Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va


Pulning to’lov vositasi funktsiyasi



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/100
Sana21.06.2022
Hajmi1,7 Mb.
#688738
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   100
Bog'liq
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

Pulning to’lov vositasi funktsiyasi. 
Mavjud chet el itisodiy adabiyotlarida va 
keyinchalik,
1
Rossiya olimlari tomonidan chop qilingan adabiyotlarda pulning 
muomala vositasi funktsiyasi uning to’lov vositasi ekanligidan dalolat beradi degan 
chalkash xulosalarni uchratish mumkin. Lekin, biz yuqorida keltirilgan muomala 
vositasi funktsiyasining xususiyatlari to’lov vositasi funktsiyasiga ham mos keladi 
deb ayta olmaymiz. Bu xususiyatlar pulning tulov vositasi funktsiyasi muomala 
vositasi funktsiyasidan tubdan farq qilishini ko’rsatadi.
Tovarlar har doim ham naqd pulga sotilavermaydi. Tovar sotuvchi tovarni 
sotish uchun muomalaga olib chiqqan vaqtda tovarni sotib olish uchun 
ist’emolchining etarli naqd puli bo’lmasligi mumkin. Natijada tovarni kreditga 
sotishga zarurat tug’iladi, ya’ni tovarning pulini to’lash muddati kechiktiriladi. Tovar 
kreditga sotilganda, pul tovarning bahosini aniqlashda qiymat o’lchovi funktsiyasini 
bajaradi., lekin u muomalada vositasi bo’la olmaydi. Iste’molchi sotib olgan tovari 
uchun uning pulini to’lov muddati kelgandan keyingina to’laydi. Bu holda tovar va 
pulning harakati bir troektoriyada, bir vaqtning o’zida, bir-biriga qarma-qarshi tura 
olmaydi.
Tovar harakati amalga oshgandan ma’lum vaqt o’tgandan keyin pul harakati 
sodir bo’ladi. To’lov vositasi funktsiyasining asosiy xususiyati tovar va pul 
harakatining bir vaqtda amalga oshmasligi, harakatning bir tomonlamaligi va 
harakatda bo’linishlar mavjudligidadir.
Pulning to’lov vositasi sifatida ishlatilishi nafaqat tovar kreditga sotilganda 
sodir bo’ladi, balki barcha jarayonlarda tovarlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar uchun 
to’lovlar o’sha zaxotiyoq naqd pulda amalga oshirilmasa, bunday iqtisodiy 
munosabatlar pulning to’lov vositasi funktsiyasi yuzaga kelishidan dalolat beradi.
To’lov vositasida sotuvchi tovarning pulini olguncha tovar ist’emolchi 
ixtiyoriga kelib tushadi va u o’z ehtiyojini qondirish uchun tovardan to’la 
foydalanishi mumkin.
1
Kembell R., Makkonel «Ekonomiks», M.: 1993 g. s. 264
20


Agar tovar uchun to’lov oldindan (avans) amalga oshiriladigan bo’lsa, tovar 
ma’lum vaqtdan keyin iste’molchi ixtiyoriga tushishi mumkin. Demak, ikkala holda 
ham tovar va pul harakati bir vaqtning o’zida amalga oshmaydi. Chunki, tovar 
aylanishi (T-P-T) uziladi va pul harakati tovar harakatiga nisbiy ravishda mustaqil 
bo’ladi. Pulning bu harakati to’lov deb aytiladi va bu erda pul to’lov vositasi sifatida 
ishtirok qiladi. Pulning to’lov vositasi funktsiyasi tovar ishlab chiqarish va muomala 
rivojlanishining yuqori bosqichlari ma’suli bo’lib, u pulning qiymat o’lchovi va 
muomala vositasi funktsiyalaridan keyinroq yuzaga kelgan deb xulosa qilish 
mumkin.
To’lov vositasi funktsiyasining yana bir xususiyati shundaki, sotuvchi bilan 
ist’emolchi o’rtasidagi munosabat muomala vositasidagiga o’xshab qisqa muddatli 
bo’lib, tezda tugallanmaydi. To’lov vositasi funktsiyasida iste’molchi tovarga ega 
bo’lganidan keyin ham u bilan mol sotuvchi o’rtasidagi munosabat uzoq vaqt davom 
qiladi. Bu munosabat - kredit munosabati hisoblanadi va iste’molchi - qarzdor, 
sotuvchi - kreditor sifatida ishtirok qiladi.
Ba’zi iqtisodchilarimiz veksel asosida o’tkaziladigan jarayonlarini ham 
muomala vositasi funktsiyasiga kiritishadi. Bu bizning fikrimizcha to’g’ri emas. 
Chunki veksel - ma’lum mablag’ni to’lash to’g’risidagi kredit majburiyat, u qiymatga 
ega emas, demak ayirboshlashning ekvivalenti sifatida ishtirok qila olmaydi. A 
sotuvchi bir million so’mlik tovarni B iste’molchining vekseliga almashtirdi deylik. B 
bir mln. so’mlik tovarga ega bo’ldi. A bo’lsa o’z qiymatiga ega bo’lmagan, sotib 
olish qobiliyati emitent tomonidan belgilanadigan vekselga ega bo’ladi. Sotuvchi A 
qachonki bir mln. so’mlik vekselni sotsagina pul mablag’iga ega bo’lishi mumkin. 
Shunga asosan biz veksel jarayonlarini muomala vositasiga kiradi deb to’liq ishonch 
bilan uqtira olmaymiz. Bu jarayonlar ko’proq to’lov vositasi funktsiyasiga 
taalluqlidir. Pulning to’lov vositasi funktsiyasi yana turli qarz va majburiyatlarni 
to’laganda:
-
korxona, tashkilotlar o’rtasida tovar va xizmatlar uchun to’laganda; 
-
davlat byudjetiga va kredit tizimiga to’lovlarni amalga oshirganda (foydadan 
to’lanadigan to’lovlar, kredit bo’yicha qarz va foizlarni to’lash va boshqalar); 
21


-
ishchi xizmatchilariga ish xaqi to’lash va aholiga boshqa to’lovlarni to’lash 
(nafaqa, stipendiya va boshqalar)da; 
-
boshqa har xil qarz va majburiyatlarni to’lash (masalan, kreditga olingan 
uchun to’lov, uy-joy, elektroenergiya va boshqa xizmatlar uchun to’lovlar) da amalga 
oshiriladi. 
Pulning to’lov vositasi funktsiyasining yana bir xususiyati shundaki, bu 
funktsiyada to’lovlar naqd pullik yoki naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishi 
mumkin. Bu xususiyati bilan ham pulning to’lov vositasi funktsiyasi muomala 
vositasi funktsiyasidan farq qiladi.
Pulning bu funktsiyasi yordamida amalga oshiriladigan naqd - pullik va na 
naqd pulsiz to’lovlar birgalikda to’lov oborotining vujudga keltiradi.
Pulning to’lov vositasi funktsiyasini biz ikkinchi darajali deb qarashimiz 
mumkin emas, chunki bu funktsiyaning bajarilmasligi to’lovlarning o’z vaqtida 
amalga oshmasligiga, bu esa hozirgi kunda mavjud muammolar debitor-kreditor 
qarzlarning ko’payishiga, kredit bo’yicha va boshqa moliyaviy majburiyatlarning 
bajarilmasligiga, xo’jalik jarayonlarining normal borishiga katta ta’sir ko’rsatishi 
mumkin.

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish