1 5 .3 . P .S a m u e ls o n n in g «E k on om ik s» a s a r id a g i g 'o y a la r
Shuni eslatib o ‘tmoqchimizki, 1901-yildan boshlab fizika, kimyo,
meditsina (biologiya), adabiyot va tinchlikni saqlash sohalarida Nobel
mukofoti berilib kelinadi. 1968-yili Shvetsiyadagi Riksbankning 300
yilligi munosabati bilan iqtisodiyot fanining insoniyat hayotidagi yuksak
rolini tan olish va rag‘batlantirish maqsadida iqtisodiyot bo‘yicha
(oltinchi) Nobel mukofoti joriy etildi va 1969-yildan buyon har yili berib
kelinmoqda. Birinchi bo‘lib bu mukofot iqtisodchi - matematik olimlar
gollandiyalik Yan.Tinbergen va norvegiyalik Ragnar Frishga («iqtisodiy
jarayonlami matematik tahlil etishda dinamik modellami rivojlantirish
va qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlari uchun») berildi.
1970-yilda (ikkinchi bo‘lib) Nobel mukofoti P.Samuelsonga «statik
va dinamik iqtisodiy nazariyani rivojlantirigani va shu bilan iqtisodiyot
fani tahlilini yanada yuqoriroq pog‘onaga ko‘tarishga hissa qo‘shgan
ilmiy ishi uchun» berildi. Quyida shu iqtisodchining iqtisodiy g ‘oyalari
to‘g ‘risida fikr yuritiladi.
Pol Antoni Samuelson
(1915)ning «Ekonomiks» kitobi dastlab
1948-yili chop etildi va 14 marta qayta nashr etilib, hozirgi iqtisodiy
ta’limotlaming asosiy yo‘nalishlaridan birini tashkil etadi.
1992-yilda bu kitob Vilyam Nordxaus bilan hammualiflikda nashr
etildi. «Ekonomiks» kitobi «Ekonomika» nomi bilan rus tiliga o‘girildi.
M a’lumki, hozirgi zamon (XX asr) iqtisodiy ta’limotlarida uch
asosiy: l)neoklassik; 2) keynschilik va 3) institusional yo‘nalishlar
mavjud bo‘lib, Samuelson shulardan birinchisining vakili sifatida ijod
qilgan.
Klassik (mumtoz) maktab iqtisodchilari allaqachonlar davlat
xususiy tadbirkorlar kirisha olmaydigan yoki kirishni xohlamaydigan
280
ayrim tovarlami ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni (masalan,
milliy mudofaa sohasiga taalluqli) uning o‘zi zimmasiga olish kerak,
degan fikrga rozi bo‘lganlar. Lekin shu bilan birga ular bunday ishtirok
juda kam darajada boiishi kerak, deb hisoblar edilar. Samuelson hal
qilishni mumtoz maktab bozor ixtiyoriga qoldirishni istagan haddan
tashqari ko‘p muammolarga bozoming ta ’siri unchalik o‘tavermasligini
sezdi. Qo‘shmcha oqibatlar, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sanoatning atrof-
muhitni ifloslantirishi muammolariga talab va taklif qonuni ta’sir
etmaydi. Binobarin , davlat iqtisodiyot uchun maqsadlami aniqlashni o‘z
zimmasiga olishi va bu maqsadlarga erishish uchun o ‘z kuchidan
foydalanishi kerak.
Samuelson eng kam ish haqi to ‘g ‘risidagi qonunni daromadlar
pillapoyasining eng pastida turgan ishchilarga yordam berish usuli, deb
hisoblaydi; u davlatning uy-joy qurilish dasturlarini moliyalashtirishni
va oziq-ovqat yordamini qashshoqlikni kamaytirish usuli sifatida
qo‘llab-quvvatlaydi.
Uning
fikricha
hozirgi
davr
iqtisodchilari
«neoklassik sintez»ga erishish uchun samarali kredit- pul va fiskal
siyosatni Smit va Marshallning klassik mikroiqtisodiyotini hozirgi
daromadning darajasini aniqlash bo‘yicha mavjud makroiqtisodiyot
bilan birlashtirish, ikkala yondashuvdagi barcha sog‘lom fikirlami
jamlashtirishga harakat qilmoqdalar. Kitobning dastlabki boblarida
A.Smitdan hozirgi davrgacha bo‘lgan iqtisodiy ta’limotlar mohiyati
tarixiy-iqtisodiy jihatdan qarab chiqiladi. Ayniqsa, A.Smit, T.Maltu’s,
D.Rekardo asarlari har tomonlama tahlil etilgan.
Uning fikricha 1820-1870-yillar - 50 yil davomida iqtisodchilar va
siyosatchilar gipnoz holatida bo'lgan, bunga asosiy sabab «sanoat
inqilobi»
bo‘lib,
bir
qancha
g‘oyalar,
ayniqsa,
T.Maltus,
D.Rikardolaming aholi o‘sishi bilan daromadlar pasayishi to‘g‘risidagi
fikrlari chippakka chiqdi.
XX asming 70-yillari iqtisodiy qarashlarda ikki yo‘nalish paydo
bo‘lganligi qayd etiladi: 1) Keyns va keynschilik; 2) Marks g‘oyalari.
281
Ayniqsa,
neoklassik
yo‘nalishda
matematik
usullaming
keng
qo‘llanilishi,
talab,
foydalilik,
umumiy
iqtisodiy
muvozanat
masalalarining yangicha tahlili
yanada ilmiyroq
bo‘lib
qoldi.
A.Marshall, J.B.Klark, U.Jevons, L.Valras, V.Paretto tadqiqotlarida
matematik elementlar «iqtisodiy tahlilning nozik metodlari»ga olib
keldi. J.M.Keynsning tadqiqoti yuqori baholanadi, «Sey qonuni» ga
ehtiyoj qolmadi, deb yozadi P.Samuelson. Keyns va keynschilar
ta’sirida «aralash iqtisodiyot» yaxshi faoliyat ko‘rsata boshlaganligi
ta’kidlanadi. 2-jahon urushidan so‘ng ishlab chiqarish nihoyatda tez
o ‘sganligi, aholi turmush darajasi oshganligi ta’kidlanadi.
Ammo, deb ta’kidlaydi olim hali bizni to‘la bandlik va mo‘tadil
baholar o‘rtasida tanlash imkoniyatidan xalos qila oladigan yagona
mukammal iqtisodiy siyosat modeli yaratilmadi.
Samuelson Chikago maktabi vakillari
faoliyatiga, xususan,
M.Fridmenning monetar sistemasiga yuksak baho beradi, chunki bu
olimlarda «erkin raqobat», «bozor baholari» asosiydir.
Olim iqtisodiy taraqqiyotning omillariga baho berib, uni to‘rtta deb
hisoblaydi:
1. Mehnat resurslari (inson birinchi va asosiy).
2. Tabiiy resurslar.
3. Kapital.
4. Texnologiyalar.
Olimning bu omillari «taraqqiyotning to‘rt g ‘ildiragi» deb yuritiladi.
E ’tibor berib qarasak, inson roli eng yuksak qo‘yilgan. Haqiqatan ham
inson bo'lmasa boshqa omillar ishga tushmaydi (masalan, Yaponiya,
GFR ...).
Hozirgi davr iqtisodiy nazariyalarida A.Laffeming soliqlar hajmi
va yalpi milliy mahsulot o'rtasidagi bog‘lanish tahlil etilgan. Laffer
effekti bo‘yicha soliqlami oshiraverish bilan milliy daromad ma’lum
miqdorga oshadi, keyin pasayadi. Soliqlar miqdorini pasaytirish qisqa
davr mobaynida byudjetga tushumlar kamayishiga olib kelsa ham,
282
istiqbolda jam g‘armalar, investitsiya va daromadlar ko‘payishi tufayli
byudjet tushumlari oshadi. Soliq stavkasi o‘zgarishlari iqtisodiyotga
ta’sirini izihlash uchun Laffer egri chizig‘i chizilgan.
Unga ko‘ra soliq ortishi bilan davlat byudjetiga tushumlar
ortavermaydi. Aksincha, shunday ma’lum chegara borki, undan ortiq
soliq stavkasi byudjetga tushumlami kamaytiradi, chunki yuqori soliqlar
xo‘jalik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishni (rag‘batni) kamaytiradi va ishlab
chiqarish hajmlarining pasayishiga olib keladi. Demak, ma’lum hollarda
soliq stavkalarini pasaytirish faqat ishlab chiqarishning o‘sishigagina
emas, shuningdek, byudjetga soliq tushumlarining o ‘sishiga ham olib
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |