Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 0 .2 .  K .M arks  iq t is o d iy   t a ’lim o t in in g   u m u m iy   t a v s if i



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

1 0 .2 .  K .M arks  iq t is o d iy   t a ’lim o t in in g   u m u m iy   t a v s if i
Karl  Marks  klassik  siyosiy  iqtisodni  yakunlovchilardan  biri 
sifatida  iqtisodiy  ta’limotlar  tarixida  yorqin  iz  qoldirdi.  U  1818-yil  5- 
mayda  Germaniyaning  Trir  shahrida  tug‘ilgan.  Uning  otasi  advokat, 
yahudiy  bo‘lib,  1824  yilda  protestantlikni  qabul  qilgan.  Oilasi 
davlatmand,  madaniy  oila  bo‘lgan.  K.Marks  Trir  shahrida  gimnaziyani 
tamomlagandan 
so‘ng 
dastlab, 
Bonndagi 
so‘ngra 
Berlindagi 
universitetga  kirdi,  yuridik  fanlami,  tarix  va  falsafani  o ‘rgandi.  1841- 
yilda  Epikur  falsafasi  to‘g ‘risida  universitet  dissertatsiyasini  topshirib, 
kursni bitirdi.
1842-yili  K.Marks  Bonnga  ko‘chib  keldi  va  shu  yilning  oktabrida 
«Reyn gazetasi»ning bosh muharriri bo‘ldi  va Bonndan Kyolnga ko‘chib 
o‘tdi.  1843-yili  birdaniga bir qancha voqealar sodir bo‘ldi:  u muharrirlik 
qilgan  gazeta  yopildi,  nemis  baronining  qizi  Jenni  Fon  Vestfalenga 
uylandi, Parijga ko‘chib o ‘tdi.
Keyingi  ikki  yil  (1844-1845)  K.Marks  uchun  iqtisodiy  nazariyani, 
falsafani  chuqur  o'rganishning  boshlanish  davri  boidi.  U  G.Geyne, 
P.Prudon, M.Bakuninlar bilan tanishdi, F.Engels bilan do‘stlashdi.
K.Marks  1845—1848-yillari  Bryusselda  bo‘ldi.  0 ‘sha  yillari
F.Engels  bilan  hamkorlikni  davom  ettirgan  holda  «Nemis  idealogiyasi» 
va  «Kommunistik  partiya  Manifesti»ni  yozdi.  U  1848-yili  Germaniyaga 
Kyoln  shahriga  keldi  va  «Yangi  Reyn  gazetasi»ga  rahbarlik  qildi.  U 
o‘zining  gazetasida  1849-yili  «Yollanma  mehnat  va  kapital»  asarini 
chop  etdi.  Shundan  so‘ng  Germaniyadan  surgun  qilindi  va  boshqa  bu 
yerga  qaytib  kelmadi.  K.Marks  aw al  Parijga  keldi,  u  yerda  bir  oz  vaqt 
turgandan  keyin  Londonga  borib,  umrining  oxirigacha  (1850-1883)  shu 
yerda  yashadi.  Aynan  Londonda  yashagan  davrlarda  K.Marks  o ‘zining 
ko‘p  sonli  asarlarini,  jumladan,  hayotining  mazmunini  tashkil  etgan
186


“KapitaP’ni  yozdi.  K.Marksning  iqtisodiy  konsepsiyalari  asosan  uning 
ushbu  mashhur  asarida  berilgan.  Uning  bu  asari  to‘rt  jilddan  iborat 
bo‘lib,  birinchi  jild  1867-yili  nashr  etildi,  ikkinchi  va  uchinchi  jildlar 
K.Marks  o ‘limidan  keyin  F.Engels  tomonidan  (ikkinchi  jild  1885-yil, 
uchinchi jild  1894-yil)  chop  etildi.  To‘rtinchi jild  tugallanmasdan  qolib 
ketdi.  Unda K.Marks  siyosiy  iqtisod tarixini  ko‘rib  chiqmoqchi  bo‘lgan. 
Kapital  ishlab  chiqarish  jarayoni  «Kapitabning  birinchi  jildining 
mazmunini  tashkil  etadi.  Ikkinchi jildda  kapitalning  muomala jarayoni 
tadqiq etiladi.  Uchinchi jildda yaxlit olingan kapitalistik  ishlab chiqarish 
jarayoniga  tavsif  beriladi.  To‘rtinchi  jild  («Qo‘shimcha  qiymat 
nazariyasi») iqtisodiy ta’limotlar tarixiga bag‘ishlangan.
K.Marks  «Kapitabga  yozgan  so‘zboshida:  «Asarimning  tub 
maqsadi  hozirgi  zamon jamiyati,  ya’ni  kapitalistik jamiyati  harakatining 
iqtisodiy  qonunini  ochib  berishdir»,  -   deydi.  Ushbu  tarixiy  jihatdan 
muayyan  jamiyatning  ishlab  chiqarish  munosabatlarini  va  bu 
munosabatlaming  paydo  bo‘lishini,  taraqqiy  qilishini  va tanazzulga yuz 
tutishini  ko‘rsatib  berish  K.Marks  iqtisodiy  ta’limotining  mazmunini 
tashkil  etadi.  Kapitalistik jamiyatda  tovar  ishlab  chiqarish  umumiy  tus 
olgan,  shu  sababli  K.Marksning  tadqiqoti  ham  tovami  tahlil  qilishdan 
boshlanadi.

Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish