqarishni  16  litrga  ko‘paytiradi  va  mato  chiqarishni  2  metrga 
pasaytiradi.  Bu  ikki  mamlakatdagi  mehnat  resurslarining  ko‘chishidan 
keladigan  sof naflilik  vino  bo‘yicha 4  litmi  (16-12)  va  mato  bo‘yicha 4 
metmi  (6-2)  tashkil  qiladi.  Bir-birini  o‘zaro  ta ’minlaydigan  narxlami 
o‘matish  juda  oson.  Biz  qiyosiy  ustunlik  tamoyilini  namoyish  etish 
uchun  Angliyada  unumdorlikni  ko‘targanimizda,  Angliyadagi  ichki 
narxlami  o ‘zgartirmadik:  16.1.va  16.2  jadvallar  ma’lumotlari  bizga 
Angliyada  2  litr  vino  1  metr  matoga  teng  kelishini  aniqlashga  imkon 
beradi.  Angliya  ham,  Portugaliya  ham  savdodan  7,9  litr  vino  1  metr 
mato  uchun  va  2,1  litr  vino  1  metr  mato  uchun  oralig‘idagi  narxlarda 
foyda olishlari  mumkin.
Rikardo  o‘zining  qiyosiy  ustunlik  nazariyasi  orqali  xalqaro 
savdodan  keladigan  samaraning  xal  qiluvchi  unsuri  mutlaq  ustunlik 
emas,  balki  qiyosiy  ustunlik  ekanligini  isbotlab  berdi.  Biz  16.2 
jadvalning  ma’lumotlari  yordamida  Angliyada  har  ikkala  sanoatda 
ustunlik  bo‘lishiga  qaramay  Portugaliya  bilan  savdoda  samara  olishi 
mumkinligi  ko‘rsatib  berdik,  vaholanki  Portugaliya  faqat  bir  sanoatda 
qiyosiy ustunlikka ega bo‘lsa ham.  Angliya vino  sanoatining Portugaliya 
vino  sanoatiga  nisbatan  unumdorligi  emas,  balki  Angliyadagi  matoning 
muqobil  xarajatlari  Portugaliyadagi  matoning  muqobil  xarajatlariga 
nisbatan olinishi muhimdir.
16.3-jadval
Muqobil xarajatlar
Vino
Mato
Angliya
1/2
  metr mato
2
  litr vino
Portugaliya
1/8
 metr mato
8
 litr vino
Biz 
16.2. 
jadvalning 
ma’lumotlaridan 
foydalanib, 
ikki 
mamlakatdagi  mazkur  ikki  tovaming  muqobil  xarajatlarini  hisoblab 
beruvchi  16.3.  jadvalni  tuzishimiz  mumkin.  Rikardoning  to ‘la  ish  bilan 
bandlik  farazini  hisobga  olgan  holda,  agar  xohlagan  tovami  ko‘p  ishlab
301


chiqaradigan  bo‘lsak,  uning  qiymati  yo'qotilgan  mahsulotning  qiymati 
bilan  o‘lchanadi,  bunda  mehnat  resurslari  shartnoma  tuzib  ishlab 
chiqarishni  kengaytirishgacha  boMgan  davrda  mazkur  mahsulotlar 
hajmini  qisqartirish  kerak  boMadi.  Bizning  ikki  tovarga  asoslangan 
oddiy  modelimiz  iqtisodiyotdagi  boshqa  tovar  nuqtayi  nazaridan 
muqobil  xarajatlami  hisoblashga  imkon  beradi.  Angliyada  matoning 
muqobil  xarajatlari  (2  litr  vino)  Portugaliyadagi  matoning  muqobil 
xarajatlaridan  (8  litr  vino)  kam  va  Portugaliyadagi  vinoning  muqobil 
xarajatlari  (1/8  metr mato) Angliyadagi  vinoning muqobil  xarajatlaridan 
(1/2  metr  mato)  kam  hisoblanadi.  Shunday  qilib,  Angliya  mato  ishlab 
chiqarib  va  Portugaliyada  ishlab  chiqarilgan  vino  bilan  savdo  qilsa, 
jahon  mahsulotining  hajmi  ko‘payadi  va  ikkala  mamlakat  ham  bundan 
samara oladi.
Muqobil 
xarajatlardagi 
farqlaming 
savdo 
uchun 
naqadar 
muhimligini  namoyish etish uchun oldingi misollar maMumotlarini  16.4. 
jadvaldagi  maMumotlarga  o‘zgartiramiz.  Angliyada  endi  vino  va  mato 
ishlab  chiqarishda mutlaq  ustunlik  mavjud,  lekin unda  ikki  holatda ham 
qiyosiy  ustunlik  mavjud  emas.  Har  bir  mamlakatda  muqobil  xarajatlar 
bir xil -  bir  metr matoning  muqobil  xarajatlari  2  litr vinonikiga teng  va 
vinoning  muqobil  xarajatlari 
'/2
  metr  matonikiga  teng.  Boshqacha  qilib 
ayganda,  har  bir  mamlakatda  mazkur  ikki  tovaming  nisbiy  narxlari  bir 
xil  -   2  litr  vino  1  metr  matoga  teng  (mato  narxini  vinoning  narxiga 
boMamiz -  2  chiqadi).  Qachonki,  muqobil  xarajatlar bir xil  boMsa,  hech 
bir mamlakatda qiyosiy  ustunlik  boMmaydi  va  savdo  hech  bir mamlakat 
uchun ham samarali boMmaydi.
Rikardo  mamlakatlar  o‘rtasida  muqobil  xarajatlar  farqlanliganida 
savdo  samarali  boMishini  asoslab  berdi,  lekin  u  muammoning  boshqa 
jihatini  ko‘rib  chiqmadi.  Vino  va  matoga  qanday  xalqaro  narxlar 
o ‘matiladi  hamda savdodan olingan  foyda mamlakatlar o ‘rtasida qanday 
taqsimlanadi?  Rikardo  foydalangan  misolida  xalqaro  savdoda  mato  va 
vinoning  ayirboshlash  narxi  har  bir  mamlakat  uchun  qulay  boMgan
302


o‘rtacha  narxlar  nuqtasida  hisoblanadi,  deb  faraz  qilgan:  shunday  qilib 
savdodan  kelgan  foyda  bu  ikki  mamlakat  o‘rtasida  bir  tekkisda 
taqsimlanadi.  Torrens  ham  bu  muammoni  xuddi  shunday  ko‘rib  chiqdi, 
lekin  J.Mill  mazkur  muammoni  to‘g‘ri  hal  qildi,  u  savdoning  shartlari 
yoki  xalqaro  narxlar  savdo  qiluvchi  mamlakatlardagi  ushbu  tovarlarga 
bo‘lgan talab hajmiga bog‘liq bo‘ladi, degan xulosaga keldi.
Rikardoning  qiyosiy 
ustunlik 
nazariyasida  nafaqat  nazariy 
bashanglik  balki  muhim  siyosiy  oqibatlar ham ko‘rsatilmagan.  Agar biz 
ikki  mamlakatli  va  ikki  tovarli  sodda  modelni  ko‘p  mamlakatli  hamda 
ko‘p  tovarli  modelga  almashtir-sak,  qiyosiy  ustunlik  tamoyili  bo‘yicha 
muqobil  xarajatlar  mamlakatlar  o‘rtasida  farqlanar  ekan,  ushbu 
mamlakatlar xalqaro savdoda albatta foydaga erishadiiar.
Hukumatning  xalqaro  savdoga  aralashishiga  qarshi  bo‘lgan  klassik 
qarash  avvalambor,  Smit  tomonidan  oldinga  surilgan  b o isa,  keyin  bu 
qarashni  Rikardo  yetarli  darajagacha  kengaytirdi.  Chet  mamlakatlarga 
tovarlar 
chiqishiga 
to‘sqinlik 
qiluvchi 
Angliya 
qonunlarining 
o‘matilishi,  don  savdosi  bo‘yicha  chiqarilgan  qonunlar  asosida 
daromadlaming  kapital  egalaridan  yer  egalariga  qayta  taqsimlanishi 
nafaqat  Angliyadagi  iqtisodiy  o‘sish  sur’atlarini  pasayishiga,  balki 
hamma 
mamlakatlardagi 
o‘rtacha 
statistik 
yashovchi 
insonlar 
farovonligining  tushishiga  ham  olib  keldi.  Qiyosiy  ustunlik  nazariyasi 
tomonidan  oldinga  surilgan  farazga  ko‘ra  tariflaming  og‘irligi  xorijiy 
subyektlar zimmasiga tushadi, degan xato fikr keng tarqalgan edi.

Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish