Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 0 .4 .  K .M ark sn in g  I jtim o iy   fo r m a ts iy a la r   n a z a r iy a si



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

1 0 .4 .  K .M ark sn in g  I jtim o iy   fo r m a ts iy a la r   n a z a r iy a si
K.Marksning  asosiy  ilmiy  yutuqlaridan  biri  shundan  iboratki,  u 
ijtimoiy-iqtisodiy  formatsiyalar,  ulami  tashkil  etuvchi  elementlar, 
formatsiyalaming almashuv  sabablari  to‘g‘risida ta’limot yaratdi.  U  uch 
yirik  (ijtimoiy-iqtisodiy  formatsiyani)  ijtimoiy  taraqqiyot  bosqichini 
ko‘rsatib berdi.
1.  Arxaik  (birlamchi)  formatsiya:  sinfiy  jamiyatgacha  bo‘lgan 
jamoa.
2.  Iqtisodiy  (ikkilamchi)  formatsiya:  sinfiy  jamiyat;  xususiy 
mulkchilikka  asoslangan  antik,  feodal  va  kapitalistik  ishlab  chiqarish 
usuli.
3.  Kommunistik  formatsiya:  kishining  kishi  tomonidan  zulm  va 
ekspluatatsiya qilinishi muammosini hal qiluvchi sinfsiz jamiyat.
K.Marks  ta’limotiga  ko‘ra  bir  formatsiyadan  ikkinchisiga  o‘tish 
ijtimoiy  inqilob  orqali  amalga  oshadi,  ya’ni  «kapitalizm  qobig‘I
2 0 1


portlaydi»,  eski  ishlab  chiqarish  munosabatlari  yemirilib,  ijtimoiy 
tizimning yangi  iqtisodiy bazisi shakllanadi.
Agar  industrial  jamiyatning  dastlabki  bosqichlarida  kapitalistik 
munosabatlar 
iqtisodiy 
o ‘sishni 
rag‘batlantirsa, 
keyinchalik 
bu 
munosabatlar  iqtisodiy  o‘sishning  «kishaniga»  aylanadi,  zamon  talabiga 
javob  bera  olmaydi.  Uning nazariyasiga ko‘ra  kapitalizm  halokatga yuz 
tutadi. Chunki u o‘zining ichki ziddiyatlarini yechishga qodir emas.
Uningcha  kapitalizm  o ‘miga  dolzarb  muammolami  yecha 
oladigan,  sanoat  sivilizatsiyasi  yutuqlaridan  unumli  foydalanish 
imkonini  beradigan  yangi,  ancha  takomillashgan jamiyat  kelishi  kerak. 
K.Marks  ortiqcha  ishlab  chiqarish,  ishsizlik  va  kambag‘allikni  stixiyali 
bozor  iqtisodiyotining  muqarrar  hamrohi  hisoblagan  boisa,  kelajakda 
bo‘ladigan  ancha  takomillashgan  iqtisodiyot  esa,  ijtimoiylik  asosida 
tashkil  etilgan  bo‘lishi,  yagona  reja  bo‘yicha  ishlashi  kerak.  Uning 
tasdiqlashicha,  bunday  jamiyatda  «oldindan  ongli  tarzda  tuzilgan  reja 
bo‘yicha  ijtimoiy  ishlab  chiqarishni  amalga  oshirish  uchun  imkon 
tug‘iladi».
Shu  narsani  qayd  qilib  o ‘tish  kerakki,  kapitalizmning  muqarrar 
halokati  to‘g ‘risidagi  K.Marks  dalillarida  asosiy  narsa  jamiyatdagi 
sinflar o ‘rtasida daromadlar taqsimotining  bozor tamoyili  buzilganligida 
emas,  balki  bu  tizimning  to ‘la  ish  bilan  bandlikni  ta’minlay  olmasligi, 
mustamlakadagi  ekspluatatsiyaga  va  urishlarga  bo‘lgan  moyilligi 
hisoblanadi.  U  sotsializm  va  kommunizmni  ijtimoiy  jihatdan  ideal 
hisobladi,  ulami  noantagonistik  kommunistik  jamiyatning  fazalari  deb 
atadi.  K.Marks  nazariyasiga  binoan  kommunizm  —  ishlab  chiqarish 
vositalari  bir  butun  umumxalq  mulki  hisoblangan,  jamiyatning  barcha 
a’zolari ijtimoiy jihatdan batamom teng bo'lgan sinfsiz tuzumdir.
Ammo  K.Marksning  sinfsiz jamiyat  ideallari  tantanasiga  bo‘lgan 
qat’iy  ishonchi  eng  avvalo,  klassik  iqtisodiy  maktabning  sinflar 
nazariyasiga  asoslanadi.  U  o ‘zini  klassiklaming  davomchisi  hisoblagan 
holda  haqiqatan  ham  iqtisodiy  o‘sish  muammosi  bilan,  xususan, 
farovonlik  va  daromadlaming  o‘sishi  hamda  daromadlaming  mehnat, 
kapital  va  yer  egalari  o ‘rtasida,  ya’ni  sinflar  o ‘rtasida  taqsimlanish
202


muammosi  bilan  shug‘ullandi.  Lekin  uning  sinflar  nazariyasidagi 
markaziy  g‘oya  sinfiy  kurash  hisoblanadi.  «Hozirga  qadar  o ‘tgan 
hamma jamiyatlar tarixi,  deb  yozadi  K.Marks, -  sinflar kurashi tarixidir. 
Hur va qul, patritsiy va plebey, pomeshchik va krepostnoy,  usta va xalfa, 
qisqasi,  zolim  va  mazlum  o‘rtasida  doim  antagonizm  bo‘lib  keldi;  ular 
har doim  goh yashirin,  goh ochiq  bir-biriga qarshi  kurash  olib  bordi.  Bu 
kurash  har safar butun jamiyatni  inqilob  asosda boshqatdan  qurish  bilan 
yoxud  kurashuvchi  sinflaming  umumiy  halokati  bilan  tugadi». 
Marksning  fikricha  o‘zining  kuchayib  borayotgan  ziddiyatlari  bilan 
kapitalistik  jamiyat  ham  bundan  mustasno  emas:  turmush  darajasi 
muttasil  pasayib  borayotgan  sanoat  ishchilari  sinfi  kapitalizm 
«go‘rkoviga» 
aylanib 
boradi. 
K.Marksning 
bashorati 
to‘g‘ri 
chiqmaganligini  hayotning  o‘zi  ko‘rsatdi.  Kapitalizm yangi  real  hayotga 
moslasha bildi va ancha yuqori  iqtisodiy o ‘sishni ta’minlay oldi.
Xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  J.S.Mill  va  K.Marks  ijodi 
U.Pettidan  boshlangan  klassik  iqtisodiy  maktabning  yakunlanganligini 
bildiradi. Mazkur maktabning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
1
.  Inson  faqat  o‘z  foydasiga,  o‘z  ahvolini  yaxshilashga  intiluvchi 
kishi sifatida ko‘riladi.
2.  Iqtisodiy bitimda ishtirok etuvchi barcha tomonlar qonun oldida 
ham,  shuningdek, uzoqni ko‘zlab ish yuritishda ham erkin va barobar.
3.  Har bir iqtisodiy  subyekt har qanday  bozordagi  baho,  foyda,  ish 
haqi va renta to‘g‘risida to‘Iiq ma’lumotga ega.
4.  Bozor  resurslaming  to‘la  harakatini  ta’minlaydi:  mehnat  va 
kapital bir zumda kerakli joyga oqib o ‘tishi mumkin.
5.  Ish haqi bo‘yicha ishchilar sonining elastikligi birdan kam emas. 
Boshqacha qilib  aytganda,  ish  haqining  har  qanday  oshishi  ishchi  kuchi 
sonining  ko‘payishiga  olib  keladi,  ish  haqining  har  qanday  kamayishi 
esa ishchi kuchi sonining kamayishiga olib keladi.
6
.  Kapitalistning  birdan  bir  maqsadi  kapitaldan  keladigan  foydani 
maksimallashtirish hisoblanadi.
7.  Mehnat bozorida  pullik  ish  haqi  mutlaq  moslashuvchan  bo‘ladi 
(uning miqdori faqat talab va taklif nisbati bilan aniqlanadi).
203


8
.  Boylikni  ko‘paytirishning  asosiy  omili  kapital  jam g‘arilishi 
hisoblanadi.
9.  Raqobat  takomillashgan  bo‘lishi,  iqtisodiyot  esa  davlatning 
haddan  tashqari  aralashuvidan  erkin  bo‘lmog‘I  kerak.  Bunday  sharoitda 
«ko‘rinmas q o i»  resurslaming optimal taqsimlanishini ta’minlaydi.
10.  Kapitalizm  o ‘miga  dolzarb  muammolami  yechib  berishga, 
sanoat sivilizatsiyasi yutuqlarini  eng yaxshi  shaklda realizatsiya qilishga 
imon beruvchi jamiyat keladi.

Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish