«Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar
........ — .........
Qadimgi
Markaziy
Osiyo
xalqlari
■
(ajdodlarimiz) miloddan ancha ilgari rivoj
topgan.
Buni dunyodagi
eng qadimiy
dinlardan biri - Zardushtiylik dinining
muqaddas kitobi hisoblangan «Avesto» ham
isbotlaydi. Olingan ma’lumotlarda «Avesto»
kitobining muallifi Zardusht (m. av. 589-
512-y.) bo‘lganligi qayd etiladi. U Markaziy
Osiyo hududida faoliyat ko‘rsatgan ilohiyotchi, faylasuf, shoir va
tabiatshunos olim bo‘lgan.
«Avesto» boshidan oxirigacha yer yuzida adolat qaror topishi
uchun kishilaming rangidan, tilidan va urf-odatlaridagi farqlaridan qat’iy
nazar ulaming ro‘shnoli hayoti uchun kurashuvchi jasur, halol, pok
insonlami shakllantirish va tarbiyalash g‘oyasi bilan sug‘orilgan. Unda
xalqlaming qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari,
2 2
olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatlari o‘z
aksini topgan. «Avesto»da yer dumaloq shaklda yaratilganligi, uning
atrofi okeanlar bilan o‘ralganligi haqida yozilgan. Unda 16
mamlakatning nomi ko'rsatilgan bo‘lib, ulardan to‘qqiztasi (masalan,
Sug‘diyona, Marg'iyona, Nisoya, Gurgon, Varana va boshqalar)
Markaziy Osiyo hududida joylashgan.
«Avesto» shakllanishi davrida kishilik jamiyati yanada rivojlana
bordi. Ko‘chmanchilikka asoslangan Markaziy Osiyoda eski turmush
tarzi o‘mini o‘troq yashash egallay bosliladi va dehqonchilik,
chorvachilik, hunarmandchilik borgan sari taraqqiy etdi. Yangi-yangi
shaharlar, obod qishloqlaming paydo bo‘lishi o‘troq yashash turmush
tarzining afzalliklarini ko‘rsata bordi. Ana shu o'troqlik turmush tarzining
odamlarga benihoya kulfatlar keltirayotgan ko‘chmanchilikka asoslangan
turmush tarziga nisbatan afzalliklarini ko‘rsatib berishda «Avesto»ning
ahamiyati katta.
«Avesto»da: «... yergayaxshi, sog‘lom urug‘lar sepishdan ortiq savob
ish yo‘q...» deyilib, xalq xo‘jaligi sohasida dehqonchilikning muhim
ahamiyat kasb etishi ko‘rsatib beriladi. «Olam go‘zalligi dehqondan,
dehqonchilikdan, kimki yeiga urug‘ qadabdiki, u odamiylikka iymon
keltiradi, yagona shu yo‘lgina haqiqat bo‘lib, qolgani sarobdin>, -deyiladi
unda. Qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirish, uni jamoa o‘rtasida adolatli
taqsimlash eng savobli ishlardan hisoblangan. Asarda oziq-ovqat tayyorlash,
uy hayvonlarini va chorva mollarini ko‘paytirishga ham alohida e’tibor
berilgan.
«Avesto»da yer, suv, havoni bulg‘ash, ifloslantirish og‘ir gunoh
hisoblanadi. Bunday ibratli tasdiqlash bugungi avlodlami ham tabiatga,
atrof-muhitga aslo vahshiyona munosabatda bo‘lmaslikka chorlaydi.
Kitobda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar aks ettirilgan holda shunday
deyiladi: «Yomon ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli ishlovchilarga va
na sog‘lom baquwat bolalarga ega bo‘ladi... Yomon ovqatlanishdan
odob-axloq ham aynib ketadi. Agar non mo‘l-ko‘l bo‘lsa, muqaddas
23
so‘zlar ham yaxshi qabul qilinadi». Bu yerda biz sog‘lom avlod
to‘g ‘risida, iqtisodiy va madaniy, ma’naviy yuksalish o‘rtasida o‘zaro
bog‘liqIik mavjudligi to‘g‘risida fikr yuritilganligini ko‘ramiz. 0 ‘sha
davrda aytilgan bunday fikrlar ajdodlarimiz Qadimgi Dunyo
madaniyatida yuqori yutuqlarga erishganligidan dalolat beradi.
Bu noyob kitobda patriarxal urug1 jamoasi haqida, uning tugatilishi
davrida iqtisodiy tengsizlik, sinfiy tabaqalanish haqida qimmatli
ma’lumotlar beriladi. Demak, «Avesto» miloddan awalgi IX-VII asrlar
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma’naviy hayoti haqida g‘oyat
muhim ma’lumotlar beruvchi bebaho obida, xalqimizning merosiy
boyligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |