Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 6 .6 .  I n s o n iy   r iv o jla n is h   k o n s e p s iy a s i



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

1 6 .6 .  I n s o n iy   r iv o jla n is h   k o n s e p s iy a s i
Keyingi 
davrda 
BMT 
tomonidan 
«Insoniy 
rivojlanish 
konsepsiyasi»  ilgari  surildi.  Undagi  qoidalar  respublikamiz  uchun  ham 
nihoyatda ahamiyatlidir.  Iqtisodiy  rivojlanish konsepsiyasi  daromadning 
ko‘payishi  va  insoniy  farovonlikning  yaxshilanishi  orasidagi  aloqani 
aniqlashda  muhim  xizmatni  ado  etadi.  Bunday  bogianish  nafaqat 
iqtisodiy  o ‘sishning  miqdoriga,  balki  sifati  va  qanday  taqsimlanishiga 
ham bogiiq.  Iqtisodiy o ‘sish va odamlar hayoti orasidagi bog‘lanish oqil 
siyosat - ijtimoiy maqsadlar uchun to‘lovlar, daromad va aktivlami qayta 
taqsimlashga  qaratilgan  fiskal  siyosat  orqali  yaratilishi  kerak.  Bunday 
bog‘lanish  qashshoqlikni  kuchaytiruvchi  avtomatik  tarzda  ishlovchi 
bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  mavjud  bo‘la  olmaydi.  Ammo  biz  ehtiyot 
boiishimiz  kerak.  Daromad  ko‘payishi  bilan  insonlar  hayotining 
yaxshilanishi  orasidagi  avtomatik  bog‘liqlikni  inkor  etish  iqtisodiy 
o‘sishni  inkor  qilish  emas.  Iqtisodiy  o‘sish  kambag‘al jamiyatlar  uchun 
qashshoqlikni  kamaytirish  va  umuman  yo‘qotishda juda  muhim.  Lekin 
bunday  o‘sish  sifatining  ahamiyati  uning  hajmidan  muhimroq.  Oqilona 
milliy  siyosat  iqtisodiy  o‘sishni  odamlar  hayotini  yaxshilashga  o‘gira 
olishi  kerak.  Buni  qanday  qilib  amalga  oshirish  mumkin?  Bu  iqtisodiy 
va  siyosiy  hokimiyatda  katta  strukturaviy  o‘zgarishlami  talab  qilishi 
mumkin,  bu sohada insoniy  rivojlanish paradigmasi juda inqilobiydir.  U 
ko‘p  mamlakatlarda  amaldagi  hokimiyat  tizimini  qayta  ko‘rib  chiqishni 
talab  etadi. 
Iqtisodiy 
o‘sish  va  odamlar 
farovonligi 
orasida 
bog‘liqlikning  kuchayishi  ko‘p  vaqt  talab  etuvchi  yer  reformasi, 
soliqlaming 
progressiv 
tizimi, 
asosiy 
ijtimoiy 
yordamning 
kuchaytirilishi,  uni  barcha  muhtoj  aholiga  yetib  boradigan  qilish, 
odamlaming  iqtisodiy  va  siyosiy  faoliyatlari  yo‘lidagi  to‘siqlaming 
yo‘qotilishi  va  ulaming  boylikka  ega  bo‘lish  huquqini  tenglashtirish, 
bozor  iqtisodiyoti  bilan  bog‘liq,  iqtisodiy  va  siyosiy  sa’y-harakatlardan 
eng  ko‘p  ozor  chekishi  mumkin  bo‘lganlarga  vaqtinchalik  ijtimoiy 
xavfsizlik  tizimini  joriy  qilish  kabi  bir  qancha  chora-tadbirlami  talab
311


etishi  mumkin.  Bunday  siyosiy  faoliyat  fundamental  va  har  bir 
mamlakat  uchun  farqlidir.  Ammo  ba’zi  bir  xususiyatlar  hamma 
mamlakatlar uchun umumiy.
Birinchidan,  inson  muammolari  markaziy  muammoga  aylanadi. 
Rivojlanish  odamlar  farovonligining  oshishi  nuqtayi  nazaridan  tahlil 
qilinadi  va  tushuniladi.  Har  qanday  faoliyat  unda  qancha  odam 
qatnashganligi  va  foydalanganligi  nuqtayi  nazaridan  tahlil  qilinadi. 
Rivojlanish  siyosatining  muvaffaqiyatli  boiishining  burilish  nuqtasi 
sifatida  ishlab  chiqarishning  ko‘payishi  emas,  balki  insonlar  hayotining 
yaxshilanishi olinadi.
Ikkinchidan,  insoniy  rivojlanish  ikki  tomondan  iborat  ekanligi 
nazarda tutiladi.  Birinchisi  -  yaxshi  sog‘liq,  salomatlik,  chuqur  bilim  va 
hunarlar kabi  insoniy  qobiliyatlar majmuasi  boisa,  ikkinchisi  -  ish bilan 
ta’minlanganlik,  ishlab  chiqarish  faoliyati,  siyosiy  faoliyat  va  hordiq 
chiqarish  kabi  erishiladigan  qobiliyatlarga ega bo‘lish yo‘lidagi  odamlar 
dunyoqarashini  oshirishdir.  Bu  ikkala  tomon  me’yorining  insoniy 
rivojlanish  tomonidan  tartiblanmaganligi  insonlar  rejalarining  talafotida 
o‘z aksini topadi.
Uchinchidan,  pirovard  maqsadlar  va  ularga  erishish  usullari 
orasida  aniq  farq  o ‘tkazilishi  zarur.  Odamlar  maqsad  sifatida  qaralishi 
kerak  bo‘lsa-da,  unga  erishish  usullari  yoddan  chiqmasligi  kerak.  Yalpi 
milliy  mahsulotning  (YaMM)  o ‘sishi  ko‘pgina  insoniy  farovonlik 
ko‘rsatkichlari  o ‘sishining  muhim  omilidir.  Ammo  iqtisodiy  o ‘sishning 
xarakteri  va  taqsimlanishi  odamlar  hayotini  boyitishga  nisbatan 
o ‘lchanishi zarur.

Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish