Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi Iqtisodiy taraqqiyot J.S.Mill ta’limoti
bo‘yicha fan-texnika taraqqiyoti, shaxsning va mulkning rivojlanishi bilan
bog‘liq. Ishlab chiqarish va jamg‘arish ko'payadi, soliqlar ancha
erkinlashadi, ko‘pchilik kishilaming ishbilarmonligi oshadi, kooperatsiya
takomillashib va rivojlanib boradi. Bulaming barchasi samaradorlikning
o‘sishiga, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga va qiymatning
pasayishiga olib keladi (oziq-ovqat va xomashyo qiymatidan tashqari).
J.S.Millda kapital evolyutsiyasi D.Rikardo nazariyasiga o ‘xshab
ketadi. Foyda m e’yori pasayib boradi, asta-sekin minimum darajaga
intiladi, lekin bu holat hali ham kapitalni jam g‘arishga va jam g‘arilgan
vositalardan unumli foydalanishga undaydi. Foiz me’yorining
minimum darajasiga bo‘lgan intilishni chetga kapital chiqarish va
eksportni ko‘paytirish bilan sekinlashtirish mumkin. Bunda foyda
me’yorini pasaytiruvchi kapitalning ortiqcha qismi chetga chiqib
ketadi; bu yerda kapital yo‘qolmaydi, balki u yangi bozorlami tashkil
etish va chetdan arzon tovarlarni olib kelish uchun ishlatiladi.
160
Kapitalning bir qismining chetga chiqib ketishi foydani va foiz
me’yorini oshirib, jam g‘armaga bo‘lgan yangi intilishni keltirib
chiqaradi. U shuningdek, foyda me’yorining pasayish moyilligi davlat
xarajatlarini oshirishga qarshi bo‘lgan dalillami kuchsizlantiradi, deb
hisoblaydi.
Ko‘rilayotgan kapital harakatining oxirgi natijasi bu iqtisodiy
yuksalish uchun kurash to'xtagan paytdagi turg‘unlik holati hisoblanadi.
Ammo J.S.Mill agar turg‘unlik holati ishlab chiqarishning yuqori
darajasida yuzaga kelgan bo‘Isa, unga ijobiy munosabatda bo'lgan
«Faqat dunyodagi qoloq mamlakatlarda ishlab chiqarishni ko‘paytirish
eng asosiy vazifa hisoblanadi. Ancha rivojlangan mamlakatlarda
taqsimotni takomillashtirish iqtisodiy zaruratga aylandi». Uning fikriga
ko‘ra hech kim kambag‘al bo‘lmagan, hech kim boylikka intilmagan va
birovlaming oldinga chiqib olishga qilgan harakati tufayli boshqalaming
orqaga surib tashlanishi xavfi bo‘lmagan vaziyatdagi jamiyat odamlar
uchun eng yaxshi yashaydigan jamiyat hisoblanadi. Bunday turg‘unlik
davrida madaniyatning barcha shakllarini rivojlantirish, ma’naviy va
ijtimoiy taraqqiyot uchun imkoniyatlar cheklanmagan bo‘ladi.
Odam o‘zi yaratmagan narsalarga uning egalik qilish huquqini
adolatsizlik, deb hisoblovchi xususiy mulk tanqidiga J.S.Mill qarshi
chiqdi. Masalan, ishchilar fabrikada barcha mahsulotni yaratadi, lekin
uning ko‘pchilik qismi boshqa birovga tegadi. «Bu e’tirozga javob
shundan iboratki, fabrikada mehnat tovar ishlab chiqarish uchun zarur
bo‘lgan sharoitlaming biri hisoblanadi xolos. Ishni materiallarsiz, asbob-
uskunalarsiz hamda ishlab chiqarish paytida ishchilami ta’minlash
uchun oldindan tayyorlangan yashash vositalari zaxiralarisiz bajarib
boimaydi.
Bu narsalaming hammasi
o ‘tgan mehnat
mahsuli
hisoblanadi. Agar ishchilar bu narsalarga ega bo‘lganda, ularda
mahsulotni boshqa birovlar bilan bo‘lishishga zarurat bo‘lmas edi.
Ammo ishchilarda bu narsalar bo‘lmaganligi uchun ular ekvivalentning
bir qanchasini (mahsulotlaming bir qismini-muallif) ushbu narsalarga
egalik qiluvchi kishilarga berishi kerak». Ammo xususiy mulk
161
doirasidan yer chiqarib tashlanishi lozim (chunki u mehnat mahsuli
hisoblanmaydi).
Ijtimoiy masalalar. Ko‘pchilik klassiklaming konsepsiyasida
mehnatning qiymati ishchining hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan
narsalaming qiymati bilan aniqlanadi. Ish haqi talab va taklif nisbatiga
bog‘liq holda mehnat qiymati atrofida tebranib turadi. Bu qonunning
amal qilishi kishilaming xohishiga bogiiq bo‘lmaydi va shuning uchun
yollanma ishchilaming ahvolini yaxshilashga yo‘naltirilgan har qanday
ijtimoiy chora-tadbirlar befoyda. Ishchilaming ahvolini yaxshilash
iqtisodiyotda kapital qo‘yilmasini kengaytirish (mehnatga talab oshadi)
yoki aholi o‘sishini kamaytirish (mehnat taklifi qisqaradi) bilan amalga
oshirilishi mumkin. J.S.Mill dastlab ushbu tamoyillami yoqlab chiqqan
bo‘lsada, ammo keyinchalik undan voz kechadi.
Sotsialistlar g ‘oyasining ta’siri va taqsimot qonunlarining tarixiy
xarakterini tan olishi (tarixiy bo‘lganidan ulami o‘zgartirish mumkin)
ingliz iqtisodchisini klassik maktabning qator qoidalaridan voz
kechishga majbur etdi. U ijtimoiy islohotlaming keng dasturini ilgari
surdi va o ‘z takliflarini bildirdi. Ular quyidagilami o‘z ichiga oladi:
1. Ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivoj lantirish y o ii bilan
yollanma mehnatni tugatish, J.S.Mill fikricha mehnatga bo‘lgan
qiziqishni yo‘qotadi. Shuning uchun kapitalistik korxonalar o‘miga
kooperativ birlashmalami tashkil etish zarur, unda ishchilar bir vaqtning
o‘zida mulk egasi ham hisoblanadi. U kasaba uyushmalarining
rivojlanishi,
kapitalistik
korxonalaming
foydasini
taqsimlashda
ishchilaming ishtirok etishi tarafdori bo‘lgan.
2. Yer rentasini yer solig‘i yordamida umumlashtirish. Renta
yollanma mehnat kabi iqtisodiy erkinlik tamoyillariga zid. Renta yer
egasiga emas, balki jamoaga (qishloq kooperativlariga) yoki barcha
jamiyatga tegishli bo‘lishi kerak.
3. J.S. Mill mayda yer egalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning
fikricha, o‘z yerida ishlovchi ko‘pchilik dehqonlar renta to‘lashdan
ozod, ular mustaqil va tashabbuskor, shuningdek, yollanma ishchilardan
farqli ravishda haddan tashqari o ‘z oilasini kengaytirishga moyil emas.
162
J.S. Mill o‘zining ijtimoiy islohotlar dasturida «amaldagi
individual erkinlik bilan Yer sharidagi tabiiy boyliklarga egalik
qilishning umumiyligini va mehnat daromadlarida barchaning baravar
ishtirok etishini birlashtirish»ga harakat qildi. Bunda u go‘yoki bir-
biriga qarshi ikki yo‘nalish: iqtisodiy erkinlik prinsipi bilan ijtimoiy
adolat prinsipini birlashtirmoqchi bo‘lgandek tuyuladi. Ijtimoiy
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti tajribasi buning mumkin ekanligini
ko'rsatib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |