1 4 .8 . E .C h e m b e r lin n in g m o n o p o lis t ik ra q ob at
n a z a r iy a s i
Edvard
Xeyting
Chemberlin
(1899-1967)
o ‘z
asarida
monopoliyaning mohiyati, monopol baho va monopol foydaning yuzaga
kelishining chuqur tahlilini bepradi. Uning fikricha monopoliyaning
mohiyati bu taklif ustidan nazorat, bunda baho ustidan ham nazorat
boMadi.
Differensiatsiya kuchayib borgan sari har bir sotuvchi absolyut
(mo‘tloq) monopoliyaga ega boMadi, ammo shu bilan birga o ‘mini bosa
oladigan boshqa mahsulot ishlab chiqaruvchining nomukammal
raqobatiga uchraydi.
Shundan kelib chiqib, barcha sotuvchilar
«raqobatchi monopolistlar» boMib, «monopolistik raqobat» kuchlari
ta’siri sharoitida ish yuritadilar.
Chemberlin fikricha bozorlar o ‘zaro bogMangan, chunki bir-biriga
bogMiq boMmagan sotuvchilar vazifasi bir-biriga yaqin boMgan
mahsulotlami realizatsiya qilishda hamohangdirlar. Real hayotda
bozorlar u yoki
bu darajada nomukammaldirlar,
shu sababli
muvozanatga intilish to‘g ‘risida gapirish o‘ta soddalikdir. Natijada har
270
bir sotuvchi monopolist, deb hisoblanadi, uning o‘z xaridorlari, «noyob»
mahsulotini oluvchilari bo‘ladi. Bozordagi monopolistik sifatida
baholami tartibga soladi. Bu esa tovarlar va xizmatlaming real taklif
hajmi «sof» raqobat sharoitidagidan kam, bahosi esa yuqoriroq bo‘ladi.
Bu yerda mahsulot differensiyasi eng muhim shart. Bu kategoriyaning
mohiyati
shundaki,
sotuvchilaming
tovari
(yoki
xizmati)
da
boshqalamikidan keskin farq qiluvchi belgisi bo‘lishi kerakligidir. Bu
belgi xaridor uchun real yoki xayoliy bo‘Iishi, aslida esa xuddi shu
mahsulotga
afzallik
berilishiga
olib
kelishi
shart.
Bunday
differensiatsiya bo‘lgan sharoitda xaridorlar va sotuvchilar tasodifiy
yoki tartibsiz juftlikka (bu sof raqobatda bo‘ladi) birlashmaydilar, bu
yerda afzallika asoslangan tanlov holati yuzaga keladi.
Sotuvchi-monopolist qo‘shimcha xarajatlar qilish yo‘li bilan
sotilayotgan mahsulot hajmini oshirishi (bunda tovar bahosi pasayishi)
mumkin. Boshqa xuddi shunday tovar sotuvchilar esa bu shuni darhol
amalga oshira olmaydi, deb raqobatdosh tovar markasi bahosini
pasaytirish yoki yangisini ishlab chiqarish davomida xuddi shunday
choralar boshqa raqobatchi tomonidan qo‘llanilishi mumkinligidan
bexavotir bo‘ladilar.
Raqobatning baholanmaydigan omillari qatoriga tovarlar sifati va
reklama kiradi va ular individual yoki alohida xususiyatlarga ega.
Differensiatsiya mahsulotning o ‘z m a’lum xususiyatlari asosida
shakllanishi, maslan, alohida xususiyatlar - fabrika markasi, firma nomi,
qadoqlash yoki tara (agar ular boisa) bo‘yicha yoki sifat, shakl, rang,
stil asosida individual xususiyatlari bilan belgilanadi.
Sof raqobat sharoitida alohida sotuvchi bozori umumiy bozor bilan
qo‘shilib, faqat amaldagi baho bo‘yicha istalgancha tovami realizatsiya
qiladi. Ikkinchi holatda tovami sotish cheklanadi va yangi uchta omil:
1) baho; 2) mahsulot xususiyati va 3)reklamaga xarajatlar bilan
belgilanadi. Mana shu omillar yordamida xaridorlarning iste’mol
qarorlariga ta’sir etiladi. Bunda baholami pasaytirish omili alohida
271
ahamiyat kasb etadi, chunki tovarga baho pasayishi mahsulot sifati
pasayishi tarzida qilinish ehtimoli bo‘ladi.
Monopolistik raqobatning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki,
bunda baholar raqobati yo‘qotiladi, oqibatda «quvvatlar ortiqchaligi
fenomeni»doimiy va odatdagi hodisaga aylanadi. Bu ortiqchalik
«jazosiz» uzoq vaqt davomida ko‘payib boradi, chunki u doim
xarajatlardan kattaroq bo‘lgan baholar hisobiga qoplanib turadi. Butun
bozoming ma’lum qismini egallash darajasini ko‘rsatuvchi bu
ko‘rsatkich (fenomen) faqat alohida patentlar va fabrika markalari
bilangina qo‘llanmasdan boshqa, yani obro‘, ustalik, alohida mahorat
kabi hodisalar bilan ham qo‘llab-quwatlanadi. Bu hodisalar erkin kasb
ega (rassom, musiqa)si faoliyat sohasining bir qismi bo‘lib, ular ham
«monopol daromadlar nazariyasi» predmetidir.
Differensiatsiyalashgan mahsulot baho muammosi raqobatli talab
va xarajat egri chiziqlari doirasiga kiritilishi mumkin emas, baho haddan
tashqari past, ishlab chiqarish masshtabi juda katta, korxonalar soni juda
kichik bo‘lib chiqadi. Bundan tashqari raqobatning yana ikkita jihati:
differensiatsiya va sotish xarajatlari bo‘tunlay tushib qoladi. Shu sababli
baholami to‘la bilmaslik mahsulotga talab elastikligi (qayshiqoqlik)ni
pasaytiradi, bu esa reklama talabning elastikligini oshirishi, baholar
raqobatini esa ancha keng qilishiga o ‘xshaydi va baholar yordamida
talab etiladigan qo‘shimcha xarajatlami qoplaydi.
Raqobat kurashi evolyutsiyasi tovar sifatini oshiradi (buni patent,
mualliflik huquqlari, firma himoya belgilari, firma alohida qadoqlash
usuli, mahsulot sifatini yaxshilash maqsadida, firmaning qulay
joylashuvi). Reklama esa erkin raqobat sharoitidan farqli ravishda
bozorlar qo‘shilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Baholanmagan raqobat omillari firmani xaridorlar talabini qondirish
uchun yangi imkoniyatlar qidirishga undaydi, ularga «havasning pullik
qoidalari» ni singdirib boradi.
272
Ishlab chiqarish va sotish xarajatlari konsepsiyasida xarajatlar
fabrika doirasida tovarlami ishlab chiqarishga ketgan sarflardangina
(birinchi) emas, deb qaraladi. Transport (tashish), ajratish (sortirovka),
saqlash, uylarga yetkazish xarajatlari (ikkinchi) mavjud bo‘lib, ular
talablami qondirish uchun yanada yaxshi qulayliklar yaratadi. Ikki xil
ko‘rinishdagi xarajat o‘rtasida chegara o‘tkazish (ishlab chiqarish
xarajatlari, sotish xarajatlari) taklif va talab o‘rtasidagi farq kabi qiymat
nazariyasida fundamental ahamiyat kasb etadi. Sotish xarajatlari mazkur
mahsulotga talabni oshiradi, ishlab chiqarish xarajatlari uning taklifini
oshiradi.
“Klassik” va “neoklassik” lar fikricha sof raqobat iqtisodiy
o‘sishning hal qiluvchi sharti, deb hisoblagan bo‘lsa, E.Chemberlin
ta’limotiga ko‘ra raqobat - monopolistlar orasida ham raqobat doimo
mavjud, bu baholi va baholanmagan raqobat rivoji orqali namoyon
bo‘ladi (mahsulot va reklama sifatini takomillashtirish bilan bog‘liq).
Birinchi marta iqtisodiy liberalizm g ‘oyasida real hayotda sof raqobat
ham, sof monopoliya ham mavjud emas, degan fikr paydo bo‘ldi, o ‘z
mohiyatiga ko‘ra monopolistik raqobat ko‘p sonli sotuvchilar o'rtasida
kuzatiladi, bu raqobat darajasi bir-birini qoplaydigan raqobatlashayotgan
tovarlar soni ortishi bilan kuchayib boradi.
Bundan shunday muhim xulosa chiqariladiki, monopolistik raqobat
sharoitida xaridor raqobatlashayotgan bir tovami boshqasidan, bir
sotuvchini (mo‘tlaq noekvivalent bir xil tovami) boshqa sotuvchidan
afzal ko‘rishi mumkin. E.Chemberlin mantiq‘i bo‘yicha, kichik yoki
o‘rtacha sotuvchi va ishlab chiqaruvchi ham monopolist bo‘lishi va yirik
korxona subyekti bilan bo‘ladigan musobaqada bemalol ishtirok etishi
mumkin.
Olim 1937-yil o‘z kitobiga qo‘shimcha sifatida (kitob 8 marta
qayta nashr etilgan) «Nomukammmal raqobat» va «Monopolistik
raqobat» kategoriyalari to‘g‘risidagi tushuntirishlarida bir tomonlilik
mavjudligini ta’kidlaydi, birdan bir hodisaning ikki nomi sifatida
273
qarashlarda o‘zaro o‘xshashlik yetarli baholanadi, ammo ulaming farqi
deyarli sezilmaydi, deb hisoblaydi. Ko‘pchilik bu farqning ahamiyatini
tushunmasdan masala faqat terminologiya bilan bog‘liq, deb o ‘ylashlari
mumkin.
E.Chemberlin o ‘z tadqiqotlari xulosasida raqobat sharoitida
monopoliya tabiiy mohiyatiga mustahkam ishonch bildiradi; tadbirkorlik
ko‘p hollarda o ‘z monopoliyasini Ьафо qilish uchun imkoni boricha
boshqa tadbirkorlar o ‘z monopoliyasini kengaytirishiga qarshi choralami
kengaytirish va kuchaytirish harakatini qiladi.
Keyinchalik E.Chemberlin va uning monopolistik raqobat
nazariyasi tarafdorlari tomonidan «guruhiy monopoliya» sharoitida ham
raqobat saqlanishi to‘g‘risidagi qoida ilgari surilgan. Bunda gap sherik-
raqobatchilar o ‘rtasida bozorda ulaming ta’sir doiralarini bo‘lib olish
to‘g ‘risida boradi. Asosiy maqsad turlicha (differensiatsiyalashgan)
tovar mahsuloti bahosini eng yuqori xarajatlar darajasidan past
bo‘lmagan holda realizatsiya qilishdir.
Hozirgi davrda mahsulotning istisno sifati bilan birga qo‘shimcha
baholanmagan monopolistik raqobat shartlari kuchayib bormoqda, bular
alohida tovar yaratuvchi tomonidan yaratilgan texnik takomillashuv,
firmaga obro‘-e’tibor keltiradigan sharoitni ta’minlovchi xaridorlarga
maxsus xizmat va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |