Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 .3 .  J .B .S e y n in g   iq t is o d iy   t a ’lim o t i



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

9 .3 .  J .B .S e y n in g   iq t is o d iy   t a ’lim o t i
Yevropadagi  ko‘pchilik  rivojlangan  mamlakatlar  va  AQShda 
butun  XIX  asr  davomida,  ya’ni  klassik  siyosiy  iqtisodning  marjinalizm 
bilan  o‘rin  almashish  davriga  qadar,  klassik  maktab  g ‘oyalarining  va 
konsepsiyalarining  keyingi  rivojlanishida  A.Smit  ta’limoti  asos  bo‘lib 
keldi.  Shu ma’noda Fransiyada A.Smit g‘oyalarini ancha izchil va ijodiy 
davom ettirgan olim 
Jan  Batist Sey (1767-1832) 
hisoblanadi.
U  1767-yil  5-yanvarda Lionda  savdogar oilasida tug‘ildi.  Oilaviy 
tadbirkorlik an’analami davom ettirish uchun zarur bo‘lgan bilimni olish 
bilan  birga,  J.B.Sey  o ‘z  bilimini  mustaqil  oshirish,  ayniqsa,  siyosiy 
iqtisodni o ‘rganish bilan shug‘ullandi. Keyinchalik ma’lum boiishicha u 
A.Smitning  “Xalqlar  boyligi”  asariga  asosiy  e’tibor  qaratgan.  Undagi 
g‘oyalami  ommaviylashtirish,  uning  fikricha  Fransiya  manfaatlariga 
ham, shuningdek, barcha insoniyat manfaatlariga ham xizmat qiladi.
J.B.Sey  hayotda  har  xil  mashg‘ulot  turlari  bilan  shug‘ullandi.  U 
savdo  kontorasida nazoratchi  bo‘lib  ishladi,  Fransiya  armiyasida xizmat 
qildi,  nufuzli  jumal  muharriri  bo‘ldi,  davlat  muassasalarida  ishladi. 
Ammo  uning  hayotidagi  asosiy  ishi  -   iqtisodiy  bilim  sohasidagi 
tadqiqotidir.  U  o ‘zining 
«Siyosiy  iqtisod  traktati»  (1803) 
asarida 
A.Smit  konsepsiyasini  tizimlashtirishga,  uni  keng  xalq  ommasi  uchun 
tushunarli  qilib  berishga  harakat  qildi.  Unda  J.B.Sey  sanoatning 
yuksalishiga  va  xalq  boyligini  ko‘paytirishga  to‘sqinlik  qiluvchi  “man 
etuvchi  tizim”ga  qarshi  chiqdi.  «Traktatdagi»  iqtisodiy  liberalizm
163


to‘g ‘risidagi g ‘oya xususan, davlatning iqtisodiyotga va xo‘jalik hayotini 
qayta  qurishga  aralashmasligi  to‘g‘risida  g ‘oyaning  amalga  oshirilishi 
harbiy-sanoat  boshqaruvini  o‘sha  davr  Fransiya  hukumatidagi  real 
hukmronlikdan mahrum qilgan bo‘lar edi.
Napoleon  “Traktat”  bilan  tanishib  chiqqach,  uning  muallifini 
suhbatga  chaqirgan  va  unga  o‘z  asarini  tubdan  qayta  ishlashni  taklif 
qilgan.  J.B.Sey  bu  taklifni  rad  etdi  va  siyosiy  “sahnadan”  ketishga 
majbur bo‘ldi.
Ammo  tinib-tinchimas  J.B.Sey  o‘zining  xususiy  ip  yigirish 
fabrikasini  ochdi.  Keyinchalik,  1813-yili  uni  sotib,  topgan  puliga 
«Traktat»ni  ikkinchi nashrdan chiqarish uchun Parijga qaytib keldi.  Asar 
1814-yili  chop  etiladi,  so‘ngra  qisqa  vaqt  ichida  yana  uch  marta  1817, 
1819  va  1826-yillarda  qayta  nashr  etildi.  Bu  asar  tez  orada juda  ko‘p 
tillarga tarjima qilindi.
Fransiyada Napoleon tuzumining yemirilishi bilan vujudga kelgan 
o ‘zgarishlar  J.B.Seyning  iqtisodchi-olim  va  jamiyat  arbobi  sifatidagi 
nomini  oqladi.  U  ruhlanib,  siyosiy  iqtisod  bo‘yicha  o‘z  asarlari  ustida 
ishlashni  davom  ettirdi,  ko‘p  leksiyalar  o‘qidi  va  ularda  iqtisodiy 
nazariya  qoidalarini  tizimlashtirish  va  ommaviylashtirish  mahoratini 
namoyish  etdi.  J.B.Sey  asarlarida  iqtisodiy  fan  sof nazariy  va  tavsifiy 
fanga  aylandi.  U  iqtisodiy  nazariyadan  siyosatning,  ideologiyaning  va 
statistikaning ajralib chiqishini ma’qulladi.
«Sey  qonuni».  J.B.Sey  A.Smitning  erkin  bozor,  bahoning  erkin 
shakllanishi,  ichki  va tashqi  savdo, tadbirkorlaming cheklanmagan erkin 
raqobati  va  proteksionizmning  har  qanday  ko‘rinishiga  yo‘l  qo‘ymaslik 
tamoyillarini  qoilab-quvvatladi  va  ulami  ko‘klarga  ko‘tardi.  Agar  bu 
tamoyillar  qo‘llanilsa,  J.B.  Sey  bashoratiga  ko‘ra  ortiqcha  ishlab 
chiqarish  ham,  ijtimoiy  mahsulotni  to‘la  iste’mol  qilmaslik  ham 
boMmaydi,  ya’ni  iqtisodiy  inqirozlaming  obyektiv  zarurligi  kelib 
chiqmaydi.  U  bu  g ‘oyani  rivojlantirib,  o ‘zining  «bozor  qonuni»ni 
yaratdi.  U  “Sey  qonuni”  deb  ataladi.  Bu  qonunning  mohiyatiga  ko‘ra 
har  qanday  ishlab  chiqarish  daromadlarni  keltirib  chiqaradi,  bu 
daromadlarga  qiymati  ularga  teng  bo‘lgan  tovarlar  sotib  olinadi,
164


yalpi  talab  esa  hamisha  yalpi  taklifga  teng  boMadi. 
Boshqacha  qilib 
aytganda,  tovarlar  taklifi  o ‘zi  uchun  shaxsiy  talabni  yaratadi,  ya’ni  o‘z 
tovarini  sotib  daromad  olgan  har  bir  kishi  ushbu  daromadga  mos 
ravishda talabni keltirib chiqaradi (boshqa tovarlar sotib olinadi).
Agarda  hamma  ishlab  chiqarilgan  tovarlami  bozorga  yetkazish 
uchun yetarli  sotuv  kuchi  vujudga keltirilsa,  bozorda bu  sotuv  kuchidan 
foydalanishni  nima  kafolatlaydi?  Sey  qonunida  quyidagi  oddiy  javob 
keltirilgan:  taklif o‘z talabini  o‘zi  yaratadi.  Bunda muammo  boMmasligi 
mumkin,  lekin  taklif  potensial  talab  yaratadi,  biroq  potensial  talab 
bozorda  haqiqiy  talab  sifatida  qoMlanilish  yoki  qoMlanilmasligini  hal 
qilish  kerak.  Rikardo,  Jeyms  Mill  va  Sey  bunga  barcha  potensial  sotuv 
qobiliyati  iste’molchi  yoki  tovar  ishlab  chqaruvchi  uchun  talab  sifatida 
bozorga  qaytarilgan,  degan  oddiy  yondashuv  bilan  murojaat  qildilar. 
Mantiqan  olganda  ular  Smitning  investitsiya  kiritish  qarorini  saqlab 
qolish  qarori  vaziyatiga  qaytdilar.  Ular zaxira to‘plash  imkoniyatini  rad 
etdilar,  ya’ni  hech  kim  oltinni  qutida  qulflab  saqlolmaydi.  Ulaming 
tizimida  pul  faqatgina  ayirboshlash  vositasi  boMgan,  shunday  qilib  ular 
depressiya  yoki  turg‘unlikning  pulga  oid  sabablarining  ehtimolini  rad 
etganlar.  Klassiklar  izohiga  ko‘ra  Sey  qonunining  kamchiliklari  bor, 
Maltus hech qachon bu qiyinchiliklami aniq namoyish etmagan. U qabul 
qilingan  taxminlar  o‘z  isbotiga  muhtoj  boMishi  narariyasini  rad  etishga 
uringan.  U  bu  nazariya  noto‘g ‘ri  boMgan,  deb  gumon  qilgan,  lekin  u 
hech qachon  bunday tanqid yoki  daromadlar miqdori  va iqtisodiy  o ‘sish 
darajasining  hal  qiluvchi  omillarining  muqobil  nazariyasini  aniq 
ifodalab berolmagan.21
Demak,  jamiyat  miqyosida  taklif  va  talab  muvozanatlashadi, 
ortiqcha  ishlab  chiqarish  boMmaydi.  Ortiqcha  ishlab  chiqarish  faqat 
ayrim  tarmoqlarda  boshqa  tarmoqlardagi  kam  ishlab  chiqarish  hisobiga 
vujudga  keladi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  ko‘p  ishlab  chiqarishdan 
qo‘rqmaslik  kerak,  faqat  ayrim  tovarlaming  ortiqcha  ishlab  chiqarilish 
xavfi tugMlishi  mumkin.  «Sey  qonuni»  nomini  olgan bu qoida klassiklar
21  H istory o f  economic thought.  Harry Landreth,  D avid C.  C olander  159-162-b.
165


makroiqtisodiy  nazariyasining  asosini  tashkil  etdi  va  keyinchalik 
J.M.Keyns  tomonidan  inkor  etildi.  J.M.  Keynsning  tasdiqlashicha, 
odamlar  daromadlaming  barchasini  iste’molga  sarflamaydilar,  balki 
ulaming  bir  qismini  jamg‘arib  boradilar.  Bu  esa  shunga  muvofiq 
ravishda  yalpi  talabni  kamaytiradi,  ish  bilan  bandlikni  qisqartiradi. 
Pirovard  natijada  bunday  holat  Sey  qonunining  noto‘g ‘ri  ekanligini 
keltirib  chiqaradi.  Chunki  bu  qonunga  muvofiq  iste’molga  sarflanishi 
kerak  bo‘lgan  daromadning  bir  qismi  jam g‘armaga  ajratiladi.  Demak, 
yalpi  taklif  bilan  u  keltirib  chiqaradigan  yalpi  talab  o ‘rtasidagi 
muvozanat buziladi.
Ammo  «Sey  qonuni»ning  muhim  tomoni  shundan  iboratki, 
iqtisodiy  liberalizmning  barcha  prinsiplariga  jamiyat  tomonidan  rioya 
qilinsa,  ishlab  chiqarish  (taklif)  o ‘ziga mos  ravishda  iste’molni  (talabni) 
keltirib chiqaradi, ya’ni tovar va xizmatlami ishlab chiqarish A.Smitning 
«tabiiy  tartib»  (pulning  passiv  roliga  asoslangan  mehnat  natijalarini 
ayirboshlash) 
sharoitida  albatta, 
shunday 
daromadlami 
keltirib 
chiqaradiki,  ularga  bu  tovar  va  xizmatlar  erkin  amalga  oshiriladi. 
Iqtisodiy  liberalizm  konsepsiyasining  barcha  tarafdorlari  tomonidan 
«Sey  qonuni»  shu ko‘rinishda qabul  qilingan  va bozorda  bahoning erkin 
tashkil  topishi  xo‘jalik  konyunkturasidagi  o‘zgarishga  darhol  moslasha 
oladi,  iqtisodiyotning o‘zini o ‘zi tartibga solib turishini  kafolatlaydi,  deb 
hisoblagan.
Haqiqatan  ham  agar  pul  faqat  hisob-kitob  birligi  hisoblangan 
barterli  iqtisodiyot  amal  qiladi,  desak  unda  taklif  miqdori  talab 
miqdoriga  teng  bo‘ladi,  ortiqcha  ishlab  chiqarish  bo'lmaydi.  Bu  Sey 
qonunining mohiyatini tashkil etadi.

Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish