Aristotelning iqtisodiy qarashlari
■
Antik dunyodagi iqtisodiy fikrlaming
yirik namoyandalaridan biri Aristotel (m.av
384—322)
hisoblanadi.
0 ‘z mamlakatida
shakllangan natural-xo'jalik munosabatlarini
himoya qilgan bu qadimgi yunon mutafakkiri
boshqa zamondoshlariga qaraganda iqtisodiy
Aristotel (m.o
384- 322)
muammolarga
chuqurroq
kirib
borishga
—— ■■ -
muvaffaq bo‘lgan. Uning iqtisodiy masalalar
bo‘yicha fikr yuritgan asosiy asarlari «Nikomaxova etikasi» va
«Siyosat» hisoblanadi. Bu yerda Aristotel, xuddi Platonga o‘xshab, ideal
davlat loyihasini ilgari suradi. Aristotel loyihasining o‘ziga xosligi
shundan iboratki, unda xo‘jalik va kishilar faoliyatining barcha turlari
har bir toifa yashash vositalaridan foydalanishi va boylik topish nuqtayi
nazaridan tahlil qilinadi. Shu yerda Aristotel boylik topish va
ehtiyojlami qondirish usullari to‘g‘risida fikr yuritib, ekonomika va
xrematistika tushunchalari farqini ajratib ko‘rsatib beradi.
31
Aristotel nafaqat o‘zining falsafiy tafakkuri, balki sotsialistik
iqtisodiy g‘oyalami rivojlantirishga qo‘shgan hissasi bilan ham ajralib
turadi. Aristotelning iqtisodiy tafakkurga qo‘shgan asosiy hissasi
tovarlar almashuvi va bu almashuvda puldan foydalanish bilan bog‘liq
munosabatlarni chuqur yoritganligida edi. Uning fikricha, odamlaming
ehtiyoji o‘rtacha, lekin odamlaming istaklari cheksizdir. Shundan kelib
chiqib, ehtiyojni qondirish uchun tovarlami ishlab chiqarish tabiiy,
cheksiz istaklami qoniqtirish uchun tovarlami ishlab chiqarish notabiiy
holat. Aristotelning fikricha, tovarlar bozorda sotish uchun ishlab
chiqarilganida, bu faoliyat ehtiyojni yoki istaklami qondirish uchun
amalga oshirilganligini aniqlash qiyin; lekin uning fikricha, agar
bozordagi almashuv barter shaklida bo'lsa, bu tabiiy ehtiyojni qondirish
uchun amalga oshirilgan va bundan iqtisodiy foyda ko‘zlanmagan.
Lekin pul vositasida almashuvning asosiy maqsadi Aristotel tomonidan
qoralangan daromadni olish ekanligi ko‘zda tutiladi.
Aristotel Platon va ko‘pchilik boshqa yunon olimlarining iqtisodiy
faoliyatini kengroq miqyosda o‘rgandi. Aristotel ko‘rsatib o‘tgan
qiziqarli
masalalardan
biri
shundan
iboratki,
yetishmovchilik
muammosini
iste’molni kamaytirish,
odamlaming munosabatini
o‘zgartirish yo‘li bilan hal qilish mumkin. Bu yetishmovchilik asosida
yotadigan to‘qnashuvlami bartaraf etib, jamiyatdagi to‘qnashuvlami
tugatish orzusida bo‘lgan utopistlar va sotsialistlar uchun kuchli g‘oya
bo‘ldi.6
Ekonomika - Aristotel tushunchasi bo‘yicha bu eng awalo,
dehqonchilikdagi kishilaming hamda hunarmandchilik va mayda savdo
bilan band bo‘lganlaming asosiy va sharafli faoliyatidir. Uning maqsadi
- insonning eng muhim ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi, shuning
uchun unga davlat g‘amxo‘rlik qilishi kerak.
Xrematistika bu yirik savdo yo‘li bilan boylik orttirish mahoratidir.
Aristotelning qayd qilib o‘tishicha, bunday boylik orttirish maqsadiga
6 History o f economic thought. Н алу Landreth, David C. Colander 48-b.
32
erishishning cheki bo‘lmaydi. Bunday maqsad - boylik va pul topishdir
(shu boisdan uning chegarasi yo‘q). Ekonomikadan farqli ravishda,
xrematistika zarur hisoblanmaydi va tabiat qonunlariga zid, deb
ko‘rsatiladi. Shundan kelib chiqqan holda, Aristotelning xitob qilishicha,
«ekonomika maqtovga sazovor, xrematistika esa - tanbehga».
Qadimgi yunon mutafakkirlarining ekonomika va xrematistikaga
bo‘lgan bunday munosabati, uning natural xo‘jalik mavqeyida
bo‘lganligini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Aristotel o‘zining ekonomika va xrematistika konsepsiyasi doirasida
quldorlik davlat tuzilishini ideallashtirib, xo‘jalik hayotining eng muhim
unsurlarini sun’iy ravishda «soddalashtirdi». Masalan, Aristotel fikri
bo‘yicha, «haqiqatan ham narsalar shu qadar turli-tumanki, ulami
tenglashtirib (taqqoslab) bo‘lmaydi». Shunga ko‘ra xulosa qilinadi: «5
qo‘ndoq = 1 uyga», chunki ulami taqqoslash faqat go'yoki pul tufayli
amalga oshirilishi «kundalik hayotda» ancha qulay. Tovar sifatidagi
pulning o‘zi esa, olimning fikricha, stixiyali ravishda emas, balki
odamlar o‘rtasidagi kelishuv natijasida kelib chiqqan va uni (pulni)
«iste’molga yaroqsiz» qilib qo‘yish «bizning ixtiyorimizda».
Aristotelning
ekonomika
va
xrematistika
konsepsiyasi
«kamchiligiga» ayirboshlashning ikkiyoqlama tavsifini ham kiritish
mumkin. Bu yerda gap shundaki, bir joyda ayirboshlash ehtiyojni
qondirishda asosiy bitim sifatida ko‘riladi va tovaming iste’mol
qiymatini iqtisodiyot sohasining kategoriyasi sifatida talqin qilish
imkonini beradi, ikkinchi bir joyda — aksincha, ayirboshlash boylik
orttirish sifatida qaraladi va tovaming almashuv qiymatini xrematistika
sohasining kategoriyasi, deyishga asos bo‘la oladi.
Nihoyat, shu konsepsiya nuqtayi nazaridan Aristotel savdo shakllari
evolyutsiyasi bosqichlarini va pul muomalasini biryoqlama tahlil qilib,
o‘zining у ink savdoga va ssuda operatsiyasiga salbiy munosabatda
ekanligini namoyon etdi. Xususan, to‘g‘ridan to‘g‘ri tovar ayirboshlash
va pul vositasi orqali tovar ayirboshlash kabi savdoning dastlabki
33
shakllarini u ekonomika sohasiga kiritadi, savdo kapitalining harakatini,
ya’ni tovar ayirboshlash jarayonida dastlabki avanslangan pulni
ko‘payishini xrematistika sohasiga kiritadi. Xuddi shunga o‘xshash,
Aristotel pul muomalasi shaklini tadqiq qiladi va pulning qiymat
o‘lchovi va muomala vositasi tarzida aks ettirilishini - ekonomika
sohasiga, pulning foydani ko‘paytirish vositasi sifatida ishlatilishini esa
xrematistika sohasiga kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |