1 0 .3 . M a rk sn in g q iy m a t n a z a r iy a si
Marks ta’limotiga binoan har bir tovaming qiymati uni ishlab
chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat bilan о ‘Ichanadi. Bir
turdagi tovami ishlab chiqarish uchun turli miqdorda mehnat sarflanadi.
Buning natijasida tovarlar har xil individual qiymatga ega bo‘ladi. Lekin
qiymat o ‘zida ijtimoiy mehnatni mujassamlashtirganligi sababli uning
miqdori individual mehnat sarflari bilan emas, balki ijtimoiy zarur
mehnat bilan o‘lchanadi, ijtimoiy zarur ish vaqti bilan belgilanadi.
«Iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan qiymat miqdori, deb yozadi K.Marks, -
uni ishlab chiqarish uchun kerak bo‘lgan ijtimoiy zarur mehnat miqdori
187
bilangina, ya’ni ijtimoiy zarur ish vaqti bilangina belgilanadi. Har bir
ayrim tovar o ‘z jinsidan bo‘lgan tovarlaming faqat o‘rtacha nusxasi
sifatida ahamiyatga ega». Ijtimoiy zarur ish vaqti me’yoriy ishlab
chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va
intensivligining darajasi о ‘rtacha bo ‘Igan sharoitda biron-bir tovar
tayyorlash uchun sarflanadigan vaqtdir. Ushbu tushunchalar yordamida
qiymat
qonuni
shakllanadi:
almashuv
jarayonida
(ekvivalent
ekvivalentga singari) tovarlar o ‘zining qiymati bo‘yicha ayirboshlanadi
(ularda
mujassamlashgan
ijtimoiy
zarur
ish
vaqti
bo‘yicha).
K.Marksning tasdiqlashicha har qanday jamiyatda qiymat qonuniga
amal qilmagan ayirboshlashning bo‘lishi mumkin emas. Qiymat esa,
yuqorida qayd qilib o‘tganimizdek, ayni jamiyatda o ‘rtacha mehnat
sarflari bilan o ‘lchanadi. Bu ayirboshlanadigan tovarlami taqqoslashning
yagona o ‘lchovi mehnat ekanligini bildiradi. Tovarlaming foydaliligi
bunday umumiy o ‘lchov bo‘la olmaydi, negaki ular miqdor jihatidan
taqqoslanmaydi.
K.Marksning
qiymat
nazariyasi
D.Rikardoning
qiymat
nazariyasidan farqlanishiga e ’tibor berish zamr. D.Rikardo tovarlaming
nisbiy qiymati to‘g‘risida so‘z yuritadi: A va В tovarlar bir-biriga
ayirboshlanadi, chunki ulami ishlab chiqarish taxminan bir xil mehnat
sarflarini taqozo etadi. K.Marksda esa qiymat tovarga xos obyektiv
xususiyatdir.
Q o‘shimcha qiymat nazariyasi Qiymatni aniqlab va qiymat
qonunini ta’riflab bergach K.Marks qo‘shimcha qiymatni tahlil qilishga
o‘tdi. Bu uning nazariyasida markaziy tushuncha hisoblanadi. Bu yerda
asosiy savol tug‘iladi: agar «ekvivalentli ayirboshlash» tamoyili
bo‘yicha barcha mahsulotlar o‘z qiymatiga olinsa va sotilsa, unda
qo‘shimcha qiymat qanday hosil boiadi? Marks ta’limoti bo‘yicha u
quyidagicha ishlab chiqariladi.
Tovar ishlab chiqarish taraqqiyotining ma’lum bosqichida pul
kapitalga aylanadi. Tovar muomalasining formulasi T-P-T (tovar-pul-
188
tovar), y a ’ni boshqa bir tovami sotib olish uchun tovar sotishdir.
Kapitalning umumiy formulasi P-T-P, ya’ni sotish uchun tovami sotib
olishdir. T-P-T mazmuni: odamlar o ‘rtasida har xil foydalilik ayirbosh
qilinadi. P-T-P doiraviy aylanishda maqsad foyda olish hisoblanadi.
Demak, P ’>P bo‘lishi kerak. Bu o‘sish qayerdan keladi (Marks uni
«qo'shimcha qiymat» deb ataydi)? Qo‘shimcha qiymat tovarlar
muomalasida
paydo
bo‘lmaydi,
chunki
tovar
ekvivalentli
ayirboshlanadi, qo‘shimcha qiymat bahoning ustiga qo‘shib sotishdan
ham kelib
chiqmaydi,
chunki
bunday bo‘lganda xaridor va
sotuvchilaming o ‘zaro yutuq va yutqiziqlari bir-birini qoplagan bo‘lar
edi, holbuki gap ayrim hodisa ustida emas, balki ommaviy, o ‘rtacha,
ijtimoiy hodisa ustida boradi. Qo‘shimcha qiymat olish uchun «pul egasi
bozordan shunday bir tovar topish baxtiga erishmogT kerakki, bu tovar
iste’mol qiymatining o ‘zi qiymat manbayi bo‘lishdek orginal bir
xususiyatga ega bo‘lsin», u shunday tovar boiishi kerakki, bu tovami
iste’mol qilish jarayoni ayni paytda qiymat yaratish jarayoni ham
bo‘lsin. Bunday tovar - ishchi kuchidir. Ishchi kuchining iste’mol
qilinishi mehnatdir, mehnat esa qiymat yaratadi. Pul egasi ishchi kuchini
uning o‘z qiymati bo‘yicha sotib oladi. Ishchi kuchi tovarining qiymati
ishchining va uning oilasining yashashi uchun zarur bo‘lgan tirikchilik
vositalari qiymati bilan belgilanadi. Ishchi o‘z ishchi kuchi qiymatidan
ortiqcha qiymat yaratish xususiyatiga ega. Faraz qilaylik, ishchi kun
bo‘yi 10 soat ishlaydi. Holbuki, ishchi 5 soat mobaynida (Marks atamasi
bo‘yicha «zarur ish vaqtida») o ‘z qiymatiga teng qiymat yaratadi,
keyingi 5 soat mobaynida («qo'shimcha ish vaqtida») esa qo‘shimcha
mahsulot yoki qo‘shimcha qiymat yaratiladi. Kapitalist bu qo'shimcha
qiymatni haq to ‘lamasdan o‘zlashtirib oladi. K.Marks bo‘yicha,
kapitalist tomonidan qo'shimcha qiymatning o‘zlashtirib olinishi
mehnatning ekspluatatsiya qilinishidir. K.Marks o ‘zi ishlab chiqqan
«formula»
yordamida
ushbu
ekspluatatsiya
darajasini,
ya’ni
ekspluatatsiya m e’yorini ko‘rsatib berdi. Qo‘shimcha qiymatning ishchi
189
1
kuchi qiymatiga - o‘zgaruvchi kapitalga bo‘lgan nisbatini (mashinalar
va xomashyoda ifodalangan doimiy kapital esa o ‘z qiymatini faqat yangi
mahsulotga o‘tkazishi mumkin, lekin qo‘shimcha qiymat yaratmaydi) u
Do'stlaringiz bilan baham: |