Naqd pulsiz hisob-kitoblar hisob xujjatlari asosida olib boriladi. Shartnomaga
asosan mol etkazib beruvchi o’z vaqtida tovarning pulini (ekvivalenti) olishi, mol
sotuvchi pulni o’z vaqtida o’tkazishi zarur.
Naqd-pulsiz hisob-kitoblar qo’yidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:
- korxona, tashkilotlar o’z pul mablag’larini (o’z mablag’larini va qarz
mablag’lar) bankda saqlanishlari zarur.
-
barcha naqd-pulsiz hisob-kitoblar bank orqali o’tishi kerak;
-
ho’jalik organlari hisob-kitoblar shakllarini erkin tanlashlari va uni shartnoma
orqali mustahkamlab qo’yishlari mumkin;
-
ho’jalik organlarning hisob-kitoblar bo’yicha shartnomaviy munosabatlariga
bank aralashmasligi kerak;
-
tovarlar va xizmatlar uchun to’lovlar to’lovchining roziligi bilan amalga
oshiriladi.
-
to’lovlar xo’jalik organlarining hisob varaqasidagi mablag’lari
hisobidan,
ba’zida (agar korxona kredit olishi mumkin bo’lsa) bank krediti hisobidan amalga
oshirilishi mumkin;
-
to’lov qoidasi mol etkazib beruvchi va mol sotib oluvchi tomonidan mol
etkazib berish to’g’risidagi shartnoma asosida kelishib olinadi;
-
mol etkazib beruvchining hisob varag’ig’a pul mablag’larini o’tkazish shu
mablag’larni mol sotib oluvchining hisob varag’idan o’chirilganidan keyin amalga
oshiriladi, (bundan cheklar bilan hisob-kitob qilish mustasno);
Korxona, tashkilotlarga pul mablag’larini saqlash va hisob-kitoblar olib borish,
kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun hisob-kitob yoki joriy varaqlar ochiladi.
Yoisob-kitob (joriy) varaqlarni ochish uchun korxona qo’yidagi
hujjatlarni
bankka taqdim qilishi zarur.
a)
hisobvaraqa ochish to’g’risida ariza;
b)
xo’jalik, tashkilot tashkil qilinib, ro’yxatga olinganligini tasdiqlovchi hujjat;
v) huquqiy shaxs Ustavini notarial tartibda tasdiqlangan, huquqiy shaxs
tomonidan imzolangan nusxasi;
37
g) imzolar namunalari, muhr bosilgan va notarial tartibda tasdiqlangan
varaqcha;
d) hisobvaraqasini ochish uchun yuqoridagi asosiy hujjatlardan tashqari zarur
bo’lganda boshqa qo’shimcha hujjatlar ham bankka berilishi mumkin.
«O’zbekiston Respublikasida korxonalar to’g’risida»gi Qonunga asosan ish
xaqi to’lash, byudjetga to’lovlar, davlat sug’urtasining
majburiy turlariga doir
to’lovlar va ijtimoiy sug’urta jamg’armasi (pensiya jamg’armasi)ga to’lovlar barcha
korxonalar uchun birinchi navbatda to’lanadigan to’lovlar hisoblanadi.
Boshqa to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar navbatma-navbat taqvimiy ravishda
bajariladi.
Agar korxona to’lovga layoqatsiz (bankrot) deb topilsa, to’lovlar ketma-ketligi
O’zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to’g’risida»gi qonunga binoan xo’jalik
sudi tomonidan tugatish rejasi asosida belgilanishi kerak.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar banklar tomonidan, O’zbekiston Respublikasi
Markaziy banki belgilangan shakllarda va xalqaro amaliyotda qabul qilingan
shakllarda olib boriladi.
Yoisob-kitoblar shakllari deyilganda odatda huquqiy me’yorlarda ko’zda
tutilgan, mablag’larni mol etkazib beruvchining hisob varaqasiga yozish usuli, hisob-
kitob
hujjatining turi, hamda hujjatlarning aylanish tartibi bilan farq qiluvchi hisob-
kitoblar turlari tushuniladi.
Yoisob-kitob operatsiyalari banklar tomonidan korxona ochilgan hisob
varaqalaridan mijoz bilan hisob-kitob hizmati ko’rsatish yuzasidan tuzilgan
shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
Bank xo’jalik yurituvchi sub’ektlarlarning pul mablag’larini ular ochgan hisob
varaqalarida saqlaydi, ana shu hisob varaqalarga keladigan pullarni ularga o’tkazadi.
Bank pullarni o’tkazish, hisob varaqalaridan pul berish to’g’risidagi, bank bilan
korxona o’rtasidagi shartnomada nazarda tutilgan boshqa
bank operatsiyalarini
amalga oshirish xaqidagi farmoyishlarni ado etadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998yil 27 iyun 60-sonli
«O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borish qoidasiga
38