2 .4 . Q adim gi R im dagi iq tiso d iy qarashlar
Rimning
yirik
siyosiy
arbobi
va
yozuvchisi Katta Mark Portsiy Katon (m.av.
234—149) o'zining «Dehqonchilik to‘g‘risida»
asarida qishloq xo‘jaligini xalq xo‘jaligidagi
asosiy
tarmoq,
deb hisoblaydi.
Katon
dehqonchilikni tashkil qilishning eng qulay
usulini
qo'llashga, qishloq
xo‘jaligi
mahsulotlarini sotishni tashkil qilishga katta
e’tibor berdi. U
faqat
ortiqcha
mahsulotni sotish, xo‘jalikda ishlab chiqarish
mumkin bo‘lmagan narsalami esa sotib olish
zarurligi to‘g‘risida fikr yuritdi. Zaytun
yog‘ini
eng
foydali
mahsulot,
deb
hisoblagan. Katon savdogarlar va sudxo‘rlar
faoliyatiga salbiy munosabatda bo‘lgan.
Katon tovar qiymatidan ortiqchasini
foyda deb bilgan va qiymatni to‘la ravishda
ishlab
chiqarish
xarajatlariga
kiritgan.
Masalan, uningcha, barcha «qiymat o‘zagini» material sarflari, usta va
yordamchilarga to‘lanadigan haq tashkil etadi.
Atoqli Rim yozuvchisi va olim Mark Terensiy Varron (m.av. 116—
27) xalq xo‘jaligida dehqonchilik va chorvachilikni asosiy tarmoq
34
i % \
W
- i t
hisobladi. U «Qishloq xo'jaligi to‘g‘risida» degan asarida o‘zining
iqtisodiy qarashlarini bay on etdi. Chorvachilikka katta e’tibor berib,
bozor sharoitida uni eng foydali tarmoq, deb bildi. Bunday xulosa
qilishning asosiy sababi shundaki, o‘sha davrda Italiyada don arzon
bo‘lgan, chunki u chet o‘lkalaridan ancha ko‘p miqdorda olib kelinar
edi, chorvachilik daromadi esa yuqori bo‘lgan. Shu bilan birga Varron
har bir xo‘jalikning o‘zini o‘zi ta’minlashi tarafdori bo‘lgan, bozor
uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirishga
esa uncha e’tibor bermagan.
Rim yozuvchisi Yuniy Moderat Kolumella (m.av. I asr) «Qishloq
xo‘jaligi to‘g‘risida» degan kitobida inqiroz va kolonatning (yirik yer
egalari bilan bevosita ishlab chiqaruvchilar - kolonlar o‘rtasidagi ishlab
chiqarish munosabatlari shakli) rivojlanishi davridagi Rim qishloq
xo‘jaligiga tavsif beradi. Uning fikricha qullar yemi yaxshi
ishlatmaydilar, yerdan yuqori hosil olish uchun qayg‘urmaydilar.
Kolumella urug‘ni sepishdan boshlab to hosilni yig‘ib olishgacha
bo‘lgan davrda qullar isrofgarchilik qilishini, yaxshi ishlamasligini,
o‘g‘rilik qilishini va pirovard natijada donni qabul qilishda uning
miqdorini
hisob
daftarida
noto‘g‘ri
ko‘rsatishini aytib berdi. U qullar mehnatidan
ko‘ra erkin mayda ishlab chiqaruvchilar
mehnatining
afzalligini
isbotlab
berdi.
Qullaming imkon boricha yemi ishlamaslikka
intilishini ko‘rgan Kolumella, bunday yerlami
erkin kolonlarga bo‘lib berish, mayda tovar
ishlab chiqarishga o‘tish zarurligi to‘g‘risida
Grakxlar
fikr yuritadi.
Bunday fikming yuritilishi,
Kolumellaning ishlab chiqarishni rivojlantirish
masalalarini nisbatan to‘g‘ri tushunganligidan dalolat beradi.
Qadimgi Rimning jiddiy iqtisodiy muammolaridan biri yerga
bo‘lgan mulkchilikning oqsuyak patritsiylar qo‘lida to‘planishi va
italiyalik ko‘pchilik dehqonlaming yerdan mahrum bo‘lishi hisoblanadi.
Xonavayron bo‘lgan mayda dehqonlami aka-uka Tiberiy (m.av.
162-133-y.) va Gay (m.av. 153-121-y.) Grakxlar himoya qilib chiqishdi.
35
Patritsiylaming yer mulkini cheklash va agrar masalalami hal qilish
maqsadida Tiberiy Grakx m.av. 133-yilda qonun qabul qilishni taklif
qilib chiqdi. Bu qonunga muvofiq, rimlik fuqarolarga davlatning
haydaladigan yeridan 500 yuger (125 gektar)gacha ijaraga olish ruxsat
etilgan. Bundan tashqari bir oila 1000 yugerdan ziyod yerga egalik
qilishi man etilgan. Barcha ortiqcha yerlar davlat ixtiyorida bo‘lgan va
yerga muhtojlarga avlodlariga qoldirish va uncha ko‘p bo‘lmagan soliq
to‘lash sharti bilan 30 yugerdan bo‘lib berilgan.
Tiberiy Grakxning agrar loyihasi qisman amalga oshirildi va
natijada o‘n minglab dehqonlar yer olishga muvaffaq bo‘ldilar. Tiberiy
Grakx ataylab o‘ldirilgandan keyin uning ishini
ukasi Gay Grakx davom ettirdi. Dehqonlarga yer
berish qaytadan boshlandi hamda shaharlik
kambag‘allarga davlat xazinasidan past bahoda don
sotish to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Grakxlaming
islohoti mayda dehqon yer egaligi mavqeyini
kuchaytirish va aholi kambag‘allashuvining oldini
°lishga qaratilgan edi. Islohot ancha muvaffaqiyatli
bo‘ldi va hatto Gay Grakx o‘limidan keyin ham
konservatorlar muhtojlami yer bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunni
bekor qila olmadilar.
Mark Tulliy Sitseron (m.av.l06-43-y.) taniqli davlat arbobi va
mashhur notiq. U yashagan davrda davlat ancha markazlashgan bo‘lib,
savdo-sotiq rivojlandi, sudxo‘rlik boylik manbayiga aylandi. Qadimgi
Yunoniston iqtisodiy fikrlaridan farqli ravishda Sitseron yirik savdoni
qo‘llab-quwatlab, mayda savdoga esa e’tibor qaratmadi. Sitseronning
sudxo'rlikka bo‘lgan munosabati ziddiyatli bo‘lgan. Bir joyda
sudxo‘rlikni ma’qullasa, ikkinchi bir joyda uni qoralaydi. Sitseronning
savdo
va
sudxo‘rlikka
bo‘lgan
qarashlarida
Qadimgi
Rim
iqtisodiyotidagi natural va tovar xo‘jaligi o‘rtasidagi ziddiyat o‘z aksini
topgan.
Sitseron xususiy mulkchilik, yirik yer egaligi va mustamlakalarda
ekspluatatsiyani kuchaytirish tarafdori bo‘lgan. Dehqonchilikni ancha
36
samarali ish turi va u bozorni tovar bilan ta’minlashda muhim o‘rin
tutadi, deb hisoblagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |