Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va


-§. Pul agregatlari va pulni tartibga solish amaliyotida qo’llanilishi



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/100
Sana21.06.2022
Hajmi1,7 Mb.
#688738
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   100
Bog'liq
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

5-§. Pul agregatlari va pulni tartibga solish amaliyotida qo’llanilishi
Pul muomalasining muhim ko’rsatkichi bo’lib pul massasi hisoblanadi. Pul 
massasi xo’jalik oborotidagi naqd pullik hisob-kitoblarni aholi, korxonalar, davlat 
tashkilot, muassasalariga tegishli xarid va to’lov vositalarining yalpi hajmini o’zida 
ifodalaydi.
Pul muomalasining belgilangan muddat va belgilangan davr uchun miqdoriy 
o’zgarishlarini bilish uchun, shuningdek pul massasi hajmi va o’sish su’ratlarini 
tartibga solish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqarish uchun turli xil ko’rsatkichlar ( pul 
agregatlari) dan foydalaniladi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarning moliya statistikasida pul massasini 
aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlari to’plamidan (guruhidan) foydalaniladi:
M-1 agregati - muomaladagi naqd pullar (banknotalar, tangalar) va joriy bank 
schyotlaridagi mablag’larni o’z ichiga oladi;
M-2 agregati - M-1 agregati va tijorat banklaridagi muddatli va jamg’arma 
qo’yilmalaridan (to’rt yilgacha) tarkib topgan;
M-3 agregati - o’z ichiga M-2 agregati va ixtisoslashgan kredit 
muassasalaridagi jamg’arma qo’yilmalarini kiritgan;
M-4 agregati - M-3 agregati hamda yillik tijoriy banklarining depozitli 
sertifikatlaridan iborat.
AQSh da pul massasini aniqlash uchun 4ta pul agregati, Yaponiya va 
Germaniyada - 3ta, Angliya va Frantsiyada - ikkita pul agregatidan foydalaniladi.
Pul massasi tarkibi va dinamikasini tahlil qilish Markaziy bank tomonidan 
to’g’ri pul-kredit siyosati olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rossiya Federatsiyada muomaladagi jami pul massasi hisob-kitobi uchun 
quyidagi pul agregatlari qo’llaniladi.
M-O agregati - naqd pullar;
M-1 agregati - M-O agregati va hisob-kitob, joriy va boshqa schyotlar 
(maxsus schyotlar, kapital qo’yilmalar schyotlari, akkreditiv va chek schyotlari, 
mahalliy byudjet schyotlari, byudjet, kasaba, uyushmalari jamoat va boshqa
45


tashkilotlarning schyotlari, davlat sug’urta mablag’lari, uzoq muddatga kreditlash 
fondi) dagi mablag’lar tijorat banklariga qo’yilmalar va jamg’arma banklaridagi talab 
qilib olinadigan depozitlarning yig’indisiga teng;
M-2 agregati - M-1 agregati va jamg’arma banklaridagi muddatli 
qo’yilmalardan iborat;
M-3 agregati - M-2 agregati hamda depozitli sertifikatlar va davlat zayom 
obligatsiyalari yig’indisidan iborat.
Pul massasi tarkibini uning harakatiga qarab ikkiga bo’lish mumkin, ya’ni pul 
massasining aktiv qismi - bu pul mablag’larining xo’jalik faoliyatidagi turli xil 
shakldagi hisob-kitoblarni olib borish bilan bog’liq qismi va ikkinchisi passiv qism -
jamg’armadagi pullar va schyotlardagi qoldiqlar hisoblanadi.
Pul massasi naqd pullardan tashqari muddatli schyotdagi mablag’ va 
jamg’armalarni, depozit sertifikatlari, investitsion fondlarning aktsiyalarini o’z ichiga 
oladi. Pul massasining yuqoridagi elementlari «kvazi» - qariyb pullar deb ham 
yuritiladi. Kvazi - pullar likvid aktivlar bo’lib, ular tez orada pulga aylanishi mumkin.
O’zbekistonda pul massasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat.
M
0
- naqd pullar;
M
1
- M
0
q schyotlardagi pul qoldigi q mahalliy byudjet mablag’lari q byudjet, 
jamoa va boshqa tashkilot mablag’lari;
M2 -M1 q Yoalq bankidagi muddatli jamg’armalar;
M3 - M2 q sertifikatlar q maqsadli zayom obligatsiyalari q davlat zayom 
obligatsiyalari q xazina majburiyatlari.
Pul agregatlari M1 va M2 ning bir-biridan farqi M2 ning o’z tarkibiga yaqin 
orada pulga aylanishi mumkin bo’lgan «kvazi» - qariyb pullarni olishdadir.
O’zbekistonda oxirgi yillarda pul agregatlari hisob qilinadigan bo’ldi.
1995 yilda nominal pul massasi M2 pul massasining 1994 yildagi o’sish 
darajasidan 1,5 marta kam bo’lgan. Markaziy bank tomonidan inflyatsiyaga qarshi 
olib borilayotgan chora - tadbirlar natijasida pul massasini o’sish sur’atlari qisqarib 
bormoqda. 1996 yilning birinchi yarimida pul massasining o’sishi 1995 yilning
46 


birinchi yarim yilligiga nisbatan 7,6% hisobida va 1994 yil darajasidan 2 barabarga 
kam bo’lgan.
1996 yil boshida muomalaga naqd pul chiqarish hajmi 1995 yildagi 20,7% 
o’rniga 15,8% ni tashkil qilgan.
1 - diagramma

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish