Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


VIII BOB.  KLASSIK IQTISODIY MAKTABNING TO*LA



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

VIII BOB.  KLASSIK IQTISODIY MAKTABNING TO*LA 
SHAKLLANISNI. ADAM  SMIT VA  DAVID  RIKARDONING 
IQTISODIY TA’LIMOTLARI
8 .1 .  Adam  S m itn in g   iq tiso d iy  qarashlari
Buyuk  ingliz  iqtisodchisi  Adam  Smitning  «Xalqlar  boyligining 
tabiati  va  sabablari  to‘g‘risida  tadqiqot»  asari 
zamonaviy 
iqtisod 
fanining 
boshlanishi 
hisoblanadi.  A.Smit  o ‘z  davridagi  iqtisodiy  bilim 
va  konsepsiyalarini  umumlashtirdi  va  tizimlash- 
tirdi.  U  xo‘jalik  hayotining  asosiy  sohalarini 
tavsiflab beruvchi bir butun nazariya yaratdi.
Adam  Smit  (1723-1790)  Shotlandiyaning 
Kerkoldi  shahrida  bojxona  amaldori  oilasida 
dunyoga  keldi.  U  Glazgo  va  Oksford  universitetlarida  ta’lim  oldi,  bu 
yerda  adabiyot,  tarix,  falsafa  fanlari  bilan  birga  fizika,  matematikani 
ham o‘rgandi.  A.Smit  1748-yilda Edinburgda ommaviy  leksiyalar o‘qiy 
boshladi,  1751-yilda  Glazgo  universitetining  professori  etib  tayinlandi. 
Keyinchalik  ijtimoiy  fanlar  kafedrasini  boshqardi.  A.Smit  1759-yilda 
o‘qigan  leksiyalari  asosida  o‘zining  etikaning  falsafiy  muammolariga 
bag‘ishlangan birinchi «Axloqiy hissiyot nazariyasi» kitobini yaratdi.
1764-yili  A.Smit  hayotida  keskin  o‘zgarish  bo‘ldi:  u  kafedrani 
tark  etdi  va  o‘sha  davrda  ko‘zga  ko‘ringan  siyosiy  arbob  -   gersog 
Baklning  o‘g‘li  -   yosh  lordning  xorijga  qiladigan  sayohatida  unga 
hamrohlik  qilish  to‘g‘risidagi  taklifini  qabul  qildi.  Bu  sayohatdan 
A.Smit  katta  moddiy  manfaatdorlik  ko‘rar  edi,  ya’ni  umrining 
oxirigacha unga har oyda  800  fiint sterling kafolatlangan edi.  Bu uning 
professorlik  gonoraridan  ancha  ko‘p  bo‘lgan.  Sayohat  chog‘ida  u 
Shvetsariyada  Valter,  Fransiyada  fiziokratlar  F.Kene,  A.Tyurgo, 
D.Alamber  va  boshqa  atoqli  olimlar  bilan  uchrashdi,  ulaming  ishlari
125


bilan tanishdi.  Bu uchrashuvlar A.Smit dunyoqarashining shakllanishiga 
katta ta’sir ko‘rsatdi.
1766-yilda  u  o‘z  yurtiga  qaytib  keldi  va  «Xalqlar  boyligining 
tabiati  va  sabablari  to‘g‘risida  tadqiqot»  nomli  asosiy  asarini  yozishga 
kirishdi.  Bu  asar  1776-yil  martda  chop  etildi.  Asarda  insoniyat 
tomonidan  oldin  yaratilgan  iqtisodiy  bilimlar  umumlashtirildi  va 
umumiy nazariy tamoyil asosida iqtisodiy fan tizimiga aylandi.
A.Smitning  bu  asari  besh  qismdan  (kitobdan)  iborat  bo‘lib, 
birinchi  qismida  qiymat  va  qo‘shimcha  daromad  muammolari  tadqiq 
etildi,  ikkinchisida -  kapital jamg‘arilishi va uning funksional shakllari, 
uchinchisida -   kapitalizm  rivojlanishining  tarixiy  shart-sharoitlari
ko‘rsatib berildi, to‘rtinchisida — merkantilizm va fiziokratlar ta’limotiga 
bo‘lgan  o‘zining  munosabatlari  aks  etdi,  beshinchi  qismida  davlat 
moliyasi  masalalari  ко‘rib  chiqildi.  Bu  asar  A.Smit  hayot  paytidayoq 
to‘rt marta,  uning o'limidan  keyin  asr oxirigacha yana uch marta qayta 
nashr  etildi.  U  nafaqat  Angliyada,  balki  chet  ellarda  ham  zo‘r  qiziqish 
uyg‘otdi. A.Smitning bu buyuk asari dunyodagi barcha keyingi iqtisodiy 
ta’limotlaming  rivojlanishiga  va  ko‘pchilik  davlatlarning  iqtisodiy 
siyosatiga o‘zining katta ta’sirini ko'rsatdi.

Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish