Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 4 .5 .  V .O y k e n   “iq t is o d iy   t iz i m ”  tip la r i  t o ‘g ‘risid a



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

1 4 .5 .  V .O y k e n   “iq t is o d iy   t iz i m ”  tip la r i  t o ‘g ‘risid a
Valter  Oyken  (1891-1950)  o‘zining  “Milliy 
iqtisodiyot  asoslari”  (1947) 
kitobida  xo‘jalikni 
tashkil  etish  shakllarining  asosiy  tiplarini  (turlarini) 
ko‘rsatib 
beradi. 
Mazkur 
kitobning 
“Iqtisodiy 
tizimlar” 
bobida 
“xo‘jalikning 
ideal 
tiplari” 
to ‘g ‘risidagi  g ‘oya  ilgari  suriladi.  Uning  mohiyati
V.Oykenning quyidagi mulohazalarida ochib beriladi: 
har  qanday  mamlakatning  iqtisodiyoti  juda  ko‘p  bir 
xil  elementlardan  tashkil  topgan,  ya’ni  pul,  baho,  foyda,  kapital,  foiz, 
mehnat,  ish  haqi  va  shu  kabilar.  Nega  bo‘lmasa  turli  mamlakatlaming 
iqtisodiyoti 
turlicha? 
V.Oyken 
bo‘yicha 
buning 
sababi 
bosh 
elementlarda  yashiringan.  Bunday  elementlar,  bir  tomondan  bu  erkin 
bozor  xo‘jaligi,  ikkinchi  tomondan  —  markaziy  boshqaruv  xo‘jaligi 
hisoblanadi.  Bu  bosh  elementlar  ideal  yoki  sof  xo‘jalik  tiplari 
hisoblanadi  va 
boshqaruv  uslublari  bo‘yicha  bir-biridan  farq  qiladi. 
Birinchi  xo‘jalik  tipida  buymq  berishga,  o‘z  hukmini  o ‘tkazishga  hech 
kimning  haqi  yo‘q.  Ikkinchisida  -   barcha  qarorlar  yuqoridan  qabul 
qilinadi.  Demak,  o‘z-o‘zidan yuzaga kelish holatlari bo‘lmaydi.
V.Oykenning  keyinchalik  qayd  qilishicha  real  voqelikda  bunday 
ideal  xo‘jalik  tiplari  amal  qilmaydi.  Shuning  uchun  “xo‘jalikning  ideal 
tipi”  tushunchasi  bilan  birga  u  iqtisodiy  hayotda  doimo  amal  qiladigan 
“xo‘jalikning real tipi” tushunchasini kiritadi.
265


Lekin  har  xil  iqtisodiy  tizim  xo‘jalikning  ideal  tipiga  intiladi.  Bu 
yerda  xo‘jalik  tiplari  nima  bilan  aniqlanadi,  degan  savol  tug‘iladi? 
Buning  sababi,  V.Oykenning  fikricha  mamlakatning  milliy-mintaqaviy 
xususiyatlariga,  ya’ni  an’ana,  urf-odat,  axloq,  din,  madaniyat  darajasi, 
odamlar  ongining  shakllanishi  va  shu  kabilardan  kelib  chiqadi. 
Boshqacha  aytganda,  xo‘jalik  tiplari  xalqning  o ‘z  tanloviga  bog‘liq. 
V.Oykenning  fikriga  ko‘ra  ibtidoiy jamoa,  quldorlik,  feodal yer egaligi, 
totalitar  davlatlar,  shu  jumladan,  sotsialistik  iqtisodiyot  markazdan 
boshqariladigan  xo‘jalikka  intiladi.  Xalq  qancha  madaniylashgan  bo‘lsa, 
u shuncha markazlashmagan iqtisodiyotni tanlaydi.
Bunday 
vaziyatda 
davlat 
o ‘zini 
qanday 
tutishi 
kerak? 
Neoklassiklar  nuqtayi  nazariga  ko‘ra  bozomi  tanlash  -   tabiiy  jarayon, 
chunki  ular  iqtisodiyotning  faqat  bir tipini  -  erkin  bozor  xo‘jaligini  tan 
oladi.  V.Oyken  bo‘yicha  esa  insoniyat  uchun  iqtisodiyotning  ikki  tipi 
tabiiy;  markaziy-boshqaruv xo‘jaligi o‘zining amal  qilishida hatto  ancha 
uzoq  tarixiga  ega.  Shuning  uchun  xalqning  xo‘jalik  tipini  tanlashida 
davlat  uning  istagiga  quloq  solishi,  ijtimoiy  institutlami  tashkil  etishda 
yordam  berishi  kerak.  Masalan,  agar  bozor  bo‘lmasa,  bozomi  tashkil 
etish.  Keyin  davlat  bir  chetga  chiqib  turishi  va  bozor  ishtirokchilarining 
o‘yin  qoidalarini  kuzatib  borishi  kerak.  Bu  yerda  neoliberallar  futbol 
komandasini  misol  tariqasida  ko‘rsatadi.  Ulaming  nuqtayi  nazariga 
ko‘ra  davlat  bu  futbol  hakami,  neoklassiklar  esa  davlatni  hakamsiz 
ko‘cha futbol komandasiga o‘xshatishadi.
Neoliberallar  fikriga  ko‘ra  ular  iqtisodiy  tizimni  tanlash 
to ‘g ‘risidagi  ta’limotni  shakllantirdi.  Agar  neoklassiklar  sotsialistik 
tizimni  ko‘zi  bog‘langan,  ertami-kechmi  o‘raga  qo‘lab tushadigan  tizim 
sifatida  tarixning  qisqa  muddatli  xatosi,  deb  hisoblagan  bo‘lsalar, 
neoliberallar  esa,  markaziy-boshqaruv  xo‘jaligini  iqtisodiyotning  tabiiy 
varianti,  deb  hisoblaydi.  U  (iqtisodiyot)  istibdod  tartibotidan  kelib 
chiqqanku (Rossiyada -  podshoh,  Sharq xalqlarida -  xon va b.).  Shuning 
uchun  neoliberallar  fikriga  ko‘ra,  markaziy-boshqaruv  xo‘jaligi
266


tarixning  xatosi  hisoblanmaydi,  balki  uzoq  tarixga  ega,  o ‘zida  erkin 
tadbirkorlik  unsurlarini  albatta,  mujassamlashtiruvchi  qonuniyatli 
jarayon hisoblanadi.
maviy  qayta  qurishga  muhtoj»  deb  ko‘rsatib  beradi  va  real  vaziyatdan 
kelib chiqqan holda to‘g ‘ri ish yuritish zarurligini uqtirib o ‘tadi.
Uning  takidlashicha,  bozor  iqtisodiyotidan  rejali  iqtisodiyotga 
o‘tish  asosiy  muammo  hisoblanmaydi,  chunki  «balanslashuvga  moyil 
iqtisodiyotdan  qaytish  oson»,  ammo  «rejali  iqtisodiyotni  erkin  bozor 
xo‘jaligiga  aylantirish  juda  katta  qiyinchiliklar  bilan  bog'liq»,  chunki 
tabiiy muvozanatdan chetga chiqqan iqtisodiyotga birdan o ‘tish davrisiz, 
erkin bozor imkoniyatlarini yaratib berish qiyin.
Urushdan  keyingi  Germaniya  iqtisodiyoti  juda  qiyin  ahvolga 
tushib  qolgan.  Ishlab  chiqarish  quvvatining  uchdan  ikkisi  ishlamasdi. 
Narxlar  muttasil  oshib  borgan,  mamlakatda  «qora  bozor»  hukmronlik 
qilgan.  Aholining  qo‘lidagi  pul  vositalari  milliy  mahsulot  miqdoridan 
deyarli o‘n barobar ortiq bo‘lgan.
Birinchi  chora-tadbir  1948-yili  iyunda  o ‘tkazilgan  pul  islohoti 
bo‘ldi  va  u  bir  butun  Germaniya  iqtisodiyotini  isloh  qilishda  katta  rol 
o‘ynadi.  Yangi  nemis  markalarini  eski,  muomaladan  chiqarilayotganlari 
bilan almashtirish  birga (yangi  marka) o ‘n (eski  marka)  nisbatda amalga

Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish