davom etishi mumkinligi aniqlab berildi. Bu muammoni hal etishda
fiziokratlar
tomonidan
mamlakatdagi
uch
sektor
o'rtasidagi
munosabatlar misol qilib olingan. Ammo amalda ayniqsa, hozirgi davrda
bunday sektorlar juda ko‘p bo‘lib, ular o‘rtasidagi aloqalar Nobel
mukofoti sohibi V. Leontevning «xarajatlar - ishlab chiqarish» balansida
n ta tarmoq uchun ishlab chiqilgan. Hozirgi davrda bunday balans
tarmoqlararo balans, deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlilda va
umuman iqtisodiyotda muhim ahamiyat kasb etadi. Undagi g‘oyaning
kurtaklari fiziokratlar asarlarida yaratilgan bo‘lib, u klassik iqtisodiy
maktab ta’limoti zanjirining ajralmas qismi sifatida muhim o‘rin
egallaydi.
Shu bilan birga hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlari nuqtayi
nazaridan fiziokratizm g‘oyalari o‘z ahamiyatini tezda yo‘qotdi va
o‘tkinchi xarakterga ega bo‘ldi. Chunki jahon ijtimoiy va iqtisodiy
hayotidagi o‘zgarishlar nisbatan mukammal g‘oyalaming ishlab
chiqilishi zarurligini taqozo etdi va bu amalda ro‘y berdi. Ayniqsa,
boylikni faqat dehqonchilik bilan bog‘lab tushuntiruvchi fiziokratizm
g‘oyalari sanoat inqilobi natijasida yuz bergan o‘zgarishlar tufayli tez
unutilayozdi. Bu holat iqtisodiyot osmonidagi yorqin yulduzning
so‘nishini eslatadi.
Fiziokratlar Kenening iqtisodiy jadvalini o‘zlarining nazariy
yutuqlarining gultoji, deb hisoblashadi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlari
o‘rtasidagi pul daromadlari tasviri va sof mahsulotning
yillik aylanmasi
yaqqol tasvirlangan Kene jadvali iqtisodiyot rivojida yirik metodologik
olg'a siljish sifatida tan olinadi. Fiziokratlar iqtisodiyotning turli
tarmoqlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni nazariy jihatdan o‘rganish bilan
chegaralanmay, ulaming o‘lchami miqdorini aniqlashga harakat
qilishgan.
Bu iqtisodiy jadval iqtisodiyotning turli sektorlaridagi o‘zaro
bog‘liqlikni ko‘rsatib bergan. Keyingi merkantilistlaming ba’zilari bu
bog‘liqliklami o‘rganib chiqdi va ulaming ta’siridagi umumlashma
Adam Smit izlanishlariga asos bo‘ldi va bozor iqtisodiyoti to‘g‘risidagi
tasavvurlami to‘ldirdi.
123
Fiziokratlar nazarida hukumatning ko‘plab qarorlaridan eng omadsiz
qarori Fransuz g‘alla eksportiga qo‘yilgan taqiq edi. Ulaming
fikricha bu
qaror Fransiyada g‘alla narxini past darajada ushlab turdi va shuning
uchun
qishloq
xo‘jaligi
rivojiga
to‘siq
bo‘ldi.
Fiziokratlar
manufakturaning rivoj lanishini taxmin qila olishmaganligi sababli
hukumatning aralashmaslik siyosati Fransiya qishloq xo‘jaligida feodal
iqtisodiyotning kichik xo‘jaliklari yiriklashib, bamisoli rivojlanishga
olib keladi, degan xulosaga kelishgan. Shu sababli Fransiya iqtisodining
boyligi va qudrati o‘sadi. Merkantilistlar sof mahsulot ayirboshlash,
xususan ayirboshlashning xalqaro shakllari natijasida yuzaga keladi,
shuning uchun siyosat qulay savdo balansini ta’minlashga yo‘naltirilgan
bo‘lishi kerak, deb ta’kidlashadi.14
Do'stlaringiz bilan baham: