Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

b)  iqtisodiy erkinlik prinsipi
Jamiyatdagi  mehnat  taqsimoti  odamlami  bir-birlari  bilan  bog‘lab 
turuvchi  va  ularga  mahsulot  va  resurslami  almashtirish  imkonini 
beruvchi  mexanizmning  bo‘lishini  taqozo  etadi.  Bunday  mexanizm 
bozor hisoblanadi.  Bozor to‘g‘risida  A.Smit  ta’limotidagi  asosiy  g‘oya 
iqtisodiy  liberalizm  g‘oyasi,  davlatning  iqtisodiyotga  aralashuvini 
minimallashtirish  g‘oyasi,  erkin  raqobat  asosida tashkil  topadigan baho 
yordamida  iqtisodiyotning  o‘zini-o‘zi  boshqarish  g‘oyasi  hisoblanadi. 
Uning  ta’limotiga  ko‘ra  bozor  odamlar  faoliyatini  muvofiqlashtiradi 
(koordinatsiyalashtiradi), ulaming manfaatlarini uyg‘unlashtiradi. Bozor 
iqtisodiyoti  nowoyni  shirin  non  yopishga,  bog‘bonni  ekologik  toza 
meva-sabzavot yetishtirishga, savdogarlami boshqa mintaqalardan arzon 
bahoga tovarlar olib kelishga undaydi. Raqobat sharoitida iste’molchilar 
ehtiyojini yuqori darajada qondira oladigan ishlab chiqaruvchilar yashab 
keta  oladi.  Demak,  ko‘proq  foyda  olish  ishtiyoqida  bo‘lgan 
tadbirkorlaming  bir  tomonlama  manfaatlari  ulami jamiyatning  boshqa 
a’zolari manfaatlariga xizmat qilishga majbur qiladi.
“Menga nima kerak  bo‘lsa,  shuni  menga ber va sen o‘zingga nima 
kerak  bo‘lsa  o‘shani  olasan”.  Aynan  shunday  ko‘rinishda  odamlar 
o‘zlari  ehtiyoj  sezgan  narsalami  bir-birlaridan  ko'proq  olishga 
erishadilar.
131


A.Smit  kitobining  asosiy  mohiyati  hukumatning  va  boshqalaming 
erkin  raqobatga  aralashuvini  tanqid  qilishdan  iborat.  A.Smitning 
fikricha, iqtisodiy hayotda garmonik tartib hukmronlik qiladi: agar erkin 
raqobat  cheklanmasa,  unda  u  dunyoni  takomillashuvga  olib  kelgan 
bo‘lar  edi.  Bunday  xulosaga  kelishda  A.Smit  o‘zgarmas  «tabiiy» 
iqtisodiy  qonunlar  mavjudligiga  asoslangan.  A.Smit  tushunchasi 
bo‘yicha  shaxsiy  manfaatlar  ijtimoiy  manfaatlardan  ustun  tursa,  ya’ni 
jamiyat  manfaatlari  uning  a’zolari  manfaatlarining  yig‘indisi,  deb 
qaralsa,  shundagina  bozor  qonunlari  iqtisodiyotga  ko‘proq  ta’sir 
ko‘rsatadi.  A.Smitning  asosiy  xizmatlaridan  biri  shundan  iboratki,  u 
birinchi  bo‘lib  iqtisodiyotni  o‘zining  ichki  qonuniyatlariga  muvofiq 
amal qiluvchi, obyektiv, odamlaming irodasiga bog‘liq bo‘lmagan tizim 
sifatida  qaraydi.  Bunday  tizim  o‘zining  ichki  qonuniyatlariga  muvofiq 
amal qiladi.
A.Smit  iqtisodiyotning  davlat  sektori  samarasizligini  ko‘rsatib 
o‘tadi.  «Har xil  sabablarga ko‘ra -  deb yozadi  u, -  hukumat doimo  va 
beistisno  tarzda  isrofgar.  Eng  awalo,  u  birovlar  ishlab  topgan  pulni 
sarflaydi,  o‘zgalar  pulini  esa  hamisha  o‘zingnikidan  ko‘ra  behuda 
sarflaysan.  Bundan tashqari  hukumat xususiy korxonalardan juda uzoq 
turadi  va  ulaming  muvaffaqiyatli  rivojlanishi  uchun  zarur  bo‘lgan 
e’tibomi  ularga  qarata  olmaydi».  A.Smit  davlatning  faqat  uch 
funksiyasini  tan  oladi:  adolatli  sud  qilish,  mamlakat  xavfsizligini 
ta’minlash,  jamiyat  uchun  zarur  bo‘lgan  ijtimoiy  korxona  va 
muassasalami ta’minlash.
A.Smit  merkantilistlaming  proteksionizm  siyosatini  tanqid  qiladi. 
Unga  ko‘ra  chetdan  ancha  arzon  bahoga  olib  kelishi  mumkin  bo‘lgan 
tovami o'zida ishlab chiqarish be’mani narsadir.  «Har qanday ongli oila 
boshlig‘ining  qoidasi  sotib  olishdan  ko‘ra  uyda  tayyorlash  qimmatga 
tushsa, uni uyda tayyorlamaslikdan iborat... Ayrim oilalar uchun oqilona 
hisoblangan narsa, bir butun davlat uchun be’mani hisoblanmaydi».
Erkin  raqobat  sharoitida  bozor  mexanizmi,  eng  avvalo,  “baho” 
orqali  iqtisodiyotda  tartib  o‘matadi.  Baho  bozor  xo‘jaligining  asosiy 
tashkiliy  kuchi  sifatida  qaraladi.  Baho  talab  va  taklif  o‘zgarishi
132


to‘g‘risida  ishlab  chiqaruvchilar  bilan  iste’molchilarga  signal  berib 
turadi,  ulami  bir-birlarining  manfaatlariga  moslashishga  majbur  etadi. 
Baho  orqali  talab  asosida  kapital  qo‘yilmasi  amalga  oshiriladi,  kerakli 
mahsulotlar ishlab chiqariladi.  Odamlar bir-birlariga xizmat qilish orqali 
o‘z  manfaatlarini  amalga  oshiradi.  Bozor  iqtisodiyoti  o‘z-o‘zidan  amal 
qilayotgandek ko‘rinadi, aslida u xatolar va tuzatishlar uslubida tartibga 
solib turiladi;

Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish