XIII BOB. MARKAZIY BANK, ULARNING VAZIFALARI VA
FUNKTSIYASI
1-§. Markaziy bank va uning tuzilishi
Maraziy bank - pul-kredit siyosatini emissiya jarayonlarini olib boruvchi,
kredit tizimining bosh banki hisoblanadi.
Birinchi Markaziy banklar qariyib uch yuz yil
oldin tijorat banklarning
rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Bular 1668 yilda tashkil qilingan Shved Risk
banki, 1694 yilda tashkil qilingan Angliya bankidir. Evropa mamlakatlarida
Markaziy
banklar ancha kechroq, asosan XVIII asrning ikkinchi yarimida faoliyat ko’rsata
boshlagan.
Banklar paydo bo’lgan davrlarda markaziy (emission)
va tijorat banklar
o’rtasida bo’linishi bo’lmagan. Rivojlangan mamla-katlarda tijorat banklar
kapitallarni yig’ish maqsadida muomalaga banknotalar chiqarganlar.
Banklarning
yiriklashuvi, bank ishining rivojlanishi natijasida banknotalarni muomalaga chiqorish
yirik tijorat banklar qo’liga o’ta borgan va biror yirik bank ixtiyoriga berilgan. Bu
bank milliy yoki emission bank, keyinchalik Markaziy bank deb atalgan. Markaziy
bank, ya’ni kredit sistemasini boshqarib turuvchi, barcha banklar faoliyatini nazorat
qilib turuvchi kredit instituti sifatida namoyon bo’ladi.
Jahon amaliyotida Markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yo’li
mavjud:
Birinchi yo’l - bu uzoq davr davomida tijorat banklarning rivojlanishi
natijasida, ularni milliylashtirish yo’li bilan Markaziy banklarning tashkil qilinishi.
Masalan, Frantsiya banki 1880 yilda, Germaniya Reyxsbank - 1875 yilda, Italiyada -
1893 yilda, Ispaniyada - 1874 yilda emission markaz sifatida faoliyat ko’rsata
boshladi.
Ikkinchi yo’l - tashkil qilingandayoq Markaziy bank emission markaz sifatida
qabul qilingan banklar. Bunday banklarga AO’Shning federal banklari (1913),
201
ko’pgina Lotin Amerikasi
mamlakatlaridagi banklar, Avstriya banki va boshqalarni
misol keltirish mumkin.
AO’Shda Markaziy bank fraktsiyasini 12 federal rezerv bankdan iborat Federal
Rezerv Sistema bajaradi. Federal rezerv banklar aktsioner banklar bo’lib, bu
banklarning aktsionerlari sifatida milliy tijorat banklari faoliyat ko’rsatadi.
Tijorat
banklar aktsioner sifatida dvidend olishadi. Dvidend miqdori 6% dan oshmasligi
kerak.
Markaziy banklar ijrochi tashkilotlar ta’sirisiz, o’z
faoliyatini olib borishi
kerak.
Jahonda o’z faoliyatini olib borishda eng mustaqil bo’lgan banklardan biri bu
Nemis federal banki - Bundesbank hisoblanadi. Ba’zi bir davlatlarda Markaziy bank
parlamentga hisobot beradi. Ko’pgina hollarda Markaziy banklarning mustaqilligi
nisbiy xarakterga ega bo’lib, ular Davlat banki hisoblanadi.
Markaziy bank orqali
davlatning iqtisodiy siyosati olib boriladi.
202