«Artxashastra» ta’limoti
Qadimgi Hindiston xo‘jaligi, ijtimoiy tuzumi va iqtisodiy fikrlarini
o‘rganishning asosiy manbayi «Artxashastra» asari hisoblanadi (m.av.
IV asr oxiri). Uni podsho Chandraguptaning maslahatchisi Kautilya
yozgan, deb taxmin qilinadi. Bu mashhur asar 15 kitobdan iborat bo‘lib,
«artxa» so‘zi — foyda, moddiy manfaat, «shastra» - ilm, ilmiy asar
ma’nosini bildiradi.
Birinchi kitobda podshoning turmush tarzi to‘g‘risida ko‘rsatmalar
berilgan, ikkinchisi turli davlat idoralarining rahbarlari faoliyatiga
bag‘ishlangan, uchinchi va to‘rtinchisida sud va jinoyatchilami jazolash
masalalari ko‘rib chiqilgan, so‘ngra tashqi siyosat usullari to‘g‘risida,
maxfiy xizmat to‘g‘risida, armiyani tashkil qilish va shu kabilar
to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
«Artxashastra»ning eng boshidayoq podsho to‘rtta «ilmni» bilishi
zarurligi to‘g‘risida fikr yuritiladi. Ulardan biri iqtisodiyot hisoblanadi.
«Iqtisodiyot» (ekonomika) dehqonchilik, chorvachilik va savdo sifatida
ko‘riladi. Mamlakatda qishloq xo‘jaligi, eng awalo, dehqonchilik asosiy
soha hisoblangan.
«Artxashastra»da aytilishicha,
davlat yangi
mintaqalarni tashkil etish va odamlami u yerlarga o‘mashtirish ishlarini
24
amalga oshirishi kerak. Yangi ko‘chib kelganlarga yer soliq to‘lash
sharti bilan shaxsiy foydalanishga berilgan. Dehqon, hunarmand
mehnati va savdo faoliyati davlat uchun boylik yaratadi. Shuning uchun
davlatning siyosati erni emas, balki odamlami himoya qilishi kerak.
«Davlatning kuchi, - deyiladi asarda, - odamlardan tashkil to‘gan.
Odam yashamaydigan yer esa, naslsiz sigirga o‘xshaydi - undan na sut
sog‘ib olib bo‘ladi, na nasi».
«Artxashastra»da davlatning manfaatini ko‘zIagan holda, xo‘jalikni
yaxshi tashkil qilishga alohida e’tibor beriladi. Kim o‘z yerini ishlatmasa
yoki yomon ishlasa, uning yerini tortib olish va yaxshi ishlaydigan
xo‘jayinlarga berish tavsiya etiladi.
Davlat bozor bahosini tartibga solib turishning chora-tadbirlarini
ko‘rib chiqishi lozim. Bahoning mavsumga qarab tebranib turishini
bartaraf etish uchun davlatning kerak paytda muomalaga chiqaradigan
tovar zahirasi bo'lishi kerak. Bu bilan tovarlar bahosi barqarorligini
ta’minlashga erishiladi.
«Artxashastra»da irrigatsiya ishlarini yaxshilash ham nazarda
tutilgan. «Sug‘orish tizimlarini qurish, - deyiladi unda - hosilning
manbayi hisoblanadi...» Sug‘orish tizimiga yetkazilgan har qanday zarar
uchun og‘ir jazo, hatto o‘limga mahkum etish tavsiya etiladi.
«Artxashastra»da davlatning moliya muammolarini hal etishga
katta ahamiyat beriladi. Davlatning daromadlari davlat xo‘jaliklari
foydasidan, turli soliq va boj to‘lovlaridan tashkil topgan. Xarajatlar
qismiga kelsak, davlat sanoatni, savdoni rivojlantirishga, jamoa ishlariga
mablag‘ ajratib kelgan. Davlat xo‘jaligi va soliq tizimi bilan bog‘liq
boigan moliya idoralarining to‘g‘ri ishlashi uchun, «Artxashastra»da
aytilishicha, daromad va xarajatlaming qat’iy hisob-kitob hujjatlari olib
borilishi zarur. Podsho xazinani o‘g‘irlovchi amaldorlami bartaraf etishi
kerak. Ammo bu yerdagi o‘g‘irlikni aniqlash juda qiyin bo'lgan.
«Artxashastra» xazina mulkini o‘g‘irlashning 40 xil usulini ko‘rsatib
beradi va ayyor amaldoming hiylasini bilishdan ko‘ra, osmondagi
qushning yo‘lini aniqlash osonligini qayd qilib o‘tadi. «Suvda suzib
yurgan baliq, o‘sha suvdan ichayaptimi, yo'qmi bilib bo‘lmaganidek,
25
ishga biriktirilgan amaldor mulkni o‘zlashtirayaptimi, yo‘qmi aniqlab
bo‘lmaydi», - deyiladi asarda. Shu bois suiiste’mol qilishning har xil
usullarini o‘rganib olmasdan awal, amaldorlami tez-tez o‘zgartirib
turish tavsiya etiladi.
Iqtisodiy siyosat sohasida «Artxashastra» podshoni ishlab
chiqarish kuchlarini rivojlantirishga, narx-navoni tartiblashga, davlat
byudjeti aktiv balansini saqlashga - «daromadlami ko‘paytirish va
xarajatlami kamaytirishga» da’vat etadi. Qadimgi Hindistonning bu
atoqli asari nafaqat ijtimoiy rivojlanishning ancha yuqori darajasini,
balki Qadimgi Hindiston iqtisodiy fikrlarining xarakterli belgilarini ham
ko‘rsatib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |