Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

qo'shimcha  qiymat  m e ’yori,  deb  atadi.  Uning  yozishicha,  «qo‘shimcha 
qiymat  me’yori  ishchi  kuchining  kapital  tomonidan,  yoki  ishchining 
kapitalist tomonidan  eksplutatsiya  qilinish  darajasining  aniq  ifodasidir». 
Qo‘shimcha  qiymat  me’yori  yangidan  yaratilgan  qiymatning  kapitalist 
bilan yollanma mehnat o ‘rtasida qanday taqsimlanishini,  shuningdek,  ish 
kunining qancha qismida ishchi  o‘zi  uchun  va  qancha qismida kapitalist 
uchun ishlashini ko‘rsatib beradi.
Yuqorida  qayd  qilib  o ‘tilganidek,  ishchi  «zarur  ish  vaqti»da  o ‘z 
ishchi  kuchi  qiymatiga  teng  qiymat  yaratadi,  «qo‘shimcha  ish  vaqti»da 
esa  qo‘shimcha  qiymat  yaratadi,  ya’ni  kapitalist  uchun  ishlaydi: 
kapitalist  qo‘shimcha  ish  vaqtini  uzaytirishga  harakat  qiladi.  Unga 
erishishning  ikki yo‘li  mavjud:  ish  kunini  uzaytirish  va  zarur  ish  vaqtini 
qisqartirish.  Ish  kunini  mutlaq  uzaytirish  yo‘li  bilan  olinadigan 
qo‘shimcha qiymatni  K.Marks  «absolyut qo'shimcha qiymat»  deb  atadi. 
«Absolyut  qo‘shimcha  qiymat  hosil  qilish,  deb  yozadi  u,  -   ish  kunini 
ishchi  faqat o‘z  ishchi  qiymatining ekvivalentini  ishlab  chiqara oladigan 
chegaradan  nariga  uzaytirishdan  va  bu  qo‘shimcha  mehnatni  kapitalni 
o‘zlashtirib olishdan iborat».
Zarur  ish  vaqtini  qisqartirish  va  shunga  muvofiq  qo'shimcha  ish 
vaqtini  uzaytirish  yo‘li  bilan  olinadigan  qo‘shimcha  qiymatni  K.Marks 
“nisbiy  qo'shimcha  qiymat”  deb  atadi.  Bu  yerda  shu  narsaga  e’tibor 
berish  kerakki,  ya’ni  qiymat  qonuniga  xilof ish  qilmaslik,  ekvivalentli 
ayirboshlashning  buzilmasligi  uchun  kapitalist  ishchi  kuchi  qiymatiga 
nisbatan  ish  haqini  kamaytirish  hisobiga  zarur  ish  vaqtini  qisqartirishi 
mumkin emas.  Ammo  ishlab chiqarishni yaxshi tashkil  etish va samarali 
texnika va texnologiyani  qo‘llash tufayli  mehnat  unumdorligini  oshirish 
yo‘li bilan bunga erishish mumkin.
190


Kapitalist  o‘z  foydasini  ko‘paytirish  maqsadida  fan  va  texnika 
yutuqlaridan  ishlab  chiqarishda  ko‘proq  foydalanishga  harakat  qiladi. 
Ayrim  kapitalistlar  tomonidan  fan-texnika  taraqqiyoti  natijalarini 
amaliyotda qo‘llash o‘rtacha ishlab  chiqarish xarajatlarini  kamaytirishga 
olib  keladi,  bu  esa  unga  foydani  ko‘paytirish  imkonini  beradi.  Bu yerda 
«ortiqcha  qo'shimcha  qiymat»  vujudga  keladi.  Ammo  raqobat  qonuni 
asosida  boshqa  kapitalistlar  tomonidan  ham  yangiliklaming  ishlab 
chiqarishda  qo‘llanilishi  natijasida  bozor  bahosi  pasayadi  va  ortiqcha 
qo‘shimcha  qiymat  yo‘q  bo‘lib  ketadi.  Demak,  qo‘shimcha  qiymat 
ishlab  chiqarish  tadbirkorlami  yangi  texnika  va  texnologiyalami 
qo‘llashga undaydi.
Ish  haqi.
 
K.Marks  ish  haqini,  klassik  siyosiy  iqtisod  asoschilariga 
o‘xshab  mehnat  uchun  to‘lanadigan  haq,  deb  emas,  balki  ishchi  kuchi 
uchun  to ‘lanadigan  haq  deb  talqin  qiladi.  Uning  nazariyasiga  muvofiq 
ish  haqi  ishchining  va  uning  oilasining  hayot  kechirishi  uchun  zarur 
bo‘lgan  tovarlar  miqdoriga  teng  bo‘ladi.  Ish  haqi  darajasi  mehnat 
unumdorligiga  bog‘liq  bo‘lib,  u  o ‘z  navbatida,  ishlab  chiqarishning 
mexanizatsiyalashuvi  va  texnologik jihatdan  ta’minlanishi  sababli  ro‘y 
beradi.  Bu  hoi  pirovard natijada  ish  haqining  o'sishiga to‘sqinlik  qiladi, 
negaki texnik-iqtisodiy taraqqiyot ishchi kuchining doimiy ortiqchaligini 
keltirib  chiqaradi.  Ishchi  kuchining  ortiqchaligi  esa  ishchilar  bilan 
kapitalistlar  o‘rtasidagi  munosabatda  keyingisiga  ustunlik  beradi  va 
ishchi kuchi o ‘z qiymatidan past bahoda sotiladi.
Demak,  K.Marks  bo‘yicha  ishchi  mehnatini  emas,  balki  ishchi 
kuchini  sotdi,  bunda  «haq  to‘lanmagan  mehnat»ning  (aniqlash  va 
o‘lchash  mumkin  bo‘lgan)  ish  haqiga  aloqasi  bo‘lmaydi,  «haq 
to‘lanmagan  ishchi  kuchi»ni  esa  aniqlash  mumkin  emas,  negaki  bitim 
(kelishuv)  bir  butun  ishchi  kuchi  qimmatini  ayirboshlash  yuzasidan 
tuziladi.  Kapitalist  ish  haqini  «bitim»  tuzilgandan  keyin  emas,  balki 
mehnat jarayoni  tugagandan  keyin  to‘laydi.  Ishchi  o‘z  ishchi  kuchining 
qiymatini  ish haqi shaklida olishdan avval kapitalistga ma’lum miqdorda
191


mehnat,  shu  jumladan,  qo‘shimcha  mehnat  ham  qilishi  kerak.  Mehnat 
sarfi  esa  uning  nazariyasiga  ko‘ra  ish  vaqti  bilan  o‘lchanadi.  Binobarin, 
ishchi  kuchining ma’lum  muddat davomida unumli  mehnat qilishi  uning 
qiymatiga haq to‘lash sharti bo‘lib qoladi.
K.Marks  fikri  bo‘yicha  real  ish  haqi  «hech  qachon  mehnat 
unumdorligi  kuchining  oshishi  bilan  mutanosib  tarzda  o ‘smaydi»  va 
natijada  ishchilaming  kambag‘allik  va  ma’naviy  qashshoqligi  kelib 
chiqadi.  Lekin tajriba  bunday  qarashlaming  mutlaq  noto‘g‘ri  ekanligini 
ko‘rsatib 
berdi. 
Kapitalizm 
nafaqat 
texnologiyalar 
darajasini 
takomillashtirib  bordi  (buni  Marks  tan  olgan),  balki  ijtimoiy  masalalar 
bo‘yicha ham katta yutuqlami qo‘lga kiritdi.

Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish