Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

«Iqtisodiy jadvalm ing
 shartlariga ko‘ra 
bu jarayon besh aktdan iborat bo‘lib, uning har birida  1  mlrd. livrga teng 
mahsulot realizatsiyasi amalga oshiriladi.
1. 
Mulkdorlar  «unumli  sinf»  dan  1  mlrd.  livrlik  oziq-ovqat 
mahsulotlarini  sotib  oladilar.  Buning  natijasida  qishloq  xo‘jaligi 
mahsulotlarining  1/5  qismi  realizatsiya qilinadi.  Mahsulotning bu qismi
117


muomala sohasidan iste’mol sohasiga (yer egalariga) o‘tadi.
2.  Mulkdorlar  «unumsiz  sinf»dan 

mlrd.  livrlik  sanoat 
mahsulotlami 
sotib  oladilar.  «Unumsiz  sinf»  shu  bilan  o‘z 
mahsulotining yarmini realizatsiya qiladi.
3.  «Unumsiz  sinf»  mulkdorlardan  olgan  puliga  «unumli  sinf»dan 
iste’mol  buyumlami  sotib  oladi.  Shu  bilan  qishloq  xo‘jaligi 
mahsulotining yana 1/5 qismi realizatsiya qilinadi.
4.  «Unumli  sinf»  «unumsiz  sinfdan»  olgan  1  mlrd.  livrga  uning 
o‘zidan («unumsiz sinf»dan ) shuncha pulga ishlab chiqarish qurollarini 
oladi  (ular  asosiy  kapitalning  yeyilgan,  ishdan  chiqqan  qismini  qayta 
tiklashga ishlatiladi). Buning natijasida sanoat mahsulotlarining ikkinchi 
yarmi realizatsiya qilinadi.
5.  Aylanish jarayonining  beshinchi,  yakunlovchi  aktida  «unumsiz 
sinf»  «unumli  sinf»dan  1  mlrd.  livrlik  qishloq  xo‘jaligi  xomashyosini 
xarid qiladi.
Oxirida  jami  ijtimoiy  mahsulotning  butun  aylanish  jarayoni 
natijasida sinflar o‘rtasida 3 mlrd. livrlik qishloq xo'jalik mahsulotlari va 
2  mlrd.  livrlik  sanoat  buyumlari  realizatsiya  qilindi.  «Unumli  sinf» 
ixtiyorida  qolgan  2  mlrd.  livrlik  mahsulot  barcha  sinflar  o‘rtasidagi 
umumiy  aylanishda  qatnashmaydi,  u  faqat  o‘z  sinfi  doirasida  aylanadi 
(jadvalda  bunday  aylanish  berilmagan).  Bu  mahsulot  qishloq  xo'jaligi 
ishlab  chiqarish  jarayonida  sarflangan  urug‘lik  va  oziq-ovqat 
mahsulotlari  o‘mini  qoplaydi.  «Unumli  sinf>>  tomonidan  sotib  olingan 
sanoat  tovarlari  asosiy  kapitalning  eskirgan  qismini  qoplash  uchun 
ishlatiladi.  Naqd  pul  (2  mlrd.)  muomala  (aylanish)  natijasida  «unumli 
sinf»  qo‘liga  kelib  tushadi,  ammo  keyingi  muddat  uchun  ijara  haqi 
to‘lash  natijasida  bu  pul  yana  yer  egalari  ixtiyoriga  o‘tadi.  Shunday 
qilib,  yangi  ishlab  chiqarish  siklini  boshlash  uchun,  ya’ni  oldingi 
hajmdagi  ishlab  chiqarishni,  oddiy  takror  ishlab  chiqarishni  davom 
ettirish uchun zarur shart - sharoitlar yaratiladi.
«Iqtisodiy jadval»da  takror  ishlab  chiqarishni  tahlil  qilish  asosida 
olingan  muhim  ilmiy  xulosa  shundaki,  unda  ayrim  oldi-sotdi  aktlari 
qarab chiqilmaydi, balki juda ko‘p bunday yakka muomala aktlari sinflar
118


o‘rtasidagi  muomalada  mujassamlashadi.  Ana  shu  sinfiar  o‘rtasidagi 
muomala  F.Kene  tadqiqotining  predmeti  hisoblanadi.  Ayniqsa,  uning 
muomalani takror ishlab  chiqarish jarayonining atigi  bir shakli  sifatida, 
pul  muomalasini  esa  kapitalning  faqat  aylanish  momenti  sifatida 
ko‘rsatib berishga qilgan harakati samarali bo‘ldi.
Ammo F.Kenening takror ishlab chiqarish to‘g‘risidagi ta’limotida 
bir  qator  kamchiliklar  mavjud.  «Iqtisodiy  jadval»dagi  sinflar 
tushunchasida  izchillik,  ilmiylik  yetishmaydi.  Sanoatchilami  ishlab 
chiqarish  vositalaridan  mahrum  etgan  holda  (ular  o‘z  mahsulotlarining 
hammasini  sotib  yuboradi),  F.Kene  ulami  ishlab  chiqarish  jarayonini 
qaytadan  boshlash  imkoniyatidan  ham  mahrum  etadi.  Yer  egalarining 
mahsulot  realizatsiya  qilishda  markaziy  o‘ringa  o‘tib  qolishi  noto‘g‘ri 
bo‘lgan.  Ammo  undagi  kamchiliklar  mazkur  asaming  qimmatini 
tushirmaydi.  Unda  iqtisodiy  fikrlar  tarixida  birinchi  marta  milliy 
iqtisodiyot  makroiqtisodiy  darajada  tahlil  qilindi  va  undagi  g‘oyalar 
boiajak iqtisodiy modellaming kurtagi bo‘lib qoldi.
F.Kenening  g'oyalari  Ann  Rober  J a k   Tyurgo  (1727-1781-yy.) 
tomonidan  davom  ettirildi  va  rivojlantirildi.  A.Tyurgo  Parijda 
zodagonlar oilasida tug‘ildi. Oilaviy an’anaga ko'ra diniy ta’lim olishga 
majbur  bo‘ldi.  Lekin  Sarbonnaning  Teologiya  (diniy)  fakultetini 
tugatgach,  bu  sohada  ishlashdan  bosh  tortdi.  1751-yildan  Parij 
parlamentining  mansabdori, 
1761-74-yillarda  Limojda  (Limuzen 
provinsiya - viloyat markazi) intendant (gubemator) lavozimida ishladi. 
Bu uzoq viloyatda markaziy hokimiyat vakili sifatida xo‘jalik ishlarini, 
jumladan, soliq olish tizimini nazorat qilib turdi. Aynan Limojda yashab 
turgan  davrda  A.Tyurgo  o‘zining  «Boylikning  yaratilishi  va 
taqsimlanishi  to‘g‘risida  mulohazalar»  (1766)  nomli  asosiy  iqtisodiy 
asarini,  tugallanmasdan  qolgan  «Qimmat  va  pub>  (1769)  kitobini  va 
boshqa asarlami yozdi. Ulardagi fikrlar, umuman fiziokratik qarashlarga 
hamda  bozor  iqtisodiy  munosabatlari  tamoyillariga,  eng  awalo,  erkin 
raqobat va erkin savdo tamoyillariga asoslangan.
1774-yili  qirol  Lyudovik  XVI  A.Tyurgoni  moliya  bosh 
nazoratchisi  lavozimiga (moliya vaziri  lavozimi  bilan  bir xil)  tayinladi.
119


Bu  lavozimda  ikki  yilga  yaqin  ishlagan  A.Tyurgo  davlat  xarajatlarini 
kamaytirishga  erisha  olmagan  bo‘lsada,  lekin  mamlakat  iqtisodiyotini 
har  tomonlama  erkinlashtirish  uchun  imkoniyat  yaratib  beruvchi  bir 
qator farmon va qonun  loyihalarini  amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. 
Ammo  uning  har  bir  islohotga  oid  yangiliklari  parlamentda  o‘zining 
monopol  mavqeyini  saqlab  qolishga  intilgan  amaldorlar  tomonidan 
qattiq qarshilikka duch keldi.  Shuning uchun islohotlari  ko‘p vaqt amal 
qilmadi.  1776-yili A.Tyurgo iste’foga chiqqach, ular bekor qilindi.
A.Tyurgo  vazir  sifatida  amalga  oshirgan  asosiy  islohotlar: 
mamlakat  ichkarisida  don  va  uning  erkin  savdosining  tashkil  etilishi; 
qirollikka erkin don olib kelish va undan boj  to‘lovlarisiz erkin don olib 
chiqish;  natural  yer  majburiyatining  pullik  yer  solig‘i  (o‘lpon)  bilan 
almashtirilishi; sanoat sohasida tadbirkorlikning rivojlanishiga to‘sqinlik 
qiluvchi hunarmandchilik sexlari va gildiyalarining (yirik savdogarlar va 
hunarmandlar birlashmasi) bekor qilinishi va boshqalar hisoblanadi.

Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish