Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 0 .4 .  K .M a rk sn in g   r e n ta   n a z a r iy a s i



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

1 0 .4 .  K .M a rk sn in g   r e n ta   n a z a r iy a s i
K.Marks  renta  to‘g ‘risida  nazariya  yaratdi.  Uningcha,  renta  yerga 
bo‘lgan  mulkchilikni 
amalga  oshirish  shaklidir. 
Yer  maydoni 
cheklanganligi,  uning  yer  egalari  qo‘lida  bo‘lganligi  sababli  qishloq 
xo‘jaligi  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish  bahosi  o ‘rtacha  yerdagi  ishlab 
chiqarish  xarajatlariga  qarab  emas,  balki  eng  yomon  yerdagi  ishlab 
chiqarish  xarajatlariga  qarab  belgilanadi.  Bu  baho  bilan  yaxshi  yerdagi 
(yoki  eng  yaxshi  sharoitdagi)  ishlab  chiqarish  bahosi  o ‘rtasidagi  farq 
differensial  rentani  bildiradi.  K.Marks differensial  rentani  tahlil  qilib,  bu 
renta  ayrim  yer  maydonlarining  hosildorligi  yerga  sarf qilingan  kapital 
miqdori  bir-biridan  farq  qilganda  hosil  bo‘lishini  ko‘rsatib  berdi.
194


Differensial  renta ikki  shaklda -  differensial  renta I  va differensial  renta 
II  shaklida  mavjud  boMadi.  Ijtimoiy  ishlab  chiqarish  bahosini 
belgilovchi  eng  yomon  yerdagi  mahsulotlaming  ishlab  chiqarish  bahosi 
bilan  eng  yaxshi  va  o'rtacha  yerdagi  mahsulotlaming  individual  ishlab 
chiqarish  bahosi  o ‘rtasidagi  tafovut  differensial  yer  renta  I  ning  negizi 
hisoblanadi.  Yerga  qo'shimcha  ishlov  berish  evaziga  olinadigan  renta 
differensial renta II ni tashkil etadi.
K.Marks differensial renta bilan birga absolyut rentaning ham amal 
qilishini  ko‘rsatib  beradi.  U  absolyut  rentaning paydo  bo‘lishini  qishloq 
xo‘jaligida  kapital  uzviy  tuzilishining  ancha  past  bo‘lishi  va  yerga 
bo‘lgan  xususiy  mulkchilik  bilan  bog‘lab  tushuntiradi.  Birinchi  omil 
tufayli, uning fikricha qishloq xo‘jaligi  mahsuloti  qimmati  uning «ishlab 
chiqarish bahosidan»  hamisha ustun bo‘ladi  ikkinchi  omil  ta’sir kuchiga 
ko‘ra  esa  foyda  me’yorini  o ‘rtacha  darajaga keltiruvchi  «kapital  oqimi» 
mexanizmi  qishloq  xo‘jaligida  amal  qilishi  mumkin  emas.  Binobarin, 
qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarining  o‘z  ishlab  chiqarish  baholaridan 
(qo'shimcha  qiymatning  o‘rtacha  foydadan)  ortiqchasi  kapitalistlar 
o‘rtasida taqsimlanmaydi  (sanoatdagi  kabi),  balki  dehqonchilikda  qoladi 
va  yer  egalari  tomonidan  absolyut  renta  shaklida  o‘zlashtiriladi. 
M.Blaugning  yozishicha,  markscha  absolyut  renta  nazariyasi  uning 
qo'shimcha  qimmat  nazariyasi  doirasidan  tashqarida,  qimmatning 
(qiymatning)  bahoga  aylanish  zarurligi  kelib  chiqqan  sharoitda  hech 
qanday kuchga ega emas.
Ijtimoiy  takror  ishlab  chiqarish  sxemasi.  F.Kenening  «Iqtisodiy 
jadvaliga»  yuqori baho bergan K.Marks,  o ‘zining takror ishlab chiqarish 
sxemasini  ishlab  chiqdi.  A.Smit, 
J.B.Sey  ijtimoiy  mahsulotni 
daromadlarga  bo‘lib  (moddiy  sarflami  mavhumlashtirgan  holda) 
ko‘rsatgan  bo‘lsa,  K.Marksda  esa  ijtimoiy  mahsulot  uch  qismga 
bo‘linadi:  doimiy  kapitalga  (s)  -   moddiy  sarflarga  (amortizatsiya, 
xomashyo,  yoqilg‘i  va  boshqalar  qiymati),  o‘zgaruvchi  kapitalga  (v)  -  
ishchi kuchini sotib olishga bo‘lgan sarflar va qo'shimcha qiymatga(m).
195


Takror  ishlab  chiqarish  muammosini  yechib  berishda  K.Marks 
iqtisodiyotni  ikki  bo‘linmaga  bo‘ladi.  I  bo‘linma  ishlab  chiqarish 
vositalarini  ishlab  chiqarish,  II  bo‘linma  iste’mol  buyumlarini  ishlab 
chiqarish.  Keyin  u  oddiy  va  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish 
o‘rtasidagi  farqni  ko‘rsatib  beradi.  «Oddiy  takror  ishlab  chiqarish» 
o‘zgarmas  bo‘lib,  unda  sof investitsiya  nolga  teng.  Oddiy  takror  ishlab 
chiqarish bir xil  hajmda,  o ‘zgarmas  bo‘lib  qolishi  uchun qanday  shartlar 
bo‘lishi  kerak?  K.Marks  buning  uchun  quyidagi  shartlami  ko‘rsatib 
beradi.  Oddiy takror ishlab chiqarishda I  bo‘linmaning  barcha mahsuloti 
har  ikkala  bo‘linmadagi  kapitalni  qoplash  uchun  sarflanishi  kerak:  I 
(c+v+m) = Ic+Iic.  Shu  bilan birga,  II  bo‘linma  mahsuloti  ish  haqi  fondi 
hamda  mulkdan  keladigan  daromadga  -   sof  milliy  mahsulotga  teng 
(ekvivalent)  bo‘lishi  kerak:  II  (c+v+m)=I  (v+m)+II  (v+m).  Bu  ikkala 
tenglamadan  natijada I  (v+m) = lie  kelib  chiqadi,  ya’ni  I bo‘linmaning 
sof mahsuloti  II  bo‘linmada  yil  davomida  iste’mol  qilinggan  kapitalni 
qoplash uchun  zarur bo‘lgan talab  miqdoriga teng bo‘lishi kerak.  Agar I 
(v+m)>Iic  bo‘lsa,  unda  doimiy  kapitalni  qoplashga  bo‘lgan  investitsiya 
sarflari  amortizatsiya  ajratmalari  miqdoridan  oshib  ketadi,  ya’ni  sof 
investitsiya  ijobiy  bo‘ladi.  Lekin  amortizatsiya  jam g‘armalari  iste’mol 
qilingan kapitalni  qoplashga  ishlatilmasligi,  albatta,  ishlab  chiqarishning 
pasayishini  keltirib  chiqaradi.  Keltirilgan  dalillar  ancha  puxta 
makroiqtisodiy o ‘zaro bog‘liqlik borligini tasdiqlaydi.
K.Marks  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarishni  tahlil  qiladi. 
Uning  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish  sxemasini  fan-tarixidagi 
iqtisodiy o‘sishning birinchi matematik modeli hisoblash mumkin. Lekin 
uning  kamchiliklari  yo‘q  emas.  Xususan,  «kengaytirilgan  takror  ishlab 
chiqarish»ning  bir  tekisda  rivojlanib  borishining  shartlarini  aniq 
ko‘rsatib  berilmagan.  Bundan  tashqari  u  sur’at  o ‘zgarmagan  iqtisodiy 
o‘sishni  tahlil  qiladi,  bunday  vaziyatda  esa  o‘sish  Q  (mahsulot  miqdori) 
da  hech  qanday  o ‘zgarish  bo‘lishini  taqozo  etmaydi.  K.Marks  ko‘rsatib 
bergan iqtisodiy o ‘sishning zarur bo‘lgan shartlari:  I bo‘linmaning milliy
196


daromadi  ushbu  bo‘linmadagi  ishchi  va  tadbirkorlaming  ehtiyojlarini 
qondirish  uchun  II  bo‘linmadan  sotib  olinadigan  iste’mol  buyumlaridan 
ko‘p  bo‘lishi  kerak  -   milliy  daromadning  bir  qismi  ishlab  chiqarishni 
kengaytirishga  ketadi,  ya’ni  I(v+m)>Iis.  Shunday  qilib,  I  bo‘linmaning 
mahsuloti  yil  boshidagi  har  ikkala  bo‘linmaning  ishlab  chiqarish 
vositalariga 
bo‘lgan 
talabidan 
ko‘p 
boiishi 
kerak, 
ya’ni 
I(c+v+m)>Ic+Iic.  Shunga  muvofiq, jamiyatning  barcha  milliy  daromadi 
iste’molga sarflanmaydi, ya’ni I(v+m)+II(v+m)>II(c+v+m).
Takror  ishlab  chiqarishning  bunday  talqini  ayrim  masalalarga 
oydinlik 
kiritishda 
qo‘llanishi 
mumkin. 
Lekin 

shu 
qadar 
cheklanishlarga 
asoslanganki, 
bu 
undagi 
barcha 
dalillami 
kuchsizlantiradi.  Yopiq  iqtisodiyot:  barcha  mahsulotlar  «me’yorli 
bahoda»  sotiladi;  har  ikkala  bo‘linmada  kapital  aylanish  tezligi  bir  xil; 
faqat  kapitalistlar  jam g‘aradi;  texnika  taraqqiyoti  yo‘q;  real  ish  haqi 
doimiy;  bir ishchiga bo‘lgan real  mahsulot doimiy va boshqalar.  Bundan 
tashqari  ikki  bo‘linmadan  iborat  bo‘lgan  model  o ‘zgaruvchan  real 
iqtisodiyotni  tahlil  qilishda  ishonchli  vosita  hisoblanmaydi.  Kapital 
buyumlami ham  iste’mol buyumlarini  ham ishlab chiqaruvchi ko‘pchilik 
tarmoqlar -  masalan,  toshko‘mir qazib  olish,  transport,  ximiya -  u yoki 
bu  kategoriya  tushunchasiga  to‘liq  kirmaydi.  Buning  ustiga  bunday 
tarmoqlar ichida kapital  va iste’mol  buyumlarini  kategoriyalarga bo‘lish 
vaqti-vaqti  bilan talab  strukturasidagi  o‘zgarishga  qarab  o‘zgarib  turadi. 
Natijada  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarishning  markscha  shartlari 
deyarli  o‘z  kuchini  yo‘qotadi.  Shunday  bo‘lsada,  tenglama  K.Marks 
tizimida  alohida  o ‘rin  tutadi.  U  iqtisodiy  o‘sish  bir  tekisda  borishi 
mumkin  emasligi,  ishlab  chiqarishning  davriy  bo‘lishi  to ‘g ‘risida  fikr 
yuritishga imkon beradi.

Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish