9 .4 .
F .L ist v a G e r m a n iy a ta r ix iy m a k ta b a s o s c h ila r i
P .J . P ru d on v a K .R o d b e r tu sla r n in g iq t is o d iy g 'o y a la r i
Milliy qalb, milliy xarakter, milliy taqdir - shu va shunga
o‘xshash tushunchalar XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Germaniya
jamoatchiligi fikriga singib kirmoqda edi. Tarixiy maktab vakillari
168
tarixdan bo‘lak yana nima milliy boiishi mumkin, degan fikrlarga
asoslanib siyosiy iqtisoddan tarixiy usul o‘mini ko‘rsatishga harakat
qildilar. Ular milliy fan sifatida siyosiy iqtisod orqali tabiiy
xususiyatlarga va xalq harakatlariga bog‘liq holda rivojlanadigan milliy
xo‘jalikni o‘rganishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar.
Fridrix List (1789-1846-yy.) Janubiy Germaniyaning Reydlingen
shahrida boy hunarmand oilasida tug‘ildi. U o'qishni 15 yoshda tugatib,
hunarmandchilik ustaxonasida otasiga shogird bo‘lib ikki yil ishladi.
Keyinchalik Vyurtemberg qirolligida turli lavozimlarda ishlab, bir
vaqtning o ‘zida Tyubingen universitetini huquq mutaxassisligi bo‘yicha
tugatdi. 1817-yildan shu universitetning Davlat boshqaruvi amaliyoti
kafedrasi professori bo‘lib ishladi. List 28 yoshida liberal yo‘nalishdagi
taniqli publisist, radikal burjua-demokratik islohotlaming qat’iy
tarafdori sifatida tanildi. U 1847-yil Bryussel shahrida bo‘lib o‘tgan
iqtisodchilar kongressida o ‘zining aniq ehtirosli fikrlari, siyosiy
yetukligi va kuchli notiqlik qobiliyati bilan ko‘pchilikning e’tiborini
o‘ziga qaratdi. List 1819-yilda Germaniya iqtisodiy birligini ta’minlash
maqsadida «Savdo-sanoat ittifoqi»ni tuzdi.
F.List 30 yoshida Vyurtemberg parlamenti a’zosi bo‘lib, o‘zining
keng demokratik islohotlar dasturi bilan hukumatga murojaat qildi.
Bunday siyosiy chiqish Listga qarshi kuchlar shakllanishiga sabab
bo‘ldi. Natijada u 1825-yilda Germaniyani tark etib, AQShga doimiy
yashash uchun ketdi. Dastlab u fermerlik bilan shug‘ullandi, keyinchalik
nemis
gazetalarining muharriri
bo‘ldi hamda sanoat sohasida
tadbirkorlik faoliyatini olib bordi. F.List Angliya sanoati bilan raqobat
qiluvchi Germaniya va AQShda sanoat rivojlanishi xususiyatlarini
chuqur o ‘rganib, Amerika taraqqiyoti uchun iqtisodiy dastumi
tayyorladi.
1832-yildan F.List Yevropaga qaytib AQShning Leypsigdagi
elchisi bo‘lib ishladi. Shuningdek, u Leypsig-Drezden temir yo'lini
qurish maqsadida Germaniyada birinchi bo‘lib hissadorlik uyushmasini
tashkil etdi. F.List o‘zining uchinchi va oxirgi emigratsiyasidan so‘ng
Parijda uch yil yashadi. U o‘zining bor kuchini, idroki va iqtidorini
iqtisodiy muammolami keng o ‘rganishga qaratdi. Sanoat burjuaziyasi
169
manfaatlarining ifodachisi bo‘lgan F.List iqtisodiy birlik uchun
birinchilar qatori maydonga chiqdi. U o‘zining «Siyosiy iqtisodning
milliy sistemasi» (1841) nomli asosiy asarida milliy siyosiy iqtisodni
yaratish vazifasini o ‘rtaga qo‘ydi. Mamlakatning ishlab chiqaruvchi
kuchlari to‘g ‘risidagi ta’limot unga asos bo‘lishi kerak edi. F.List
davlatning faoliyatini, dinni, axloqni, ma’naviyatni va shu kabilami
ishlab chiqaruvchi kuchlar jumlasiga qo‘shdi.
F.Listning ta’limotiga ko‘ra qiymatni ishlab chiqaruvchi kuchlar,
«millatning ruhi» (toj-taxtning meros bo‘lib qolishi, huquq, sud, armiya,
polisiya va shu kabilar) yaratadi.
F.List ta’limotida xo‘jalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari
to‘g ‘risidagi g ‘oyalar katta o ‘rin egallaydi. U tarixiy taraqqiyotni beshta
bosqichga:
ba’daviylik,
cho‘ponlik,
dehqonchilik,
dehqonchilik-
manufaktura, dehqonchilik - manufaktura - savdo bosqichlariga bo‘ladi.
Bunday bolishdan maqsad Germaniyada sanoatning o‘sishini har
tomonlama qo'llab-quvvatlash, bir yoqlama rivojlanishdan - qishloq
xo‘jaligining ustunligidan voz kechish kerak, degan fikmi isbotlashdan
iborat edi.
F.Listning asosiy iqtisodiy asari Germaniyaning iqtisodiy
rivojlanishi va savdo siyosati atrofidagi qizg‘in tortishuvlarda alohida
o ‘rin egallab, nemis iqtisodiy fikriga katta ta’sir ko'rsatdi. F.List
o‘zining g ‘oyalarini rivojlantirar ekan, Germaniyaning gullab-yashnashi
sanoat taraqqiyoti orqali bo‘lishi mumkinligini va shuning uchun uni
chet el raqobatidan himoya qilish zarur ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu asar
o ‘z davrida demokratik ziyolilar tomonidan qizg‘in qabul qilinib, katta
qiziqish bilan o ‘qildi.
Germaniyaga qaytgandan so‘ng olim Augusburg shahrida yashab,
ilmiy ishini davom ettirdi. U xuddi ana shu buyuk davlatchilik,
shovinistik kayfiyatdagi asarlarini yaratib, nemis imperializmining
dastlabki himoyachilariga yo‘l ochib berdi. List urushlar va
bosqinchilikning tarafdori bo‘lib, dehqonchilik holatidan dehqonchilik-
sanoat holatiga o ‘tishga ko‘maklashadigan urushlarni yoqlaydi. U
Janubiy-sharqiy Yevropadagi bo‘sh yerlami Germaniya bosib olishi
zarur, deb hisoblaydi. List hayotining so‘nggi yillarida Angliyaga
170
1
bo‘lgan o‘z munosabatini o ‘zgartiradi, chunki u doim Angliyani
Germaniyaning birlashishiga va sanoat rivoj iga qarshi, deb hisoblardi.
Endi uning fikricha Angliya Germaniyaning qit’a qo‘shnisi hisoblangan
Fransiya va Rossiyaga qarshi harakatlarda qo‘llashi mumkin edi.
List iqtisodiy fanda klassik maktabni, ayniqsa uning yirik
namoyandasi bo‘lgan A.Smit iqtisodiyotini tanqid qiluvchi bo‘lib
faoliyat ko‘rsatdi, lekin u klassik maktabning asosi bo‘lgan qiymat va
daromadlar nazariyasini mutlaqo tahrir qilmadi. Iqtisodiyotning bu
kategoriyalari olimni qiziqtirmadi. Asosiy e’tibor iqtisodiy siyosatning
asosiy masalalariga va ayniqsa, tashqi savdo siyosatiga qaratildi. F.List
Smit iqtisodiy sistemasini kosmopolitizmda ayblab, uni ayrim
mamlakatlar xo‘jalik rivojlanishining milliy xususiyatlarini ko‘rmasdan,
barchasiga umumiy «tabiiy» qonun-qoidalami dogmatik ravishda
majbur kiritilmoqda, deydi. «Turli millatlar,- deb yozadi List, turli
bosqichda bo‘ladilar. Bunday sharoitda ular o ‘rtasidagi to ‘liq erkin
savdo ayirboshlash qiymati nuqtayi nazaridan jahon xo‘jaligi uchun
ma’lum mavhum foydani keltirishi mumkin bo'ladi.» Lekin bu holat
qolgan mamlakatlar ishlab chiqarish kuchlari rivojiga to‘sqinlik qiladi.
U o ‘z konsepsiyasini ishlab chiqarish kuchlari nazariyasi, deb yuritib,
Smitning ayirboshlash qiymati nazariyasiga qarshi qo'yadi. Lekin shuni
aytish zarurki, ishlab chiqarish kuchlari, deganda List ijtimoiy sharoitlar
majmuasini tushunadi va ularsiz millat boyligi bo‘lmaydi, deb yozadi.
Shuningdek u faqatgina qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadigan millat
bir qo‘l bilan mehnat qiladigan kishi kabidir, deydi. List ishlab chiqarish
unumdorligini oshirishni proteksionizm tarbiyasi yordamida amalga
oshirishni o ‘rtaga tashlaydi. Davlat sistemasidagi tadbirlar milliy ishlab
chiqarishni chet el raqobatidan to o ‘zini tiklab olguncha va teng
raqobatdosh bo‘lguncha himoya qilishi kerak, deydi. Erkin savdoni
amalga oshirishni esa u keyinroq, ya’ni hamma millatlar bir xil
rivojlanish darajasiga yetgunicha qoldirishni tavsiya qiladi. Hozirgi
davrga kelib Listning bunday qarashlarining ayrimlari dolzarb bo‘lib,
hayotda o‘z o ‘mini topmoqda. Masalan, millatning boy, qudratli bo‘lib
borishi uning qanchalik ko‘p sanoat mahsulotini eksport qilishi bilan va
kam mahsulotni import qilishi bilan belgilanadi. Bu o‘rinda Yaponiya
171
tajribasini ko‘rsatishimiz kifoya. Bu davlat so‘nggi yillarda tez iqtisodiy
rivojlanish hisobiga, ya’ni tashqi savdoni to ‘g ‘ri yo‘lga qo‘yganligi
uchun rivojlangan mamlakatlar qatorida oldingi o ‘ringa chiqib oldi.
Listning iqtisodiy nazariyasi asosiy masalalardan hisoblangan
kapitalizm taraqqiyoti doirasida o‘z tarixi va xo‘jaligining xususiyatiga
ko‘ra jahon hamjamiyatining so‘nggi qatorlaridan o ‘rin olgan
mamlakatlaming iqtisodiy qoloqligini bartaraf etish yoiidagi dastlabki
urinish edi. Hozirgi davrda milliy sanoatni rivojlantirish uchun harakat
qilayotgan yosh, rivojlanayotgan mamlakatlaming List ta’limotiga katta
e’tibor berayotganliklari tabiiy holdir. Chunki ulaming oldida jahon
bozorida hukmronlik qilayotgan rivojlangan mamlakatlar monopoliyasi
sharoitida o‘z sanoatlarini himoya qilish vazifasi turibdi.
Germaniyada tarixiy maktablar shakllanishi va evolyutsiyasini
ilmiy-iqtisodiy adabiytda uch asosiy davrga ajratiladi. Birinchi davr XIX
asming 40-60-yillarini o ‘z ichiga olib «Eski tarixiy maktab» yoki
oddiygina «Tarixiy maktab» davri deb nomlanadi. V.Rosheo, K.Knis va
B.Gildebrand bu davming asosiy mualliflaridir. Ikkinchi davr XIX
asming 70-90-yillariga to‘g ‘ri kelib «Yangi tarixiy maktab» davri, deb
nomlanadi. G.Shmoller va L.Brentano bu davming asosiy ijodkorlaridir.
Uchinchi davr XX asming 30-yillarigacha davom etib «Eng yangi
tarixiy maktab» davri yoki qisqacha «ijtimoiy yo‘nalish» nomini oldi.
V.Zombart va M.Veberlar uning asosiy mualliflari edilar.
P.J.Prudon g‘oyalari
Fransuz publitsisti, mayda ishlab chiqarish nazariyotchisi Per Jozef
Prudon (1809-1865) kambag‘al kosib oilasida tug‘ilgan. Moddiy
jihatdan nochorligi sababli kollejdagi o ‘qishni tugatmagan, sherik
hamkorining mablag‘i hisobiga kichik bir bosmaxonani ishlatib, zo‘r
berib o‘z m a’lumotini oshirish bilan shug‘ullangan. Ilmu-fanni
o‘rganishni avvalo, muhtojlikdan qutulish usuli, deb bilgan.
P.Prudon 1838-yilda Bezanson akademiyasi tomonidan kam
ta’minlangan yosh olimlarga ajratilgan uch yillik stipendiyani olib
Parijga ko‘chib o ‘tdi. Parijda u J.B.Sey, S.Sismondi, T.Maltus, K.Sen-
172
Simon, Sh.Fure va boshqa iqtisodchi olimlar asarlari bilan yaqindan
tanishdi. 1840-yilda P.Prudonning «Mulkchilik nima?» nomli mashhur
asari e’lon qilindi. Ushbu asarda kapitalizmni tanqid bosh mavzu
bo‘lsada, hali olimning amaliy dasturi bayon qilinmagan edi. 1846-yilda
P.Prudonning «Iqtisodiy ziddiyatlar tizimi yoki qoshshoqlik falsafasi»
nomli yana bir asari e’lon qilindi. Asarda olim kapitalizmni isloh
qilishning amaliy dasturini ishlab chiqishga, siyosiy kurashning
behudaligini asoslashga urindi. 1848-yilda nashrdan chiqqan «Ijtimoiy
masalalaming hal etilishi» nomli yangi asarida olim har qanday
inqilobiy chiqishlami keskin qoralaydi.
P. J. Prudon Xalq banklari konsepsiyasini e’lon qilib, xalqni
ijtimoiy islohotlarga chorlaydi. P.Prudon siyosiy iqtisodni «aql-
zakovatning abadiy qonunlari» to ‘g ‘risidagi fan, deb biladi. P.Prudon va
S.Sismondi nazariy qarashlarida biz juda yaqinlik va o‘xshashlik
hollarini uchratishimiz mumkin. Ayniqsa, ulaming uslubiyotlarida bu
holat quyidagicha aks etadi:
Birinchidan, iqtisodiyotda cheksiz erkin raqobatni inkor etib,
boshqarish mumkin boigan raqobatni topib tashkil etish.
Ikkinchidan, xo‘jalik hayotini tahlil qilish jaranida iqtisodiy
ko‘rsatkich va manbalami asosiy, deb hisoblamasdan, balki mehribonlik,
axloq, ijtimoiy adolat, etika va boshqa kategoriyalami, shuningdek,
inson hayotining eng oliy ne’mati tenglik va tinchlikni asosiy, deb
hisoblash.
Uchinchidan, ko‘p yillar davomida yaratilgan ilmiy asarlarda
iqtisodiy hodisalarga nemis faylasufi Gegel dialektikasi asosiy uslub
qilib olinib, unga alohida e’tibor berildi.
P.Prudon o ‘zining mayda ishlab chiqarish manfaatlaridan kelib
chiqqan islohotchilik konsepsiyasini may donga tashlar ekan, juda ko‘p
masalalar xususidagi fikrlami bayon etadi. Mehnat taqsimoti, tovaming
xususiyati, ish haqi, mulkchilik, daromad va takror ishlab chiqarish
kabilami ilmiy izohlashga harakat qiladi. P.Prudon o'zining eng muhim
asarlaridan biri - «Iqtisodiy ziddiyatlar tizimi....» da awalgi mehnat
taqsimotini tahlil qiladi. Mehnat taqsimoti bir tomondan boylikning
ko‘payishiga
imkon
bersa,
ikkinchi
tomondan
qashshoqlikka,
173
kambag‘allikka olib boradi. P.Prudonning mulohazalariga qaraganda,
mehnat taqsimotining naf keltiradigan xususiyatlarini saqlab qolish va
zararli xususiyatlarini tugatish kerak. Metodologiya jihatidan bu o‘rinda
ijtimoiy jarayonlar dialektikasining ilmiy tahlilida tarixdan tashqari
yondashuv sezilib turadi. Prudon tovaming xususiyatini ham mana
shunday pozitsiyalardan turib «tadqiq» qiladi. Uning fikricha
qiymatning abadiy g ‘oyasi mavjud, bu g‘oya iste’mol qiymati talab va
kamchilik bilan, ayirboshlash qiymati esa taklif va mo‘l-ko‘lchilik bilan
belgilanadi. Talab bilan taklif o ‘rtasidagi kurashda tovaming qiymati
yoki narxi belgilanishini ta’kidlaydi.
U ish haqining harakati qonuniyatlarini ham oddiy va g ‘ayriilmiy
pozisiyalardan turib bayon etadi. Pmdon ishchilaming ish haqini
oshirish uchun kurashiga qarshi chiqadi, chunki bu narsa narx-navoning
yoppasiga ko‘tarilishiga yoki muhtojlikning kuchayishiga olib borar
emish.
P.Prudon yollanma ishchini ekspluatatsiya qilish mexanizmini
tushuna olmaydi. U kapital bilan mahsulotni aynan bir narsa, deb talqin
etib, butun kapitalning harakatini uning protsent keltiradigan qismi
harakatidan iborat, deb talqin etadi. Ssuda kapitalining harakatini Prudon
qarz bemvchi bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi bitim, deb hisobladi.
Prudonning nazariy sistemasida protsent mehnatni ekspluatatsiya
qilishning asosiy shakli tarzida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga u
protsent bilan yollanma ishchini ekspluatatsiya qilish mexanizmi
o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tushunmaydi.
P.Pmdon o‘zining «belgilangan qiymat» nazariyasini butun
iqtisodiy bilimi negizi, deb hisobladi. Bunda klassik maktabdan o‘zib
ketish
pinhona
istagigina
emas,
shu
bilan
birga
ijtimoiy
o‘zgartirishlaming yo‘llarini belgilash istagi ham namoyon bo‘ldi. Tovar
ishlab chiqarishini Pmdon insoniy ozodlikning va har bir kishi shaxsiy
mustaqilligining cho‘qqisi, deb biladi, mayda burjua nazariyotchisi
bo‘lgan Prudon bozor mexanizmining ba’zi bir salbiy jihatlarini:
mollaming qalashib ketishini, nomunosiblikni, xonavayron bo‘lish va
shu kabilami tan oladi. Prudon asosiy iqtisodiy ziddiyatlami
«qiymat»ning ichki ziddiyatlaridan: iste’mol va ayirboshlash qiymati
174
g‘oyalaridan iborat, deb biladi. «Belgilangan yoki sun’iy» qiymat
murosaga keltiruvchi timsol bo‘lib ko‘rinadi.
Bunday qiymat
ayirboshlashda vujudga keladi. U tovaming ijtimoiy boylik tarkibiga
bemalol kirib borishini bildiradi.
Binobarin tovar ishlab chiqarishining hamma qiyinchiliklarini
bartaraf qilish uchun har bir tovarga yo belgilangan qiymat qo‘yib
qo‘yish, yoki uning bozorda sotilishiga kafolat berish, tovar bilan pul
o‘rtasidagi ziddiyatni tugatish zarur. Prudon tilla bilan kumushni
«belgilangan» qiymatga ega bo‘lgan dastlabki tovarlar, deb ataydi.
P.Prudon daromad to‘g‘risidagi nazariyani siyosiy iqtisodda
daromadning asosiy manbayi deb qabul qilingan mehnat, kapital va
yerning mazmunini ko‘rib chiqishdan boshlaydi. Uning fikricha ishlab
chiqarish jarayonining o‘zi har uchala elementning ishga tushurilishi
natijasida yuz beradi. Lekin yer yoki kapital egasi o ‘zi hech narsa ishlab
chiqarmasdan o‘z daromadini olishini va ayni vaqtda ishchi o‘z mehnati
natijasida hosil bo‘lgan daromadining faqat kichkina bir qismini ish haqi
sifatida olishni adolatsizlik, deb baholaydi. P.Prudonning takror ishlab
chiqarish nazariyasi uning daromadlar to ‘g ‘risidagi fikrlari asosida
rivojlantiriladi.
Takror
ishlab
chiqarish
jarayoni,
olimning
fikricha
hamjamiyatdagi ishlab chiqarish va iste’molning muvozanati asosida
bo‘ladi. Lekin amaliyotda mulkchilaming ishlamay qo‘yganligi bu
prinsipning buzilishiga va natijada J.B.Sey ko‘rsatib o‘tgan «iqtisodiy
qonunning» ham buzilishiga olib kelmoqda.
P. Pmdon ijtimoiy masalalami hal qilishi zarur bo‘lgan
kapitalizmni isloh qilish loyihalarini o‘zining ko‘pgina asarlarida e’lon
qiladi. Ushbu asarlarda ijtimoiy adolat konsepsiyasini asoslash bilan
birga inqilobiy chiqishlar haqidagi har qanday fikmi inkor etadi.
Olimning islohotchilik g‘oyalarining ayrimlari S.Sismondi qarashlariga
o‘xshash bo‘lib, ular quyidagilarda o ‘z aksini topdi:
• «uchinchi shaxslar» ya’ni dehqonlar, hunarmandlar va mayda
kustar ishlab chiqaruvchilaming jamiyatdagi o ‘miga rahimdillik bilan
xayrixohlik bildirish;
175
• «mayda mulkchilik va mayda ishlab chiqarishni» iqtisodiyotdagi
yetakchilik o ‘mini e ’tirof etish bilan ulaming shart-sharoitlari,
ta’limotlarida to‘liq tenglikka erishish;
ijtimoiy
adolat
tamoyillariga
mos
ravishda jamiyat
manfaatlaridan kelib chiqib ishlab chiqarish ishtirokchilariga teng
daromad berish;
• kapital va daromadlar bir kishi qo‘li ostida konsentratsiya
qilinishiga va ayniqsa, mehnatni ekspluatatsiya qilishga yo‘l qo‘ymaslik.
Bundan tashqari faqat P.Prudon islohotchiligiga xos quyidagi g ‘oyalami
alohida ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:
• pulning (muomalada) haraktini bekor qilib, uning o‘miga ishchi
pullami muomalaga kiritish;
• foizni yo‘q qilish hisobiga foizsiz kreditlami tashkil qilish;
• xalq banklarini tashkil etish;
• islohotlar amalga oshirish jarayonining xotimasi sifatida
hukumatni bekor qilish.
Islohotchilik konsepsiyalarida P.Prudon Xalq bankiga katta umid
bog‘laydi. Uning banki sotsialist-rikardochilar taklif qilgan banklardan 3
xil o ‘ziga xoslik bilan farq qilar edi:
Birinchidan, undagi metall pullar dastlabki bonlar chiqarilishi
sababli pulga va tijorat voqealariga almashtirish yo‘li bilan sekin-asta
muomaladan chiqarilar edi.
Ikkinchidan, foizni birdaniga yo‘q qilmasdan, balki yuqori qayd
qilingan bosqichni amalga oshirishni 2%dan eng kam daraja-0,25%ga
tushirish hamda sotilmagan tovarlarga oldindan ssuda berilishi.
Uchinchidan Xalq banki kapitalni o‘ziga jalb qilmay, balki
aksincha kapital bilan yuzaga keladi.
P.Prudonning hukumatni bekor qilish g‘oyasi islohotlami amalga
oshirish davrida sinflaming umumlashuvi va yagona mehnatkashlar, o ‘z
mehnatining haqiqiy haqini oladigan sinfning yuzaga kelishi o ‘z
navbatida, hukumat faoliyatini keraksiz qilib qo‘yadi (anarxizm
g‘oyasi).
Prudon kapitalizmni isloh qilish loyihasida mayda tovar ishlab
chiqaruvchining o ‘z moli sotilishiga kafolat olish, mayda do‘kondoming
176
foizsiz kredit olish to ‘g‘risidagi asriy orzusini, burjua ziyolisining
kapitalizm sharoitida mutlaq mehnat erkinligi, qiymat qonuni asosida
tenglik imkoniyati to ‘g‘risidagi xomxayollarini
ifodalagan edi.
Prudonning «sotsializm»i
tovar bilan
pul
o‘rtasidagi
aloqani
soxtalashtirishga asoslangan. Shu loyihaning muallifi xususiy ishlab
chiqarishni tovami saqlab qolishga, ammo pulni ayirboshlashni,
ayirboshlash qiymatini bekor qilishga intilgan edi.
Prudon va prudonizm o ‘z davri da ishchilar harakatiga jiddiy xatar
solganligi sababli proletar ta’limotining asoschilari Prudonning mayda
ishlab chiqarish reformizmiga (islohotchiligiga) qarshi murosasiz
kurashdilar. Uni proletariatga dushman va revolyutsion harakatga xalaqit
beruvchi bir oqim, deb fosh qildilar. Bu kurashni K.Marks XIX asming
40-yillari o‘rtalaridayoq «Falsafa qashshoqligi» asarini tayyorlashdan
boshladi va marksizm rivojining keyingi davrlarida ham shu kurash
davom etdi.
Prudon falsafada Gegeldan, siyosiy iqtisodda esa A.Smit bilan
D.Rikardodan yuqori ko‘tarila olmadi. Uning ijtimoiy dasturlarida
mafkuraviy yo‘nalishni fosh qilishda alohida vazifalar kelib chiqdi.
Prudonizm mayda ishlab chiqarish muhitiga va uning puch xayollariga
tayanib, uzluksiz ravishda o‘zgarib boruvchi sharoitlarga moslashaverdi.
Karl Rodbertusning iqtisodiy g‘oyalari
Karl Iogann Rodbertus-Yagesov (1805-
1875) Germaniyada, Shimoliy Greyfsvoldda 1805-
yilda
tug‘ildi.
Gettingem
va
Berlin
universitetlarida
huquqdan
tahsil
olib,
shu
mutaxassislik bo‘yicha ma’lum vaqt ishladi.
Burjua
demokratik
revolyutsiyasi
yillarida
^ l l T qaoeia-jT parlament a’zosi, keyinchalik vazir (ministr)
lavozimlarida faoliyat ko'rsatdi.
K.Rodbertus
_ _ _
Qermanjya mayda burjua iqtisodiy ta’limoti vakili
177
bo‘lib, Sen-Simon va sotsialist-rikardochilar g ‘oyalari ta’sirida edi. U
utopik sotsializm va konservativ reformizm g ‘oyalari asosida o‘zining
konsepsiyasini yaratdi.
1842-yilda K.Rodbertus «Davlat-xo'jalik tizimimizni bilish
yo‘lida» deb nomlangan kitobini nashrdan chiqardi. Uning asarlari
«sotsial xatlar» shaklida yozilgan. U aynan shu kitobida qo'shimcha
qiymat nazariyasini ko‘rsatib o‘tdi. U o‘z fikrlarini yakunlab, shunday
deb yozadi: «Agar ishlab chiqarish qancha yuqori bo‘lsa, ishchining
yashashi
uchun zarur vositalardan tashqari
ko‘pgina iste’mol
buyumlarini yaratishi mumkin. Bu chegirtma yerga xususiy mulkchilik
va kapital mavjud sharoitda renta holiga aylanadi va kishilar tomonidan
mehnatsiz o ‘zlashtiriladi. Boshqacha qilib aytganda, renta olishning
asosiy usuli yerga xususiy mulkchilik va kapitaldir» K.Rodbertusning
nazariyasi va qisqacha xulosalariga yuqori baho berish mumkin, chunki
u A.Smit va D.Rikardo iqtisodiy ta’limotlari bilan yaqindan tanish va bu
ta’limotlami chuqur ilmiy tahlil qilgan edi.
Shuningdek, olim o ‘z xatlarining birida qo‘shimcha qiymat va
uning vujudga kelishini Marksdan oldinroq ko‘rsatganligini va aniq qilib
tushuntirganligini yozadi. Bu bilan u o‘zining qo‘shimcha qiymat
nazariyasidan Marks ijodiy foydalanganligini va hatto «o‘g ‘irlab»
o‘ziniki qilganligini isbotlamoqchi bo‘ladi. Shuni aytish zarurki, Marks
ta’limotiga nisbatan aytilgan bu tanqidlar Marksning o‘ziga ham ma’lum
edi. Marksning vafotidan keyin nemis kateder-sotsialistlari bu masalani
yana qayta ko‘tardilar. Ulaming asosiy maqsadlari Marks ta’limotini
kuchsizlantirish va uning ta’sir doirasini kamaytirish edi. 0 ‘z davrida
F.Engels bu fikrlar uydirma ekanligini va Rikardoning qiymat
nazariyasidan so‘lrikardochilar sotsialistik qisqacha xulosalarlar uchun
K.Rodbertusdan
oldinroq
ko‘rsatib
foydalanganliklarini
aytdi.
Shuningdek, u K.Rodbertus qo‘shimcha qiymatning foyda va yer
rentasiga aylanish qonunini, kapitalistik sinflar o‘rtasida qo‘shimcha
qiymatning taqsimlanishi, qonunni to‘liq tushunmay, faqat renta
nazariyasi bilan cheklanib qolganligini ham ko‘rsatib o ‘tdi.
Haqiqatdan ham foyda va yer rentasini ishchilarga haq
to‘lamaslik samarasi, deb hisoblash bu hali qo‘shimcha qiymatning
178
ilmiy nazariyasini yaratish, degan gap emas edi. Ingliz sotsialist-
rikardochilar bu masalada K.Rodbertusdan ancha ilgarilab ketdilar.
K.Rodbertusning iqtisodiy g‘oyalari yuqorida qayd etilgan asosiy
asaridan tashqari, katta jildni tashkil etgan to ‘rtta «ijtimoiy xati»da
bayon etilgan. Unda u qiymatning mehnat nazariyasini sodda
ko‘rinishda tahlil qildi. Qiymat ijtimoiy zaruriy mehnat bilan
aniqlanmasdan, balki barcha mehnat xarajatlari bilan aniqlanib, bu
o‘rinda bir xil mehnat xarajatlari har qanday ishlab chiqarishdan qat’iy
nazar bir xil qiymat hosil qiladi deb ko‘rsatiladi. Bundan tashqari
mehnat doimo qiymat vujudga keltirishi alohida ta’kidlanadi. F.Engels
«Falsafa
qashshoqligi»
asarining
so‘zboshisida
K.Rodbertus
qarashlaridagi bu holatni keskin tanqid qilib, o ‘zining qiymat
nazariyasida mehnatning ijtimoiy zaruriy xarakterini inkor etadi, deb
yozadi.
K.Rodbertusning fikricha mehnat qiymat o‘lchovi sifatida oltin va
kumushdan yuqori turadi, chunki u ish kunini o‘zgarmas o‘lchov, deb
hisoblaydi. Bu o ‘rinda «mehnat kunlari» ham izohlanadi. Lekin olim
xayoliy fikrlarga berilib, kapitalistik tovar xo‘jaligi sharoitida pulning
zaruriyatini to‘g‘ri tushuntirib bera olmadi. K.Rodbertus o‘zining
taqsimot nazariyasida klassik maktab vakillari yo‘l qo‘ygan xatolami
takrorlaydi. Taqsimot nazariyasi quyidagi tartibda tahlil qilinadi va uch
bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqichda K.Rodbertus ijtimoiy
(milliy) mahsulotni ish haqi va rentaga bo‘linishini ko‘rib chiqadi.
Ikkinchi bosqichda u rentani kapital va yer rentasiga bo‘lishga o ‘tadi. Va
nihoyat, uchinchi bosqichda K.Rodbertus barcha foyda va yer
rentasining kapitalist va yer egalari o ‘rtasidagi taqsimotini ko‘rib
chiqadi. K.Rodbertus ijodiy faoliyatining so‘nggi yillari qiymatning
mehnat
nazariyasidan
uzoqlashib
mayda
ishlab
chiqaruvchilar
manfaatlariga mos tushuvchi jamiyatni qayta qurish loyihalarini e’lon
qilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Kapitalizmni Rodbertuschasiga isloh qilish
sinfiy kurashsiz evolyutsion yo‘l bilan amalga oshirishni ko‘zda tutar
edi. Bu yo‘l keyingi islohotchilik yo‘nalishidagi nazariy maktab
tomonidan qoilaniladi. Bu olimning asarlari rus tilida to‘la chop etilgan.
179
Do'stlaringiz bilan baham: |